Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet43/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu zarbul-masaldan murod pand-nasihat yaxshi odamga, ya'ni, mo'min kishiga ta'sir qiladi, kufrdagi kimsaga esa ta'sir qilmaydi, degan ma'nodir.

  1. Darvoqe, Nuhni o'z qavmiga (elchi qilib) yubordik. Shunda u dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir. Men sizlarga buyuk Kun (qiyomat) azobi (bo'lishi)dan qo'rqaman".


  1. Qavmining zodagonlari: "Biz seni ochiq yanglish uzra ko'rmoqdamiz", - dedilar.


  1. (Nuh) dedi: "Ey, qavmim! Menda yanglish yo'q. Lekin, men olamlar Rabbi (tomoni)dan elchi (payg'ambar)durman.


  1. Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazurman va sizlarga nasihat qilurman hamda Allohdan (kelgan vahiy orqali) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman.


  1. Sizlarni ogohlantirish, taqvoli bo'lishingiz va rahm qilishingiz uchun sizlarga Rabbingizdan (kelmish) eslatma o'zlaringizdan (bo'lmish) bir kishi zimmasida kelganidan ajablandingizmi?!"


  1. Shunda uni yolg'onchiga chiqardilar. Bas, (Biz) uni va u bilan birga (imon keltirgan)larni kema ichida (saqlab, to'fondan) qutqardik va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni (suvga) g'arq qildik. Ular (qalbi) ko'r kishilar edi.


  1. Od (qavmi)ga ularning birodari Hudni (elchi qilib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir. (Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!"


  1. Qavmining kofir bo'lgan zodagonlari aytdilar: "Biz seni nodonlikda (ekaningni) ko'rayapmiz. Biz seni yolg'onchilardanmikan, deb gumon qilyapmiz".

  2. (U) aytdi: "Ey, qavmim! Menda nodonlik yo'q. Lekin, men olamlar Rabbidan (yuborilgan) elchidirman.


  1. Sizlarga Rabbimning topshiriqlarini yetkazurman va men sizlarga ishonchli nasihatgo'yman.


  1. Sizlarni ogohlantirish uchun o'zlaringizdan (bo'lmish) bir kishi zimmasida sizlarga Rabbingizdan eslatma kelganidan ajablanyapsizmi?! Alloh sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilib qo'ygan va sizlarni jismonan ziyoda qilganini eslangiz!* Bas, Allohning ne'matlarini eslangiz, toki sizlarga tole yor bo'lsin!"

Izoh: Ba'zi tafsir kitoblarida, ularning eng past bo'ylisi oltmish gazli bo'lgan, deyiladi.

  1. Aytdilar: "Faqat yagona Allohga sig'inishimiz va ota-bobolarimiz sig'inib kelgan narsa (butsanamlar)ni tark etishimizga (da'vat qilish uchun) bizning huzurimizga keldingmi? Agar rostgo'ylardan bo'lsang, bizga (o'sha) va'da qilgan (va qo'rqitgan) narsangni keltir!"


  1. (Hud) aytdi: "Sizlarning ustingizga Rabbingiz (tomoni)dan azob va g'azab yog'ilib bo'lgan. Sizlar va ota-bobolaringiz nomlarini atab (sig'inib) yurgan, Alloh ularga biror hujjat (hukm) tushirmagan (butsanamlar) to'g'risida men bilan bahslashmoqchimisizlar?! (Azob kelishini) kutinglar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardandirman".


  1. Uni (Hudni) va u bilan birga bo'lgan (mo'min)larni Bizdan bo'lmish rahmat bilan (azobdan) xalos etdik va oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa qirib tashladik. (Ular) mo'min bo'lmadilar.


  1. Samud qavmiga birodarlari Solihni (payg'ambar etib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'ining! Undan o'zga iloh yo'qdir. Rabbingizdan sizlarga hujjat keldi. Ushbu - Allohning mo''jiza tarzidagi tuyasi. Uni (o'z holiga) qo'yinglar - Allohning yerida o'tlasin! Unga yomonlik (niyati) bilan tega ko'rmangizlar! Aks holda, sizlarni alamli azob tutgay".

Izoh: Solih (a. s.) tuyalari haqidagi qissa "Vash-shamsi" surasida ham bayon qilingan.

  1. Sizlarni (Alloh) Od (qavmi)dan keyingi xalifa (avlod) qilgani va sizlarga yerning tekisliklarida qasrlar (qurib) olishingiz, tog'laridan o'yib uylar yasab olishingiz uchun sizlarga Yer (yuzi)dan joy berganini eslangizlar! Bas, Allohning ne'matlarini eslangizlar va Yer (yuzi)da buzg'unchilik qilib yurmangizlar!


  1. Qavmining mutakabbir zodagonlari ularning imon keltirgan bechorahol kishilariga: "Solihni Rabbidan (yuborilgan) elchi deb bilasizlarmi?" - dedilar. (Ular) aytdilar: "Biz u orqali yuborilgan narsa (vahiy)ga ishonuvchilarmiz".


  1. Kibrga berilganlar esa: "Biz sizlar imon keltirgan narsa (din)ga kufr keltiramiz", - dedilar.


  1. (Shunday deb) tuyani so'yib yubordilar va Parvardigorlarining amridan bosh tortdilar hamda aytdilar: "Ey, Solih! Agar yuborilgan elchilardan bo'lsang, bizga va'da qilgan narsang (azob)ni keltir!"


  1. Bas, ularni mudhish zilzila tutdi va o'z yurtlarida (o'tirganlaricha) gum bo'ldilar.


  1. (Solih) ulardan bezib dedi: "Ey, qavmim! Men sizlarga Rabbimning topshirig'ini yetkazdim, sizlarga nasihat qildim, lekin (sizlar) nasihatgo'ylarni yoqtirmaysizlar".


  1. Lutni ham (elchi qilib yubordik). O'z qavmiga aytdi: "Shunday (yomon) fahsh ishni qilasizlarmi?

Sizlardan oldin butun olamda hech kim uni qilmagan edi.

  1. Sizlar xotinlar qolib, shahvatni (qondirish uchun) erkaklarga "kelasiz". Ha, sizlar isrofgar qavmdirsizlar. "


  1. Qavmining javobi: "Ularni (Lut va mo'minlarni) shahringizdan chiqarib yuboringizlar, zero, ular o'ta poklanuvchi odamlardir", - degan so'zlari bo'ldi, xolos!


  1. Uni va xotinidan boshqa ahli (oilasi)ni qutqarib qoldik. U (ning xotini azobda) qoluvchilardan bo'ldi.


  1. Ular ustiga (azobni) yomg'irdek yog'dirdik. Bas, jinoyatchilar oqibati qanday bo'lganiga boqing!

Izoh: Ya'ni yurganlar ustiga tosh yog'dirildi, o'tirganlarni esa yer yutdi.

  1. Madyan (qabilasi)ga birodarlari Shuaybni (elchi qilib yubordik). U aytdi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Undan o'zga iloh yo'qdir. Sizlarga Rabbingizdan hujjat keldi. Bas, o'lchov va tarozini to'lato'kis o'lchangizlar, odamlarning narsalarini urib qolmangiz va yaroqli qilib qo'yilgandan so'ng Yer (yuzi)da buzg'unchilik qilmangiz! Agar (chin) mo'min bo'lsangiz, ana shu sizlar uchun yaxshidir.


  1. (Odamlarni) qo'rqitish, Allohga imon keltirganlarni Uning yo'lidan to'sish va uni qing'ir qilish maqsadida har ko'chada o'tirmangiz! Ozchilik ekaningizda, (Uning) ko'paytirganini eslangiz va buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganiga (bir) boqingiz!


  1. Agar sizlardan bir toifa menga yuborilgan narsa (vahiy)ga imon keltirib, boshqa bir toifa imon keltirmagan bo'lsa, o'rtamizda Alloh hukm qilgunga qadar sabr qilingiz! U hukm qiluvchilarning yaxshisidir".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling