Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet45/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Ya'ni o'ng qo'l bilan chapoyoq yoki chap qo'l bilan o'ng oyoq. Shu tarzda kesilganda odam rosa to'ntoq bo'lib qolishini bilgan.

  1. (Ular) dedilar: "Biz (o'lsak), albatta, Rabbimiz (huzuri)ga qaytuvchimiz.


  1. Sen faqatgina Rabbimiz oyatlari kelganda, ularga imon keltirganimiz uchungina bizdan o'ch olmoqchisan. Ey, Rabbimiz! Ustimizga sabr (yomg'irini) yog'dir va bizni musulmonlik holimizda vafot etdir!"


  1. Fir'avn qavmining zodagonlari aytdilar: "(Ey, Fir'avn), Muso va (uning) qavmini Yer (yuzi)da buzg'unchilik qilishiga hamda seni va ilohlaringni (tan olmay) tark etishiga qo'yib berasanmi?"

(Fir'avn) dedi: "Ularning o'g'illarini (qatli om qilib) qirib tashlab, xotinlarini tirik qoldiramiz va biz ular ustidan g'olibdirmiz!"

  1. Muso (o'z) qavmiga dedi: "Allohdan madad so'rangiz va sabrli bo'lingiz! Yer Allohnikidir! Uni (O'zi) xohlagan bandalariga meros qilib berur. Oqibat (yaxshiliklari) esa taqvodorlarga (tegishli)dir".


  1. (Ular Musoga) dedilar: "(Sen) bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozorlandik". (Muso) dedi: "Rabbingiz dushmaningizni halok etib, sizlarni (Misrdek) yerga o'rinbosar qilajak va qanday ish qilishingizni ko'rajak".

Izoh: Kelmasingdan oldin, ya'ni, tug'ilmasingdan oldin. Chunki o'sha yili tug'ilgan barcha o'g'il chaqaloqlar Fir'avn amri bilan qatl etilgan edi.

  1. Fir'avn qavmini zora eslatma olsalar, deb (qahatchilik) yillariga va mevalarning taqchilligiga duchor etdik.

  2. Bas, ularga yaxshilik kelganda: "Bu bizga xos", - deydilar. Agar ularga biror noxushlik yetsa, Muso va u bilan birga (imon keltirgan) kishilardan shumlanadilar. Ogoh bo'lingki, ularning (yaxshi-yomon) amal(lar)i Allohning huzuridadir. Lekin, (buni) aksariyatlari bilmaydilar.


  1. (Ular Musoga) aytdilar: "Bizni sehrlash uchun har qanday mo''jiza keltirsang ham, biz senga imon keltiruvchi emasmiz".


  1. Shundan keyin ular ustiga to'fon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq mo''jizalar sifatida yubordik. (Shundan) so'ng (ham ular) kibr qildilar va (o'zlari oldindan) jinoyatchilar qavmi edilar.


  1. Ular ustiga azob tushganda dedilar: "Ey, Muso! Rabbinga sendagi bergan ahdi (haqqi) bilan biz uchun duo qil! Qasamki, agar bizlardan (shu) azobni ko'tarsang, albatta, senga imon keltiramiz va sen bilan birga Isroil avlodini (o'z yurtlariga) jo'natamiz!"


  1. Ulardan o'zlari yetib borayotgan (ma'lum) muddatgacha azobni ko'targanimizda esa, nogoh ular (yana ahdni) buzayaptilar.


  1. Bas, (Biz) ulardan "o'ch" oldik - oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlari va ulardan g'aflatda bo'lganlari sababli ularni dengizga g'arq qildik.


  1. (Biz) barakotli qilib qo'ygan Yerning mag'rib va mashriqlariga zaiflashtirilayotgan qavm (Muso qavmi)ni merosxo'r qilib qo'ydik. Sabr qilganlari sababli Isroil avlodiga Rabbingizning chiroyli so'zlari (bergan va'dasi) o'z adosini topdi. Fir'avn va (uning) qavmi qurgan (bino)lari hamda ko'targan (qasru burj)larini vayron qildik.

Izoh: Chiroyli so'z yoki berilgan va'da A'rof surasining 129-oyati yoki Nur surasining 55-oyatida Allohning dushmanni halok etib ularni yerga o'rinbosar qilish to'g'risida aytgan so'zi.

  1. Isroil avlodini dengizdan o'tkazganimizda, o'z sanamlariga sig'inayotgan bir qavm ustidan chiqib qoldilar-da, aytdilar: "Ey, Muso! Ularning ilohlari kabi bizga ham iloh yasab ber!" (Muso): "Sizlar johil qavm ekansizlar.


  1. Zero, ularning (sig'inib) turgan narsalari barbod bo'luvchi va qilayotgan ishlari botil (behuda ish)dir".


  1. (Muso yana) dedi: "Sizlar uchun olamlar uzra sizlarni afzal qilib qo'ygan Allohdan o'zga iloh qidirayinmi?!"


  1. O'g'illaringizni o'ldirib, ayollaringizni qoldirish bilan sizlarni qattiq qiynoqqa solgan Fir'avn ahli (lashkari)dan xalos etganimizni eslangiz! Sizlarning bu (voqea)laringizda ulkan sinov bordir.


  1. Muso bilan o'ttiz kecha va'dalashdik. So'ngra uni yana o'n (kecha) bilan to'ldirdik. Shunday qilib, Rabbining qirq kecha deya belgilagan vaqti kamoliga yetdi. Muso (keta turib) o'z birodari Horunga: "Qavmimda (sen qolib) mening o'rinbosarim bo'lgin, (xatolarini) isloh et va buzg'unchilar yo'liga ergashmagin!" - dedi.


  1. Muso Biz belgilagan vaqtda (Tur tog'iga) kelgach, u bilan Rabbi bevosita gaplashdi*. Muso:

"Rabbim! (O'zingni) menga ko'rsatgin, Senga bir nazar qilay!" - dedi. (Alloh): "Meni ko'ra olmaysan*.
Lekin (ana u) toqqa (bir) boq! Agar Men unga bir jilva qilganimda (toqat qilib) o'z o'rnida tura olsa, sen ham meni ko'rasan", - dedi. Rabbi toqqa tajalliy (kichik bir ko'rinish) qilgan edi, uni maydalab tashladi. Muso (ham ta'sirlanib) behush holda yiqildi. Hushiga kelgach, dedi: "Senga tasbeh ayturman, Senga tavba qildim va men mo'minlarning birinchisi (peshvosi)durman".
Izoh: Bu so'zlashuv insonlarning o'zaro suhbatlariga taqqoslanmaydi, balki Allohning zoti va sifatlariga xos ravishda gaplashilgan. Izoh(a): Ya'ni bu dunyodagi foniy ko'zlaring bilan Meni ko'raolmaysan, balki jannatda boqiy ko'zlaring bilan ko'rursan.

  1. "Ey, Muso! Men seni odamlar uzra risolalarim (Tavrot bitiklari) va gaplashganim bilan mumtoz (tanlangan, xos) etdim. Bas, senga berganimni (qabul etib) ol va shukr qiluvchilardan bo'lgin!" - dedi (Alloh).


  1. Uning uchun lavhlarda (Tavrot sahifalarida) nasihat va har narsaning tafsiloti sifatida har narsadan bitib qo'ydik. Bas, (Ey, Muso!) Ularni quvvat (jiddiylik) bilan olgin va qavmingga ularning yaxshi (bitilgan ahkom)larini tutish (tatbiq etish)lariga buyurgin! Sizlarga fosiqlar diyori (qanday halokatga yuz tutgani)ni ko'rsatajakman.


  1. Yer (yuzi)da nohaqlik bilan kibrlanib yuruvchilar (ongi)ni oyatlarimiz (idroki)dan chetlatib qo'yajakmiz. (Ular) har qanday mo''jizani ko'rsalar ham unga imon keltirmaydilar. Agar to'g'ri yo'lni ko'rsalar, uni (o'zlariga) yo'l qilib olmaydilar. Mabodo noto'g'ri yo'lni ko'rib qolsalar, uni (o'zlariga) yo'l qilib oladilar. Bu(ning sababi) oyatlarimizni yolg'onga chiqarishlari va ulardan g'ofil bo'lganlaridir.


  1. Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg'onga chiqarganlarning (qilgan savobli) amallari barbod bo'lur. Faqat qilmishlariga (yarashagina) jazolanurlar.


  1. Muso qavmi undan (Tur tog'iga ketgandan) so'ng o'zlarining bezaklaridan bir ma'raydigan buzoq jasadini (ma'buda qilib) oldilar. Uning ular bilan gaplashmasligini, ularni biror yo'lga boshlamasligini ko'rmaganmidilar?! Uni (iloh sifatida) tutdilar. (Ular oldindan) zolim edilar.


  1. Qo'llaridan ("tarvuzlari") tushib (pushaymon bo'lib), o'zlarining adashganliklarini ko'rganlarida, aytdilar: "Qasamki, agar Rabbimiz bizga rahm qilmasa va (gunohimizni) kechirmasa, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lishimiz aniqdir".


  1. Muso o'z qavmi sari (Tur tog'idan) qaytar ekan, (qavmining qilmishlaridan) g'azablangan va taassuflangan holda: "Menga ortimdan qanday ham yomon o'rinbosar bo'ldingiz-a?! Rabbingiz amri

(kelmay turib) shoshqaloqlik qildingizmi?" - deb (qo'llaridagi) lavhlarni tashlab, akasining boshi (sochi)dan tutib o'ziga tortdi. (Akasi Horun) dedi: "Ey, onamning o'g'li! Bu qavm meni zaif bilib, o'ldirishlariga sal qoldi. Endi, sen (ham) meni dushmanlarga kulgi qilmagin va meni zolimlar (safi)ga qo'shmagin!"

  1. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim! Meni va birodarimni mag'firat qilib, bizni rahmatingga kiritgaysan. Sen rahmlilarning rahmlirog'idirsan!"


  1. Albatta, buzoqni iloh qilib olganlarga Parvardigorlari (tarafi)dan g'azab va dunyo hayotida xorlik yetgusidir. (Yolg'on va bo'hton) to'quvchilarni shu tarzda jazolagaymiz.


  1. Gunohlarni qilib, so'ngra ulardan keyin tavba qilgan va imon keltirgan kishilar uchun, shulardan keyin (ham) Rabbingiz kechirimli va rahmlidir.


  1. Musoning g'azabi so'ngach, lavhlarni (yerdan) oldi. Undagi bitikda Parvardigorlaridan qo'rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.

Izoh: Bu oyat tafsirida qarama-qarshi fikrlar bayon etilgan. Masalan, bir mufassir Muso Lavhlarni tashlab yuborganida, ular sinib ketgan edi, desalar, boshqasi ular sinmagan edi, deydilar. Yana boshqa bir mufassir lavhlar singan edi, lekin Muso ularni yig'ib turib, yangi nusxa ko'chirib olgan edilar, deb ta'kidlaydilar.

  1. Muso belgilagan vaqtimiz (va joyimizga kelish) uchun qavmidan yetmish kishini tanladi. Ularni qattiq zilzila tutgan paytda (Muso) dedi: "Ey, Rabbim! Xohlasang ularni ham, meni ham oldinroq halok qilgan bo'lur eding. Ichimizdagi nodonlarning qilmishlari uchun bizlarni halok qilasanmi?! Bu faqat bir sinovingdirki, u orqali xohlagan kishingni adashtirasan va xohlagan kishingni hidoyat qilasan. O'zing egamizsan. Bas, bizlarni mag'firat et (kechir) va bizlarga rahm qil. Sen kechiruvchilarning (eng) yaxshisidirsan.


  1. Bizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozgin. Biz Senga qaytdik". (Alloh) dedi: "Azobimni xohlagan kishimga yetkazurman. (Ammo) rahmatim hamma narsadan kengdir. Uni taqvoda bo'luvchilar, zakot beruvchilar va oyatlarimizga imon keltiruvchilarga yozajakman.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling