Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet56/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Uch kishi - Ka'b ibn Molik, Mirora ibn ar-Rabi', Hilol ibn Umayya edilar.

  1. Ey, imon keltirganlar! Allohdan qo'rqingiz va (imonda) sodiq kishilar bilan birga bo'lingiz!


  1. Madina aholisi va ularning tevaragidagi a'robiylar uchun Allohning Rasulidan qolishlari va undan kechib o'zlari bilan mashg'ul bo'lishlari joiz emas edi. Buning boisi-ularga Alloh yo'lida biror tashnalik, qiyinchilik, ochlik yetsa va kofirlarni jahlini chiqaradigan qadam bossalar, dushmanga biror musibat yetkazsalar, albatta, ularga shu sababli yaxshi amal yozilur. Albatta, Alloh ezgulik qiluvchilar mukofotini zoye qilmas.


  1. Biror kichik yoki katta sadaqa qilsalar yoki (Alloh yo'lida) biror vodiyni bosib o'tsalar, albatta, qilgan yaxshi ishlari sababli Alloh ularni mukofatlashi uchun ularga (savob) bitilur.


  1. Mo'minlar yoppasiga (jangga) chiqishlari shart emas. Ularning har bir guruhidan bir toifa chiqmaydimi?! (Qolganlari) dinni o'rganib, qavmlari ularga (jangdan) qaytib kelgach, (gunohdan) saqlanishlari uchun ularni ogohlantirmaydilarmi?!


  1. Ey, imon keltirganlar! Yaqinlaringizdagi kofirlarga qarshi jang qilingiz! Ular sizlardan dag'allikni topsinlar! Yana bilib qo'yingizki, albatta, Alloh taqvolilar bilan birgadir.


  1. Biror sura nozil qilinsa, ular ichida: "Bu (sura) qaysilaringning imonlaringizni ziyoda etdi?" - deydigan (munofiq)lar ham bo'ladi. Ammo imon keltirganlarning imonlarini esa (bu sura) ziyoda qilur va ular shod bo'lurlar.


  1. Ammo dillarida illat (shak va nifoq) bo'lganlarning esa, iflosliklari (kufrlari)ga yana ifloslik (kufr) qo'shiladi va ular kofirlik hollarida o'lurlar.


  1. Ko'rmaydilarmi, (ular) har yili bir yoki ikki marta sinovga uchramoqdalar. (Shundan) so'ng (ham) na tavba qiladilar va na eslatma oladilar.


  1. Biror sura nozil qilinsa: "Sizlarni biror kishi ko'rmayaptimi?" - deb bir-birlariga qarab olib, so'ngra (uylariga) qaytadilar. Anglamaydigan qavm bo'lganlari sababli Alloh ularning dillarini (aksiga) burib qo'ygandir.


  1. Haqiqatan, sizlarga o'zlaringizdan (chiqqan), sizlarning qiyinchiliklaringizdan alam chekadigan, sizlar bilan qiziquvchi va mo'minlarga mushfiq va rahmdil Rasul kelgandir.


  1. Bas, (shunda ham) yuz o'girsalar, ayting: "Menga Alloh kifoyadir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Unga tavakkul qildim. U buyuk Arshning rabbidir!".

YUNUS SURASI
Yunus - payg'ambar nomi.
Surada payg'ambarlar qissasi, imon, e'tiqod, ilohiy kitoblar, qiyomat, qayta tirilish, mukofot, jazo, jannat, do'zax kabi muhim masalalar bayon etiladi. Unda asosan tavhidga da'vat, shirk va kufrdan nafrat g'oyalari olg'a suriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Alif, Lom, Ro. Ushbular hikmatli Kitob oyatlaridir.


  1. O'zlaridan (bo'lmish) bir kishiga (Muhammadga), odamlarni ogohlantiring, imon keltirganlarga Parvardigorlari huzurida sodiq qadamlik (to'g'ri yo'ldan yurishlik darajasi) borligi haqida xushxabar bering, deb vahiy yuborganimiz odamlarga ajablanarli bo'ldimi?! Kofirlar esa: "Albatta, bu (Muhammad) aniq sehrgardir", - dedilar.


  1. Albatta, Rabbingiz osmonlar va Yerni olti kunda yaratib, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan Allohdir. Ish tadbirini (puxta) ko'rar. Uning iznisiz biror shafoat qiluvchi bo'lmas. Ana o'sha Alloh Rabbingizdir, Unga ibodat qilingiz! (Bundan) eslatma olmaysizlarmi?!


  1. Barchangizning qaytish joyingiz Uning huzuridir. Allohning va'dasi haqdir. U yaratishni boshlaydi, so'ngra imon keltirib, ezgu ish qilganlarni adolat bilan mukofatlash uchun uni (barcha yaratganlarini) yana (hayotga) qaytaradi. Kofir bo'lganlarga esa, qaynoq suvdan iborat ichimlik va kofir bo'lganlari sababli alamli azob bordir.


  1. U quyoshni ziyo (taratuvchi) va oyni nur (sochuvchi) etgan hamda yillarning adadini va (vaqt o'lchovlaridagi) hisobni bilishlaringiz uchun uni (oyni) manzil (burj)larga (bo'lib) o'lchab qo'ygan zotdir. Buni Alloh faqat haq (hikmat) bilangina yaratdi. Biluvchi qavm uchun oyatlarni (U) batafsil bayon qilur.


  1. Albatta, tun va kunning almashib turishida hamda osmonlar va Yerdagi Alloh yaratib qo'ygan narsalarda Allohdan qo'rqadigan qavm uchun alomatlar bor.


  1. Albatta, Biz bilan muloqotda bo'lishni kutmay, dunyo hayoti bilan qanoatlangan va u bilan (dili) taskin topganlar hamda oyatlarimizdan g'ofil bo'lganlar,


  1. ana o'shalarning joylari - qilmishlari tufayli - do'zaxdir.


  1. Imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlarni esa imonlari sababli Parvardigorlari hidoyat qilur, ne'mati mo'l jannat (bog'lari)da ostilaridan anhorlar oqib turur.


  1. U yerdagi duolari: "Ey, Alloh! Senga tasbeh aytamiz" deyishlik va u yerdagi so'rashishlari "Salomalik"dir. Duolarining oxiri esa: "Olamlar Parvardigori – Allohga hamd!" deyishlikdir.


  1. Mabodo Alloh odamlarga yomonlikni (ular) yaxshilikka shoshilganlari kabi tezlashtirganda edi, albatta, ularning ajallari bitgan bo'lur edi. Bas, Bizning muloqotimizni kutmaganlarni o'z tug'yon (tajovuzkorlik)larida gangib yurishlariga tashlab qo'yamiz.


  1. Insonga zarar yetganda, yotgan holda yo o'tirib yoki tik turib ham Bizga iltijo qiladi. Undan zararini ketkazganimizda esa, go'yo yetgan zararidan Bizga duo qilmagandek ketaveradi. Mana shu tarzda isrofchi (tajovuzkor)larga o'z qilmishlari ziynatli (chiroyli) qilib qo'yildi.


  1. Sizlardan oldingi avlodlarni (ham) zulm qilganlarida va payg'ambarlari (ilohiy) hujjatlarni keltirgach, inonmaganlarida, halok qilganmiz. Shu tarzda jinoyatchilar qavmini jazolagaymiz.


  1. So'ngra qanday ish qilishingizni ko'rishimiz uchun sizlarni ulardan keyin Yerga xalifa (o'rinbosar) qildik.


  1. Ularga Bizning aniq oyatlarimiz o'qilsa, muloqotimizni kutmaganlar: "Bundan boshqa qur'on keltir yoki uni (oyatlarini) o'zgartir!"- deydilar. Ayting: "Uni o'z tomonimdan o'zgartirish menga mumkin emas. Men faqat, menga vahiy qilingan oyatlargagina ergashurman. Men, agar Rabbimga itoatsizlik qilsam, ulug' Kun (qiyomat) azobidan qo'rqaman".


  1. Ayting: "Agar Alloh xohlaganda edi, men uni (Qur'onni) o'qimas edim va sizlarga ham (Alloh) uni bildirmagan bo'lur edi. (Axir) undan oldin ham umr bo'yi sizlarning orangizda (yashab) turdim-ku! Bas, aql yurgizmaysizlarmi?!".


  1. Alloh nomidan yolg'on to'qigan yoki oyatlarini yolg'onga yo'ygan kimsadan ham zolimroq kishi bormi?! Zotan, jinoyatchilarga tole yor bo'lmas.


  1. Allohni qo'yib, ularga zarar ham, foyda ham keltira olmaydigan narsalarga ibodat qiladilar va "Ana shular Alloh huzurida bizni shafoat qiluvchilarimizdir", - deydilar. Ayting: "Allohga osmonlar va Yerdagi U bilmaydigan narsalarni bildirib qo'ymoqchimisizlar?! Alloh ularning shirklaridan pok va yuksakdir!"


  1. Odamlar yagona ummat (bir dinda) edilar*. So'ngra turli xil bo'lib ketdilar. Agar Rabbingizdan

(qiyomatgacha qo'yib berish haqida) so'z kechmaganida, tortishayotgan narsalari haqida hukm qilingan bo'lur edi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling