Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet162/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Aniqki, inson uzra qachondir tilga olgulik narsa bo'lmagan vaqt (muddat) kechgan.

Izoh: O'sha tilga olishga arzimas vaqt qaysiligi to'g'risida ikki xil tafsir bor. Birinchisi, bu vaqt Odam Atogacha o'tgan davr. Ikkinchisi, insonning ona qornida to jon kirgunicha kechgan vaqt.

  1. Darhaqiqat, Biz insonni imtihon qilib, (otalik va onalik suvlaridan) aralash bir nutfadan yaratdik. Bas, uni eshituvchi va ko'ruvchi qilib qo'ydik.


  1. Darhaqiqat, Biz uni (insonni) xoh u shukr qiluvchi (musulmon) bo'lsin va xoh noshukr (kofir) bo'lsin, yo'lga yo'lladik.


  1. Albatta, Biz kofirlar uchun zanjirlar, kishanlar va alanga (do'zax)ni tayyorlab qo'yganmiz.


  1. Albatta, yaxshilar (jannatda) mizoji kofur bo'lmish qadahdan (may) ichurlar.


  1. Allohning bandalari ichadigan (bu) chashmani (o'zlari xohlagan joydan) chiqarib (oqizib) olurlar.


  1. Ular (dunyoda o'z zimmalariga olgan) nazrlarini ado qilurlar va yomonligi (dahshatlari) keng yoyiluvchi Kundan qo'rqurlar.


  1. Taomni esa suyub tursalar-da, (o'zlari yemasdan) miskin, yetim va asirlarni yedirurlar.


  1. (Ular ayturlar): "Bizlar sizlarni faqat Alloh "yuzi" uchun taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ish uchun) biror mukofot va minnatdorchilik kutmasmiz.


  1. Bizlar Rabbimiz (tomoni)dan bo'ladigan, (azobdan yuzlar) tirishib, burishib qoluvchi bir Kundan qo'rqurmiz".


  1. Bas, Alloh ularni o'sha Kunning yomonligidan saqlar va ular(ning yuzlari)ga tarovat, (dillariga) surur baxsh etar.


  1. Yana sabrlari sababli ularni jannat va (egnilariga) ipak (liboslar) bilan mukofotlar.


  1. Ular u joyda so'rilarga yastangan hollarida o'tirurlar. U joyda quyosh (harorati)ni ham, zamharir (qish sovug'i)ni ham ko'rmaslar.


  1. (Jannat) soyalari ularga yaqin va mevalari ham (uzishga oson bo'lishi uchun) egib qo'yilgan bo'lur.


  1. Ularga kumush idishlar(da taomlar) va (o'zi kumushdan yasalgan bo'lsa-da, nafislikda) shisha bo'lib ketgan qadahlar(da sharoblar) aylantirilur.


  1. Shisha bo'lganda ham kumushdan, (ularni soqiylar) o'lchab qo'yganlar.


  1. (Jannat ahli) u joyda mizoji zanjabil bo'lmish qadahlarda ichirilurlar.


  1. U yerdagi chashmaning nomi Salsabil deb atalur.

Izoh: Salsabil - o'timli, totimli (suv).

  1. Ularning ustida mangu yosh g'ulomlar (xizmat qilib) aylanib tururlarki, ularni ko'rganingizda sochib yuborilgan durlar deb o'ylarsiz.


  1. U joyga qaraganingizda, noz-ne'matlarni va katta hukmronlikni ko'rursiz.


  1. Ustilarida yashil ipak va shoyi liboslar bo'lib, ular kumush bilakuzuklar bilan bezangan bo'lurlar va Parvardigorlari ularni pok sharob bilan sug'orur.


  1. Albatta, bu sizlar uchun mukofot va sizlarning sa'y-harakatlaringiz (Alloh nazdida) maqbuldir.


  1. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga bu Qur'onni bo'lib-bo'lib nozil qildik.


  1. Bas, Siz Rabbingizning hukmiga sabr qiling va ulardan (kofirlardan) biror gunohkor yo noshukrga itoat etmang!


  1. Ertayu kech Rabbingiz nomini yod eting!


  1. Yana kechaning bir qismida ham Unga sajda qiling va uzun tunda unga tasbeh ham ayting!


  1. Albatta, ana u (kofir)lar naqd (dunyo)ni suyurlar va ortlaridagi og'ir Kunni (Qiyomatni) esa qo'yurlar.


  1. Biz ularni yaratdik va (barcha) a'zolarini mustahkam qildik va xohlagan vaqtimizda (ularni halok qilib, o'zlariga o'xshashlarini almashtirib qo'yurmiz.


  1. Albatta, bu (sura) bir eslatmadir. Bas, kim xohlasa (uni qabul qilib), Parvardigori tomonga yo'l olur.


  1. (Ey, insonlar,) xohishlaringiz faqat Alloh xohlasagina ro'yobga chiqur. Albatta, Alloh bilim va hikmat egasidir.


  1. U xohlagan kishilarni O'z rahmatiga (jannatiga) kiritur. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab qo'ygandir.

MURSALOT SURASI
Mursalot - estirilgan (shamol) Surada qiyomat kuni haq ekanini isbotlash uchun Alloh taolo ma'lum mavjudotlar nomiga qasamyod etadi. Undagi oyatlarda insonning yaratilib, dunyoga kelishi, dunyoda yashashlikdan asosiy maqsad esa oxirat uchun hozirlik ko'rish ekani, hozirlik ko'rish o'rniga foniy dunyo maishati yo'lida oxiratini sotib qo'yganlarning holiga voy bo'lishi ajib uslublar bilan ifoda etilgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling