Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet161/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Tavrot va Injilda ham qo'riqchi farishtalarning soni 19 deb qayd etilganiga ishorat qilinmoqda.

  1. Yo'q! Oyga qasam,


  1. o'tib ketgan tunga qasam,


  1. yorishib kelayotgan tongga qasamki,


  1. albatta, u (jahannam) ulkan (balo)lardan biridir.


  1. Insonlar uchun ogohlantiruvchi hamdir.


  1. (Albatta,) sizlardan ilgarilayotgan yoki chekinayotgan kishilar uchundir. Izoh: Ilgarilayotgan, ya'ni ezgulik sari; chekinayotgan, ya'ni, kufr va yovuzlik sari.


  1. Har bir jon (egasi) o'zi (dunyoda) qilgan amali bilan garovlidir.


  1. Faqat o'ng tomon egalarigina


  1. jannatlarda bir-birlari bilan savol-javob qilurlar


  1. jinoyatchi (kofir)lar haqida


  1. (Ular do'zax ahliga): "Sizlarni Saqarga nima kiritdi?" (deganlarida),


  1. ular ayturlar: "Bizlar namozxonlardan emas edik,


  1. miskin (bechora)ga taom beruvchi ham bo'lmadik.


  1. Bizlar (behuda so'zlarga) sho'ng'iydiganlar bilan birga sho'nqir edik.


  1. Jazo kuni (Qiyomat)ni yolg'onga chiqarar edik


  1. to aniq narsa (o'lim) kelgunicha".


  1. Endi shafoatchilarning shafoati ularga foyda bermas.


  1. Nega ular eslatmadan yuz o'giruvchidirlar?!


  1. Xuddi cho'chigan eshaklarga o'xshab


  1. sherdan qochib.


  1. Yo'q! Ulardan har bir kimsa o'ziga ochiq sahifalar berilishini istar.


  1. Yo'q! Balki, ular oxiratdan qo'rqmaslar.


  1. Yo'q! U (Qur'on) bir eslatmadir.


  1. Bas, xohlagan kishi undan eslatma olur.


  1. Ular faqat Alloh xohlaganidagina (Qur'ondan) eslatma olurlar. U (Alloh) taqvoga ahl (loyiq) va mag'firat ahli hamdir.

QIYOMAT SURASI
Surada qiyomat kuni bo'ladigan hodisotlar, qayta tirilishning haqligi, hisob-kitob, jazo va mukofotlar, dunyoparastlikning tanqidi, oxiratda Alloh o'zi tanlagan solih bandalariga diydorini ko'rsatishi, shirku kufrda o'tganlarning yuzlari qaro bo'lishi, o'lim achchig'i va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qiyomat kuniga qasamyod eturman.


  1. Shuningdek, malomatchi nafsga qasamyod eturmanki, (qayta tirilib, hisob-kitob qilinursizlar)!


  1. Inson uning (chirib ketgan) suyaklarini sira to'play (tiklay) olmasligimizni Bizdan gumon qilurmi?!


  1. Yo'q, Biz uning barmoqlarini (ham tiklab) tekislab qo'yishga qodirmiz!


  1. Balki, inson kelgusida fujur (gunoh ishlarni) qilishni istaydi.


  1. "Qiyomat kuni qachon o'zi?" - deb so'raydi.


  1. Bas, (Qiyomat dahshatlaridan) ko'z qamashganda,


  1. oy ham tutilganda,


  1. quyosh va oy birlashtirilganda,


  1. ana o'sha Kunda inson: "(Jazodan) qochadigan joy qayerda?" - deb qolur!


  1. Yo'q! Boshpana yo'qdir!


  1. U Kunda yolg'iz Rabbing (huzurida) qaror topishgina bordir.


  1. U Kunda insonga (dunyodalik choqida) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarning xabari berilur.


  1. Balki, (U Kunda) inson (a'zolari) o'zining zarariga guvohlik beruvchidir.


  1. Garchi (u) uzrlarini (o'rtaga) tashlasa ham.


  1. (Ey, Muhammad, Qur'onni) tezroq (yodlab) olish uchun tilingizni u bilan qimirlatmay qo'ya qoling.

Izoh: Odatda Payg'ambar (a. s.) Qur'on suralari va oyatlarini Jabroil (a. s.)dan qabul qilib olganlaridan keyin o'zlarini qiynab bo'lsada, yoddan chiqarmaslik uchun ko'p takrorlar edilar. O'aq taolo ul zotni bu mashaqqatdan ozod etdi. Binobarin, vahiyni bir eshitishlarida yod olish qobiliyati ato etildi.

  1. Zero, uni (Sizning dilingizda) jamlash ham, (tilingizdagi) qiroati ham Bizning zimmamizdadir.


  1. Bas, qachon Biz (Jabroil tilida) uni o'qisak, Siz ham uni o'qishga ergashing!


  1. So'ngra uni (Qur'onni) bayon qilib berish ham, albatta, Bizning zimmamizdadir.


  1. Yo'q! (Ey, Makka mushriklari,) balki sizlar naqd (dunyo)ni yaxshi ko'rasizlar.


  1. Oxirat (Kuni)ni esa tark etasizlar.


  1. U Kunda ba'zi yuzlar yashnovchi,


  1. Parvardigorlariga boqib turuvchidir.


  1. Yana u Kunda ba'zi yuzlar burishgan,


  1. o'zlariga, albatta, noxushlik bo'lishini o'ylab (kutib) turarlar.


  1. Darhaqiqat, (jon) halqumga yetgan,


  1. (vafot etayotganga): "Dam soluvchi kishi bormi?" - deb qolingan,


  1. (jon taslim qilayotgan kimsaning) o'zi (bu dunyodan) ajralish ekanini anglagan,


  1. (jon berish qiyinligidan) oyoq - oyoqqa chalishib qolgan bir vaqtda


  1. yolg'iz Rabbingiz (huzuri)ga haydalish bordir.


  1. Na (Qur'on va payg'ambarni) tasdiq etdi (u) va na namoz o'qidi.


  1. Balki, u (Qur'onni) yolg'on dedi va (imondan) yuz o'girdi.


  1. So'ngra gerdayganicha o'z ahli tomon ketdi.


  1. (Ey, ko'rnamak inson,) holingga voy sening, yana voy!


  1. So'ngra holingga voy sening, yana voy!


  1. Inson o'zini bekor tashlab qo'yiladi deb o'ylaydimi?!


  1. Axir, u (bachadonga) to'kiladigan maniydan iborat bir (haqir) nutfa emasmidi?!


  1. So'ngra laxta qon bo'ldi. Bas, (Alloh uni) yaratib, tikladi.


  1. So'ngra undan juftlar - erkak va ayolni (paydo) qildi.


  1. Ana shu (Alloh) o'liklarni tiriltirishga qodir emasmi?!

INSON SURASI
Surada Alloh taolo inson zotini yo'qdan bor qilgani, so'ngra ikki qarama-qarshi yo'nalishga ravona qilib qo'ygani, kufr va imon egalarining oqibatlari, Payg'ambar (a. s.)ga tasalli beruvchi o'gitlar va boshqa ilohiy ko'rsatmalar mavjud.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling