Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet163/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qasamyod etaman, paydar-pay esdiriladigan (shamol)larga,


  1. quturadigan (bo'ron)larga,


  1. (bulutlarni) yoyib yuboradigan,


  1. (haq bilan nohaqlikni) ajratib beradigan,


  1. eslatma olib tushib,


  1. (mo'minlarni) uzr (mag'firat) qilish yo (kofirlarni) ogohlantirishga (xizmat qiladigan farishtalarga)ki,


  1. albatta, sizlarga va'da qilinayotgan narsa (Qiyomat va hisob-kitob) voqe bo'luvchidir!


  1. Bas, qachonki, yulduzlar (nurlari) so'ndirilgach,


  1. osmon (qobig'i) ochilgach,


  1. tog'lar (qumlar kabi) sochilgach


  1. va payg'ambarlarga belgilangan vaqt kelgach (Qiyomat qoyim bo'lur).


  1. (Payg'ambarlar o'z qavmlari bilan hisoblashishlari) qaysi Kunga belgilangan o'zi?!


  1. Ajrim Kuniga (albatta).


  1. (Ey, inson,) Ajrim Kuni nima (ekanligini) sen qayerdan ham bilursan?!


  1. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Axir, Biz avvalgi (osiy ummat)larni halok qilmadikmi?!


  1. So'ngra keyingilarni ham ularga qo'shurmiz!


  1. Jinoyatchi (kofir)larni mana shunday (halok) qilurmiz!


  1. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Axir, Biz sizlarni bir haqir suvdan yaratmadikmi?!


  1. So'ngra u (suvni - nutfa)ni puxta qaror (topadigan joy)da qilib qo'ymadikmi?!


  1. (Ya'ni, ona qornida) ma'lum muddatgacha.


  1. Bas, Biz (undan insonni yaratishga) qodir bo'ldik. Naqadar qudratlidirmiz!


  1. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Axir, Biz yerni yig'uvchi qilib qo'ymadikmi


  1. tiriklarni ham, o'liklarni ham?!


  1. Yana Biz (Yerda) baland tog'larni (paydo) qildik va sizlarga (tog'lardan oqib tushadigan) chuchuk suvni ichirdik.


  1. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!


  1. (U Kunda kofirlarga deyilur): "Sizlar (dunyodalik paytingizda) yolg'on deb yurgan narsaga (endi) boringlar!


  1. Uch bo'lakli soyaga boringlar!


  1. Hech qanday salqinlik bermaydigan va alangani ham to'smaydigan ("soya"dir u).


  1. Darvoqe, u (jahannam) qasrdek (ulkan) alangalarni otur.


  1. (Ular) xuddi sariq tuyalarga o'xshar.


  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Bu (Kun) ular so'zlay olmaydigan


  1. hamda ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kundir!


  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Bu Ajrim Kunidir! (Ey, bu Kunni yolg'on degan kimsalar, mana) Biz sizlarni ham, avvalgilarni ham jamladik.


  1. Bas, agar sizlarda (do'zaxdan qutqaradigan) biror hiyla bo'lsa, Menga o'sha hiylangizni ko'rsatingizlar!


  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Taqvodor zotlar esa (u Kunda), albatta, soya-salqinlar va chashmalarda


  1. va ko'ngillari istagan mevalar ichida bo'lurlar.


  1. (Ularga deyilur): "Qilib o'tgan (yaxshi) amallaringiz sababli (jannat ne'matlarini) yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringizlar".


  1. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.


  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!


  1. (Ey, kofirlar,) ozgina vaqt yeb, foydalanib qolinglar! Zero, sizlar jinoyatchidirsizlar.


  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Qachon ularga: "Ruku' qilinglar, (namoz o'qinglar)", deyilsa, ruku' qilmaslar.


  1. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!


  1. Axir, ular (Qur'ondan) keyin (shunday aziz Kitobga imon keltirmasdan) qanday so'zga imon keltirurlar?!


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling