Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet35/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Hurmatli oy - haj oyi, ya'ni, Zil-hijja oyidir. Balkim barcha hurmatli oylar muroddir. Ya'ni Rajab, Zilqa'da, Zil-hijja, Muharram oylari.

  1. Yana, bilib qo'yingizki, Allohning jazosi shiddatli hamda Alloh kechirimli va rahmlidir.


  1. Rasul zimmasida faqat (Alloh buyruqlarini odamlarga) yetkazib qo'yish (yuklatilgan)dir. Alloh oshkor qilgan (ish)laringiz va yashirgan (ish)laringizni bilur.


  1. Ayting: "Garchi nopok narsaning ko'pligi seni ajablantirsa ham, nopok narsa pok narsa bilan teng bo'lmaydi". Allohdan qo'rqingizlar, ey, aql egalari, toki tole topursizlar!


  1. Ey, imon keltirganlar! Sizlarga (javobi) ayon qilinsa, sizlarga xush kelmaydigan narsalar haqida (savol) so'ramangizlar! Qur'on (oyatlari) nozil bo'lib turgan kezlarda ular haqida so'rangiz, (javobi,) albatta, ayon qilinadi. Ularni (oldingi so'raganlaringizni) Alloh kechirdi. Alloh kechirimli va halimdir.


  1. U narsalar haqida sizlardan oldingi qavm so'ragan edi. So'ngra o'sha narsalarga (nisbatan) kofir bo'lib qolgan edilar.

Izoh: Bu yerda Isroil avlodining qilmishlariga ishorat qilinmoqda.

  1. Alloh na "bahiyra", na "soiba", na "vasila" va na "homiy" (kabi odatlar)ni (qilishga amr) qilmagan. Lekin kufrdagi kishilar Alloh nomidan yolg'on to'qiydilar va (ularning) aksariyati aqllarini ishlatmaydilar.

Izoh: Bahira - tuyaning erkak tug'ilgan beshinchi bolasi. Uning qulog'ini teshib xoli qo'yib yuborishar edi. Uni so'yish ham man etilar edi. Soiba - safardan salomat qaytilsa yoki kasallikdan forig' bo'linsa, bir tuyani bahira kabi xoli qo'yib yuborishar edi. Shunday tuyaga soiba der edilar. Vasila - Qo'y yetti bor tuqqach, yettinchisi erkak bo'lsa, so'yib yer edilar. Agar urg'ochi bo'lsa, podaga qo'shib yuborardilar. Shu podaga qo'shilgan qo'yning oti vasiladir. Homiy - o'n marta tuqqan chorva hayvonini minmasdan, yuk yuklamasdan, yaylovga erkin qo'yib yuborilar edi. Shu himoyalangan jonivorni homiy der edilar. Bularning hammasi johiliyat davridan qolgan noshar'iy asoratlar ekani haqida Alloh ogohlantirmoqda.

  1. Ularga: "Alloh nozil qilgan narsaga va Rasul (hukmi)ga kelinglar (havola qilinglar)", - deyilsa, (ular): "Ota-bobolarimizni qaysi narsa (odat) uzra topgan bo'lsak, o'sha bizga kifoya", - deyishadi. Otabobolari biror (haq) narsani bilmaydigan va to'g'ri yo'ldan yurmaydigan bo'lsalar-chi?!


  1. Ey, imon keltirganlar! O'zlaringizga qarangizlar! Modomiki, hidoyat topgan ekansiz, adashganlar sizlarga zarar keltira olmaydi. Qaytar joyingiz Allohning huzuridir. O'shanda Alloh sizlarni qilgan ishlaringizdan xabardor qilur.


  1. Ey, imon keltirganlar! Birortangizga o'lim kelganda, vasiyat paytida o'rtalaringizdagi guvohlik: o'zlaringizdan (musulmonlardan) ikkita odil kishi (bo'lsin!) Yer yuzi bo'ylab safarda bo'lganingizda, sizlarga o'lim musibati yetsa, boshqa (ajnabiy)lardan ikkitasi (guvoh bo'lsin!) Ularni namozdan keyin ushlab turasizlar va shubhalansangizlar, ular Alloh (nomi) bilan qasamyod qiladilarki, "agar qarindosh bo'lsa ham uni (qasamni) ozgina bahoga almashtirmaymiz va Allohning bu guvohligini yashirmaymiz. Aks holda, beshak, gunohkorlardan bo'lib qolurmiz", - deb.


  1. Agar u ikkisining gunoh (noto'g'ri guvohlik) sodir etganlari fosh bo'lib qolsa, ularning o'rinlariga

(merosga) haqlilardan boshqa ikkita munosibroq kishi (guvohlikka o'tsin). (Ular ham) Alloh (nomi) bilan qasamyod qiladilarki, "bizning guvohligimiz, albatta, u ikkisining guvohligidan loyiqroqdir va (adolatdan) tajovuz qilmaymiz. Aks holda biz, albatta, zolimlardan bo'lib qolurmiz", - deb.

  1. Ana shu - guvohlikni o'z vajhidek (aslidek) berishlariga yoki qasamlardan keyin yana qayta qasam ichilishdan qo'rqishlariga yaqinroq (tadbir)dir. Allohdan qo'rqingiz va eshitingiz! Alloh fosiqlar qavmini hidoyat qilmagay.


  1. Alloh payg'ambarlarni yig'ib, "Qanday javob oldingiz?" - deb so'raydigan Kuni (ular): "Bizda ilm yo'q. Faqat Sen O'zing g'oyib (narsa)larning allomasidirsan", - deydilar.


  1. Eslang, Alloh: "Ey, Iso ibn Maryam! Senga va onangga bergan ne'matimni yodingga ol, qaysiki, Seni Ruhul-qudus (Jabroil) bilan quvvatladim, odamlarga beshikda va voyaga yetganingda gapirding. Senga yozuvni, hikmatni, Tavrot va Injilni ta'lim berdim. Mening iznim bilan loydan qush shaklini yasading. So'ngra unga dam urganingda, u Mening iznim bilan (chinakam tirik) qushga aylandi. Mening iznim bilan ko'r va pesni tuzatding. Mening iznim bilan o'liklarni (qabrlaridan tirik holda) chiqarding. Shuningdek, Isroil avlodiga hujjatlarni keltirganingda, seni ular (g'azabi)dan asraganimni esla. Ularning kofirlari: "Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas", - degan edilar.


  1. Havoriylarga: "Menga va Rasulim (Iso)ga imon keltiringlar", - deb vahiy yuborganimda, ular: "Imon keltirdik. Bizning ixlosli (mo'min) ekanligimizga O'zing guvoh bo'l!" - deganlarini (ham) yodingizga keltiring!


  1. Havoriylar: "Ey, Iso ibn Maryam! Rabbing bizga osmondan bir dasturxon nozil qila oladimi?" - deganlarida, (Iso): "Agar mo'min bo'lsangizlar, Allohdan qo'rqingizlar!" - deganini (ham) eslang!


  1. Ular dedilar: "Biz undan (dasturxon ziyofatidan) yeb, ko'nglimiz xotirjam bo'lishini va sening rostgo'yligingni bilib, (so'ngra) unga (dasturxonga) guvohlik bermoqchimiz".


  1. Iso ibn Maryam dedi: "Ey, Rabbimiz - Alloh! Bizga osmondan (bir) dasturxon tushirginki, u avvalu oxirimiz uchun bayram hamda Sendan (bizga) mo''jiza bo'lsin. Bizni (undan) rizqlantir! Sen rizqlantiruvchilarning yaxshisidirsan".


  1. Alloh dedi: "Men uni sizlarga tushiruvchiman. (Lekin) kimki (shundan) keyin (ham) kufrga ketsa, uni shu qadar azoblaymanki, butun olamda hech kimni unday azoblamagan bo'lurman".


  1. Alloh: "Ey, Iso ibn Maryam! Odamlarga, sen Allohni qo'yib, meni va onamni ikki iloh qilib olinglar, deb aytdingmi?" - deganida, (Iso) dedi: "Ey, Pok zot! Haqqim yo'q narsani aytishim joiz emasdir. Agar uni aytgan bo'lsam, Sen uni bilgan bo'larding. Sen dilimdagini bilursan, Men "dilingdagini" bilmasman. Albatta, Sen O'zing g'oyib narsalarning bilimdonidirsan.


  1. Men ularga faqat O'zing buyurganlaringni, ya'ni: "Rabbim va Rabbingiz - Allohga ibodat qilingiz", - deb aytdim. Ular orasida bo'lgan onlarimda, ularga guvoh bo'lib turdim. Meni "vafot" ettirganingda esa, Sening O'zing ular ustidan kuzatuvchi bo'lding. Sen har narsaga guvohdirsan.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling