Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


O’TTIZINCHI JUZ’ *************************


Download 0.71 Mb.
bet164/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   184
Bog'liq
Документ

O’TTIZINCHI JUZ’ *************************


NABA' SURASI
Naba' - xabardir.
Surada Ulug' xabar, ya'ni, qiyomat to'g'risida bahslashayotgan Makka mushriklariga aniq javoblar beriladi. Yana unda Alloh taolo O'z qudrati va hikmati bilan yaratgan borliq, koinot va mavjudotlar, qiyomat kunining shiddati, jannatdagi rohat-farog’at va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etilgan. Suraning oxirgi oyatida imonsiz o'tganlarning qiyomat kuni qanchalik pushaymon qilishlari, hatto tuproq bo'lib ketishni orzu qilishlari ta'sirli shaklda tasvirlangan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Mushriklar) bir-birlaridan nima haqida so'rashmoqdalar?!


  1. Ulug’ xabar haqida.


  1. Qaysiki, u haqda ular (doimo) tortishuvchidirlar.


  1. Yo'q, (ularning gumonlari behudadir). Ular yaqinda (bu xabarning haq ekanini) bilib olajaklar.


  1. So'ngra, yana yo'q! Bilib olajaklar!


  1. Biz Yerni to'shak qilib qo'ymadikmi?!


  1. Tog'larni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo'ymadikmi?!


  1. Biz sizlarni juft-juft qilib yaratdik.


  1. Uyqularingizni (badan va asablaringiz uchun) orom qildik.


  1. Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik.


  1. Kunduzni esa, tirikchilik (vaqti) qildik.


  1. Tepalaringizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik.


  1. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni paydo) qildik.


  1. Yana Biz siqib chiqaruvchi (bulut)lardan duv-duv suv (yomg'ir) yog’dirdik.


  1. Toki, u sababli don va nabotot (undirib) chiqarurmiz.


  1. Shuningdek, qalin bog’larni ham.


  1. Albatta, Ajrim Kuni (hisob-kitob uchun) belgilangan vaqtdir.


  1. U Kunda sur chalinur, bas, sizlar to'p-to'p bo'lib (mahshargohga) kelursizlar.


  1. Osmon ham ochilib, (farishtalar uchun) darvozalarga aylanib qolur.


  1. Tog’lar ham (joylaridan) jildirilur. Bas, u sarobga aylanib qolur.


  1. Albatta, jahannam poylovchi,


  1. haddan oshganlar uchun qaytish joyidir.


  1. (Ular) u joyda uzoq zamonlar (abadul-abad) qoluvchidirlar.


  1. U joyda sovuqlik va ichimlikni totmaslar


  1. Faqat qaynoq suv va yiringnigina (toturlar).


  1. (Mana shu qilmishlariga) loyiq jazodir.


  1. Chunki, ular (Qiyomatdagi) hisob-kitobdan umid qilmas edilar.


  1. Oyatlarimizni butunlay inkor etar edilar.


  1. Holbuki, Biz barcha narsani hisob-kitob qilib, (yozib) qo'ygandirmiz.


  1. Bas, (ey, kofirlar, azobimizni) totib ko'ringlar! Endi sizlarga faqat azobnigina ziyoda qilurmiz.


  1. Albatta, taqvodor zotlar uchun (jannatda) yutuq bordir.


  1. Ya'ni bog’lar va uzumlar,


  1. (yosh va husnda) tengqur, bo'liq siynali (hur qiz)lar


  1. va (sharob) to'la qadahlar bordir.


  1. Ular u joyda biror behuda va yolg’on so'z eshitmaslar.


  1. (Bu) Rabbingiz (tomoni)dan bo'lmish mukofot va hisob(-kitob)dir.


  1. (U) osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsaning Parvardigori Mehribon zotdir. Undan (izn bo'lmaguncha) so'zlashuvga ega bo'lmaslar.


  1. Ruh (Jabroil) va (barcha) farishtalar saf tortib turadigan Kunda (odamlar) gapirmaslar, faqat Mehribon zot izn bergan kishigina (so'zlar) va (faqat) rost so'zlar.


  1. Bu haq (va rost) Kundir. Bas, kim xohlasa, Parvardigori tomon qaytadigan yo'lni tutar.


  1. (Ey, Makka kofirlari,) darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqe bo'ladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi o'zi qilib o'tgan narsani (ya'ni barcha yaxshi-yomon amallarini) ko'rar va kofir kimsa: "Eh, koshki edi tuproq bo'lsam", - der.

Izoh: Pushaymon qilgan kofirning bu so'zidan ikki xil ma'no olish mumkin. Birinchisi - Koshki tuproq bo'lsam, ya'ni dunyoda ilk bor yaratilganimda inson emas, balki tuproq qilib yaratilganimda, shu kunlarga qolmas edim, demoqchidir. Ikkinchisi, koshki do'zaxga mahkum bo'lishimdan ilgari tuproqqa aylanib ketsamu, azobdan qutulsam, demoqchidir.
NOZIOT SURASI
Noziot – sug’uruvchilar. Bu yerda tanadan jonni sug‘urib oluvchi farishtalar muroddir. Surada qiyomat qoyim bo'lish jarayoni, Muso (a. s.) bilan Fir'avn o'rtasida o'tgan mojarolar, bu dunyoning foniy ekani kabi ilohiy o'gitlar bilan birga Payg’ambar (a. s.)ning dillariga tasalli berilgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling