Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


TO'QQIZINCHI JUZ’ *************************


Download 0.71 Mb.
bet44/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184
Bog'liq
Документ

TO'QQIZINCHI JUZ’ *************************



  1. Uning (Shuaybning) qavmidan kibrga berilgan zodagonlari aytishdi: "Ey, Shuayb! Qasamki, seni va sen bilan birga imon keltirganlarni shahrimizdan chiqarib yuboramiz yoki dinimizga qaytasizlar!" U dedi: "Diningizni yoqtirmasak hammi?


  1. Diningizdan bizni Alloh qutqargandan keyin yana unga qaytadigan bo'lsak, Allohga yolg'on to'qigan bo'lamiz-ku? Illo, Rabbimiz - Alloh xohlagani bo'lur. Rabbimiz har narsaga ilmi kengdir. Allohgagina tavakkul qildik. Ey, Rabbimiz! Biz bilan qavmimiz o'rtasida haqiqiy ajrimlik ato et! Sen ajrim qiluvchilarning yaxshisidirsan".


  1. Qavmining kofir bo'lgan zodagonlari: "Qasamki, agar Shuaybga ergashsangizlar, demak, sizlar ziyon ko'ruvchi ekansizlar"- dedilar.


  1. Bas, ularni mudhish zilzila tutdi. Natijada o'z joylarida o'tirganlaricha yer bilan yakson bo'ldilar.


  1. Shuaybni yolg'onchiga chiqarganlar go'yo u yerda (oldin) yashamagandek bo'ldilar. Shuaybni yolg'onchiga chiqarganlar, ana o'shalar ziyon ko'ruvchi bo'ldilar.


  1. (Shuayb) ulardan bezdi va dedi: "Ey, qavmim! Sizlarga (men) Rabbimning topshiriqlarini yetkazdim va sizlarga nasihat qildim. Bas, endi kofirlar qavmiga qanday ham qilib hamdard bo'layin?!"


  1. Biror yurtga payg'ambar yuborgan bo'lsak, albatta, uning aholisi tazarru qilar deb, (ularni) qashshoqlik va kasallik (kabi musibatlar)ga tutganmiz.

  2. So'ngra (mazkur) yomonlik o'rniga yaxshilikni almashtirgan edik, mo'l-ko'l bo'lib ketishdi va: "Otabobolarimizga (ham shu kabi) qashshoqlik va kasallik (kabi musibatlar) yetishib turar (va daf bo'lib ketar) edi", - dedilar. Shundan so'ng bexos ularni o'zlari sezmagan holda (azobga) tutdik.


  1. Agarda u yurtlarning aholisi imon keltirgan va taqvo qilganlarida edi, ular ustiga osmonlar va Yerdan barakotlar (eshiklari)ni ochib yuborgan bo'lur edik. Lekin, (ular payg'ambarlarni) yolg'onchiga chiqardilar. Natijada qilmishlari sababli ularni (azobga) tutdik.


  1. U yurtlarning aholisi tunda uxlayotganlarida, ular uzra azobimiz kelib qolishidan xotirjammilar?!


  1. Yoki u yurtlarning aholisi choshgoh paytida o'ynab turganlarida, ular uzra azobimiz kelib qolishidan xotirjammilar?!


  1. Allohning "makri"dan (ham) xotirjammilar?! Allohning "makri" (azobi)dan faqat ziyon ko'ruvchilar qavmigina "xotirjam" bo'lurlar.


  1. Yerni oldingi aholisidan keyin meros qilib oluvchilarni, xohlacak gunohlari sababli ularga (balo) yetkazgan bo'lishimiz to'g'ri yo'lga solmadimi?! Ularning dillarini muhrlab qo'yamiz. Natijada ular (haq gapni) eshitmaydilar.


  1. Ana o'sha qishloqlar. Ularning xabarlari qissasini Sizga aytmoqdamiz. Ularga payg'ambarlari ochiq hujjatlarni keltirgan edilar. (Lekin) oldindan ularni yolg'onchiga chiqarganlari sababli imon keltirmadilar. Alloh kofirlarning dillarini ana shunday muhrlab qo'yadi.


  1. Ularning ko'plarida ahd (vafodorlik)ni topmadik. Ko'plarini fosiq ekanliklarini topdik (bildik).


  1. So'ngra ulardan keyin Musoni mo''jizalar bilan Fir'avn va uning zodagonlariga (elchi qilib) yubordik. Ularga zulm qildilar. Buzg'unchilarning oqibati qanday bo'lganini ko'ring!


  1. Muso aytdi: "Ey, Fir'avn! Men olamlar Rabbidan (yuborilgan) elchidirman.


  1. Alloh nomidan faqatgina haq (gap)ni gapirishga haqlidirman. Sizlarga Rabbingizdan hujjat keltirdim. (Ey, Fir'avn!) Isroil avlodini men bilan birga (muqaddas yurtlari - Shomga) jo'natgin!"


  1. (Fir'avn): "Agar rostgo'ylardan bo'lib mo''jiza keltirgan bo'lsang, uni keltir (ko'rsat)!" - dedi.


  1. Bas, (Muso) asosini tashlagan edi, bexos u aniq (chin) ajdahoga aylandi.


  1. Qo'lini (qo'ynidan) chiqargan edi, birdan u qarab turganlarga oppoq (nurli) ko'rindi.


  1. Fir'avn qavmining zodagonlari: "Bu juda bilimdon sehrgar", - dedilar.


  1. (Fir'avn): "Sizlarni o'z yerlaringizdan chiqarmoqchi, nima buyurasizlar?" - dedi.


  1. Aytdilar: "Uni va akasi (Horun)ni qo'yatur, Madoin (shahri)ga yig'ib keluvchilarni yubor!


  1. (Ular) senga barcha bilimdon sehrgarlarni olib kelsinlar!"


  1. Fir'avn huzuriga sehrgarlar kelib: "Agar biz g'olib bo'lsak, bizga mukofot bormi?" - dedilar.


  1. "Albatta! - dedi (u): - Sizlar (menga) yaqinlardan bo'lursizlar".

  2. Aytdilar: "Ey, Muso! (qo'lingdagi asoni birinchi sen) tashlaysanmi yoki biz (qo'limizdagilarni) tashlaguvchi bo'laylikmi?"


  1. (Muso): "Tashlanglar!" - dedi. Bas, tashlagan edilar, odamlarning ko'zlarini sehrlab qo'ydilar va ularni cho'chitib yubordilar - ulkan sehr keltirdilar.


  1. Musoga: "Asoingni tashla!" - deb vahiy qildik. Birdan u (ajdohoga aylangan aso) ularning soxta (ilon)larini komiga torta boshladi (yutaboshladi).


  1. Bas, haqiqat voqe bo'ldi, ularning qilgan ishlari esa botil (barbod) bo'ldi.


  1. Shunday qilib, (sehrgarlar) yengildilar va zabun holatda qaytib ketdilar.


  1. Sehrgarlar sajda qilgan holda (yerga) tashlandilar.


  1. (So'ng) aytdilar: "(Biz) olamlarning Rabbiga,


  1. (Ya'ni) Muso va Horunning Rabbiga imon keltirdik".


  1. Fir'avn dedi: "Men sizlarga ruxsat berishimdan oldin imon keltirdingizmi?! Albatta, bu (ishingiz) shahardan uning aholisini chiqarib yuborish uchun qilgan makringizdir. Bilasizlar hali!


  1. Qasamki, (bir) qo'llaringiz va (bir) oyoqlaringizni teskarichasiga kesdirib tashlayman, so'ngra hammalaringizni (dorga) osib yuboraman!"


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling