Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
Ey, (liboslariga) burkanib olgan kishi (Muhammad), turing-da, (insonlarni oxirat to'g'risida) ogohlantiring, Rabbingizni ulug'lang, liboslaringizni poklang, butlardan yiroq bo'ling, (berayotgan narsangizni) ko'p sanagan holingizda ehson qilmang, Rabbingiz uchungina sabr qiling! Qachonki, (qiyomat e'loni uchun) sur chalinganida, ana o'sha kun qiyin kundir. Kofirlarga oson bo'lmagan (kundir). (Ey, Muhammad,) Men so'qqabosh qilib yaratgan kimsani O'zimga qo'yib bering! Men unga keng-mo'l boylik berdim. Hoziru nozir o'g'illarni ham. Yana unga (hayot ne'matlarini) muhayyo qilib qo'ydim. So'ngra u yana ziyoda qilishimni tama qilur. Yo'q! Chunki, u oyatlarimizga qarshilik qiluvchi edi. Yaqinda Men uni baland dovonga duchor qilajakman. Chunki, u (Qur'on to'g'risida yomon) fikr yuritdi va hisobga olib qo'ydi. Halok qilingur, qanday hisobga oldi?! Yana halok qilingur, qanday hisobga oldi?! So'ngra u (o'ylagan rejalariga) qaradi. So'ngra (Qur'ondan ayb topa olmagach,) yuzini tirishtirdi va burishtirdi. So'ngra (Haqdan) yuz o'girdi va kibr qildi. Bas, dedi: "Bu (Qur'on) sehrning o'zidir. Bu ayni basharning so'zidir". Yaqinda Men uni Saqar (jahannam)da toblaydurman. (Ey, Muhammad,) Saqarning nima ekanligini qayerdan ham bilar edingiz?! U (biror kofirni) qoldirmas ham, qo'ymas ham (balki kuydirib, azob berur). (U) terilarni qoraytirib kuydiruvchidir. Uning ustida o'n to'qqiz (farishta qo'riqchilik qilur). Izoh: 19 raqami, shuningdek, boshqa oyatlarda ham uchraydigan turli raqamlardan keyingi vaqtda har xil ilohiy mo''jizalarni kashf etishga urinishlar ro'y bermoqda. Biz oyatlar zimnida behad mazmun va ma'nolar borligini to'la tasdiq etgan holda bizgacha yozilgan ishonchli tafsirlarga taqlid qilgan holda raqamlardagi ilohiy sir-sinoatlar haqida ortiqcha so'z yuritmadik. Biz faqat farishtalarni do'zax egalari (qo'riqchilari) qildik va Biz faqat kufrga ketgan kimsalarni sinash uchun ularning sanoqini (o'n to'qqizta) qildik. Toki kitob berilgan kimsalar aniq bilgaylar va imon keltirgan zotlarning imonlari yanada ziyoda bo'lgay hamda kitob berilgan kimsalar ham, mo''minlar ham (bu xususda) shak-shubha qilmagaylar. Yana dillarida maraz (munofiqlik) bo'lgan kimsalar va kofirlar: "Bu misol bilan Alloh nima demoqchi?" - degaylar. Alloh O'zi xohlagan kimsalarni mana shunday yo'ldan ozdirib qo'yar va O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning qo'shinlarini (farishtalarning adadi va sifatini) Uning O'zigina bilur. U (jahannam) insonlar uchungina bir eslatmadir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling