Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet48/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Gap but-sanamlar haqida ketmoqda.

  1. Allohni qo'yib sig'inayotgan (but)laringiz o'zlaringga o'xshash bandalardir. Agar rostgo'y bo'lsangiz, ularga iltijo qilib ko'ringiz - ular sizlarga ijobat qilsin!


  1. Ularning oyoqlari bormiki, ular bilan yursalar yo qo'llari bormiki, ular bilan kuch ko'rsatsalar, yoki ko'zlari bormiki, ular bilan ko'rsalar, yoxud quloqlari bormiki, ular bilan eshitsalar?! Ayting: "Shirk (but va sanam)laringizni chaqiringiz va menga muhlat bermasdanoq menga makr qilingiz!


  1. Mening egam Kitob nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni do'st tutar.


  1. Uni qo'yib sig'inayotgan narsalaringiz sizlarga ham yordam ko'rsatishga yaramaydi, o'zlariga ham yordam bermaydi".


  1. Ularni (sanamlarni) hidoyat sari chorlasangiz, eshitmaydilar. Sizga qarab tursalarda, lekin ko'rmasliklarini kuzatasiz.


  1. Afvni ixtiyor eting, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz o'giring!


  1. Agar sizni shaytonning sharri tutsa, Allohdan panoh tilang! Albatta, U eshituvchi va biluvchidir. 201. Taqvo qilganlarga shaytondan (biror) musibat yetsa, (darhol Allohni) eslaydilar. Bas, o'shanda ular (haqni) ko'ruvchidirlar.


  1. Ularning do'stlari yo'ldan urishda ularga yordam beradilar. (Bu ishda) sustlik qilmaydilar.


  1. Ularga oyat keltirmasangiz, "Uni o'zing tanlab (to'qib) qo'yaqolmaysanmi?!" - deyishadi. Ayting: "Men faqat Rabbimdan menga vahiy qilingan narsalargagina ergashurman. Bu (Qur'on) imon keltiradigan qavm uchun Rabbingizdan ko'rsatmalar, hidoyat va rahmat (manbai)dir".


  1. Qur'on o'g'ilganda uni tinglangiz va sukut saqlangiz! Shoyad (shunda) rahm qilingaysizlar!


  1. Rabbingizni ichingizda tazarru va qo'rqinch bilan hamda gapirganda ovozni ko'tarmasdan ertayu kech zikr (yod) eting! G'ofillardan bo'lmang!


  1. Haqiqatan, Rabbingiz huzuridagi (farishta)lar Uning ibodatidan kibr (ibo) qilmaydilar. Unga tasbeh aytadilar va Unga sajda qiladilar.

(Sajda oyati. )
ANFOL SURASI
Anfol - o'ljalar.
Surada urush-jang, o'lja taqsimoti, imon, e'tiqod, taqvo, amali solih va boshqa muhim masalalar haqida ilohiy ko'rsatmalar berilgan. Unda asosan Badr jangi voqealari batafsil bayon etilgan. Ma'lumki, Badr jangi hijratning ikkinchi yili ramazon oyida Madinaga yaqin Badr qishlog'ida kechgan. Bu jangda musulmonlar ozchilik, kam qurollangan bo'lishiga qaramasdan, ko'psonli va puxta qurollangan mushriklar to'dasi ustidan g'alaba qozonganlar. Yov qo'shinlaridan yetmish kishi halok etilib, yana yetmish kishi asir olingan va katta o'lja qo'lga kiritilgan. Jangdan keyingi o'lja taqsimida ayrim musulmonlar o'rtasida nizo chiqqani bois, surada ularga pandnasihatlar qilinadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Sizdan (ey, Muhammad,) o'ljalar haqida so'raydilar. Ayting: "O'ljalar Alloh va Payg'ambarnikidir. Bas, Allohdan qo'rqingiz va oralaringizni tuzatingiz! Agar mo'min bo'lsangizlar, Alloh va (Uning) rasuliga itoat etingizlar!

Izoh: Badr jangidan so'ng tushgan o'ljalar taqsimida yosh jangchilar bilan keksa jangchilar o'rtasida biroz kelishmovchilik ro'y bergan. Muhammad (a. s.) ularni sulhga keltirib, o'ljani hammasiga barobar taqsim qilganlar.

  1. Mo'minlar - Alloh (nomi) zikr etilganda - dillari qo'rquvda bo'ladigan, oyatlari ularga tilovat qilinganda - imonlari ziyoda bo'ladigan, Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan,


  1. namozni mukammal o'qiydigan va rizq qilib berganimizdan ehson qiladigan kishilardir.


  1. Aynan o'shalar haqiqiy mo'minlardir. Ular uchun Parvardigorlari huzurida darajalar va farovon rizq (bordir).


  1. (Bu) Rabbingiz uyingizdan Sizni haq (yo'l) bilan chiqargani kabidir. Mo'minlardan bir guruhi esa (bu chiqishni) yoqtirmaydiganlardir.


  1. Siz bilan haq to'g'risida (u) ayon bo'lgandan keyin bahslashmoqdalar. (Bu) go'yoki, qarab turgan hollarida, ularni o'lim sari haydalayotgandekdir.


  1. Allohning ikki toifadan biri sizlarga bo'ladi, deb va'da qilganini eslang. Vaholanki, shavkatli bo'lmagani sizlarga bo'lishini xohlaysizlar. Alloh (esa) o'z kalima (amr)lari bilan haqni haqqa chiqarish va kofirlarni tor-mor qilishni xohlaydi.

Izoh: Ikki toifaning birinchisi mushriklar karvoni, ikkinchisi Makkadan musulmonlar ustiga bostirib kirgan yov lashkari. Ma'lumki, Madinada hijratdan keyin Islom rivoj topib, musulmonlar qad rostlab olganlaridan keyin mushriklardan qasos olish fursati yetgan edi. Zero, musulmonlar Makkada uy-joylarini, yer va bog'larini tashlab hijrat qilib ketgan edilar. Makka mushriklari ularning qoldirib ketgan mol-mulk va boyliklarini o'zlashtirib olgan edilar. Shuning uchun ham mushriklar savdogarlik yo'li bilan karvonlarda Madina atrofida o'tib qolsalar, muhojir musulmonlar ularning yo'llarini to'sib, o'z mol-mulklari evaziga mushriklarning matoh va ashyolarini o'lja qilib olishga harakat qilar edilar. Bunga Alloh ham, rasuli ham rozilik bergan edilar. Bu oyatdagi ikki toifaning biri Shomdan qaytayotgan Makka mushriklari edi. Ularni qarshi olish uchun Rasululloh bir guruh sahobalar bilan yo'lga chiqadilar. Bundan xabar topgan Makka mushriklari katta qo'shin to'plab Madina sari yo'l oladilar. Shunda Payg'ambar (a. s.) Allohning amri bilan karvonni qo'yib, yov lashkari bilan jang qilishni ixtiyor etadilar. Ba'zi sahobalar e'tiroz bildirib: "Tayyor karvon o'lja bo'lib turganda, yovning katta qo'shiniga bas kelib bo'ladimi?" - deb norozilik bildirganlar. Ko'pchiligi esa Payg'ambarga itoat etishni lozim topganlar. Surada shu kabi sinovlarga baho beriladi.

  1. Jinoyatchilar (mushriklar) yoqtirmasalar ham (Alloh) haqni haq, nohaqni nohaq (ekanini isbot) etish uchun (shu ishlarni qiladi).


  1. Rabbingizga (yordam so'rab) faryod qilganingizda: "Men sizlarga ketma-ket (keluvchi) ming nafar farishta bilan madad beruvchidirman", - deb (duoingizni) ijobat etganini eslang!


  1. Alloh (bu yordamni) faqat (sizlarga) xushxabar bo'lishi va dillaringiz taskin topishi uchun qildi. G'alaba faqat Alloh huzuridangina (bo'lur). Alloh, albatta, qudrat va hikmat sohibidir.


  1. Uning tarafidan xotirjamlik uchun sizlarni mudroq bostirgani, ustilaringizga osmondan suv (yomg'ir) tushirib, u bilan sizlarni poklash, shaytonning vasvasasini sizlardan daf etish, dillaringizga (o'zaro) aloqa paydo qilish va u bilan qadamlaringizni sobit (mustahkam) qilishni iroda etganini eslang!


  1. Rabbingiz farishtalarga vahiy qilib: "Men sizlar bilan birgadirman. Bas, imon keltirganlarni sabotga undangiz! Kufrga ketganlarning dillariga qo'rquv solib qo'yajakman. Bo'yinlar uzra uringiz (qatl etingiz) va ularning har bir barmog'iga (har taraflama) zarba beringiz", - deganimni eslang!


  1. Bu shuning uchunki, ular Alloh va Rasuliga muxolif bo'ldilar. Kimki Alloh va Rasuliga muxoliflik qilsa, bas, Alloh jazosi qattiq zotdir.


  1. Ana shu sizlarga! Uni totib ko'ringiz! Kofirlar uchun (esa) do'zax azobi muqarrardir.


  1. Ey, imon keltirganlar! Kofir bo'lganlar to'dasi bilan to'qnashganingizda, ulardan ortga qarab chekinmangiz!


  1. Kimki o'sha kuni ulardan ortga chekinsa - jang ishi bilan chetlagan va biror bo'linmaga qo'shilishga borganlar bundan mustasno - Allohning g'azabi bilan (birga) qaytgan bo'lib, joyi jahannam bo'lur. Qanday ham yomon oqibat bu?!


  1. Ularni sizlar o'ldirmadingiz, balki ularni Alloh o'ldirdi. Otganingizda Siz otmadingiz (ey, Muhammad,) balki Alloh otdi. Mo'minlarni O'zining yaxshi sinovi bilan (bir) sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.

Izoh: Muhammad (a. s.) yov lashkari bilan to'qnash kelganlarida, qo'llariga bir hovuch tuproq olib: "Shohatil - vujuh!" -ya'ni, yuzlaring qursin! - deb ular tomon sochib yuborganlar. Allohning amri bilan lashkarlar ko'zi chang bilan to'lgan. Oyatda shu ilohiy madadlar eslatilmoqda.

  1. Sizlarga - shu! Alloh esa kofirlar makrini susaytiruvchidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling