Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Ya'ni Odam Ato yoki Nuh (a. s.) davridagi to'fon voqeasidan keyingi vaqt.
"Unga (Muhammadga) Parvardigoridan biror mo''jiza tushirilsa edi!" - deyishadi. Bas, ayting: "Albatta, g'aybiy ishlar Allohga xosdir. Kutinglar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman". Odamlarga yetishgan zarar (qahatchilik) ketidan rahmat (mo'lchilik)ni tottirsak, nogoh ularda oyatlarimizga nisbatan makr (inkor) namoyon bo'ladi. Ayting: "Alloh tezroq "makr" qiluvchidir. " Rasul (farishta)larimiz qilayotgan makringizni yozib qo'yurlar. U sizlarni quruqlik va dengizda sayr qildirur. Sizlar kemada bo'lgan paytingizda va u mayin shamol bilan ularni (sizlarni) olib ketayotganida va ular bundan shodlanib turganlarida, qattiq shamol kelib hamda har tomondan to'lqin kelganda, ular qurshovda qolganlarini bilib: "Agar shundan bizni xalos qilsang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lurmiz!" - deb ixlos bilan Allohga iltijo qilurlar. Izoh: "sizlarni" so'zi o'rniga "ularni" deb ikkinchi shaxsdan uchinchi shaxsga o'tish, balog'at ilmida "iltifot" deb ataladi. O'zbek tilida ham "men" o'rniga "biz", "siz" o'rniga "ular". so'zi qo'llaniladi. Haj safaridan kelgan kishiga: "haj qilibsizda" o'rniga "Haj qilibdilar-da!" - deyilishi kabi. Alloh ularni xalos etganda esa, bexos (yana) Yer yuzida nohaqdan tajovuzkorlik qilurlar. Ey, odamlar! Bu tajovuzingiz faqat o'zingizga zarardir. (Bu) dunyo hayotining matohi (ovunchog'i)dir. So'ngra qaytish joyingiz Bizning huzurimizdir. Bas, (o'shanda) qilgan ishlaringiz xabarini sizlarga berurmiz. Haqiqatan, dunyo hayotining misoli xuddi Biz osmondan tushirgan (yog'dirgan) suv bo'lib, odamzot va hayvonot yeydigan narsalardan iborat yer giyohlari u bilan aralashib, to yer yasanib va ziynatlangach, yer egalari o'zlarini unga qodir deb bilgan bir paytda yerga tunda yoki kunduzi Bizning amrimiz kelib, uni kechagi kuni obod bo'lmagandek (yig'ib olingan) hosilga aylantirib qo'yganimizga o'xshaydi. Tafakkur qiluvchi qavm uchun (Biz) oyatlarni shu tarzda batafsil bayon qilurmiz. Alloh (odamlarni) salom diyori (jannat)ga chorlaydi va xohlagan kishini to'g'ri yo'lga hidoyat etadi. Ezgu ish qilganlarga chiroyli (savob-jannat) va ziyodalik (Allohning diydorini ko'rishlik) bordir. Ularning yuzlarini qoralik ham, xorlik ham qoplamas. Aynan o'shalar jannat ahlidirlar, ular u yerda mangudirlar. Izoh: Ezgu ish - Allohni yakka bilib, solih amal qilishdir. Gunoh ishlarni qilganlarga esa, har bir gunohga o'shaning barobarida jazo (bordir) va ularni xorlik qoplar. Ular uchun Alloh tarafidan saqlovchi yo'q. Ularning yuzlari go'yo zulmatli tunning bir bo'lagi bilan qoplangandekdir. Ana o'shalar do'zax ahlidirlar. Ular u yerda mangudirlar. Hammalarini o'sha kun (qiyomat)da to'plab, so'ngra shirk keltirganlarga: "Sizlar va (Allohga) sherik qilib olgan (but)laringiz, joyingizda turingiz!" - deb ularning oralarini ajrim qilamiz. (Sig'inilgan) sheriklaringiz: "Bizga sig'ingan emassizlar. Izoh: Ya'ni soxta ma'budalar: "Biz sizlarning ibodatlaringizni sezmadik", - deb iqror bo'lurlar. Bas, Allohning o'zi biz bilan sizlarning o'rtamizda guvohlikka kifoyadirki, sizlarning (bizga qilgan) ibodatingizdan g'ofildirmiz", - derlar. Ana o'sha yerda har bir jon (egasi) qilib o'tgan ishini sinab ko'rar va (hammasi) haqqoniy egalari - Allohga qaytarilur. To'qib yurgan (but)lari ham ulardan g'oyib bo'lur. Ayting: "Sizlarga Osmon va Yerdan rizq berayotgan kim yoki quloq va ko'zlaringizga egalik qilayotgan kim?! O'likdan tirikni chiqaradigan va tirikdan o'likni chiqaradigan va ishning tadbirini ko'radigan kimdir?!" Ular, albatta: "Alloh", - deydilar. Shunda ayting: "Bas, qo'rqmaysizlarmi?!" Bas, ana shu Alloh haqqoniy Rabbingizdir. Haqiqatdan o'zgasi esa gumrohlikdir. Bas, qayoqqa og'ib ketayapsizlar?! Shunday qilib imon keltirmaganlari sababli fosiqlik qilganlar ustidan Rabbingizning (azoblayman degan) so'zi haq bo'lib chiqdi. Ayting: "Sherik (but, sanam)laringiz ichida oldin yaratib, (o'lgandan keyin) yana (hayotga) qaytara oladigani bormi?!" Ayting: "Alloh oldin yaratib, so'ngra qaytara oladi. Bas, qayoqqa og'ib ketmoqdasizlar?!" Ayting: "Sherik (but, sanam)laringiz ichida haq yo'lga soladigani bormi?!" Ayting: "Alloh haq yo'lga soladi. Haq yo'lga sola oladigan Zot ergashilishga haqliroqmi yoki yo'lga sola olmaydigan, balki o'zi yo'lga solinishga muhtoj narsami?! Bas, sizlarga ne bo'ldi?! Qanday hukm qilmoqdasiz (o'zi)?!" Aksariyati faqat gumon ortidan ergashadilar. Gumon esa, biror narsada haqiqat o'rniga o'tmaydi. Albatta, Alloh ularning ishlaridan ogohdir. Ushbu Qur'on Allohdan boshqa kimningdir tomonidan to'qilgan bo'lishi mumkin emas. Balki, u (butun) olamlar Parvardigori tomonidan (kelgan), shubhasiz, o'zidan oldingi narsa (ilohiy kitoblar)ni tasdiqlovchi va batafsil (bayon etilgan) kitobdir. Yoki: "Uni (Muhammad) to'qigan", - deydilarmi?! Ayting: "U holda, agar rostgo'y bo'lsangizlar, unga teng birgina sura keltirib, Allohdan boshqa imkoningiz boricha kishilarni (yordamga) chorlangiz!" Balki, (ular Qur'on) ilmini egallamay turib va uning ta'vili (tafsiri) kelmay turib, yolg'onga yo'ydilar. Ulardan oldingilar ham (payg'ambarlarini) xuddi shunday yolg'onchiga chiqargan edilar. Zolimlarning taqdiri qanday bo'lganiga boqing! Ular ichida (unga) imon keltirganlari bor va ular ichida unga imon keltirmaydiganlari ham bor. Rabbingiz esa buzg'unchilarni biluvchiroqdir. Agar Sizni yolg'onchiga chiqarsalar, ayting: "Mening ishim - menga. Sizlarning ishlaringiz - sizlarga! Cizlar mening qilayotgan ishimga daxlsizdirsizlar, men sizlarning ishlaringizga daxlsizdirman". Ular ichida Sizga (beparvolik bilan) quloq soladiganlari ham bor. O'zlari aql yurgizmaganlaridan keyin Siz "karlar"ga (gap) eshittira olarmidingiz?! Ular ichida Sizga (shunchaki) nazar tashlab turadiganlari ham bor. O'zlari ko'rmasalar, ko'rlarni yo'lga sola olarmidingiz?! Albatta, Alloh odamlarga biror narsada zulm qilmaydi. Lekin odamlar o'zlariga zulm qiladilar. Ularni (qiyomatda) to'playdigan kunda (o'zlarini bu dunyoda) go'yo kunduz kunning bir soaticha turgandek sezishib, bir-birlarini taniy boshlaydilar. Alloh bilan muloqotda bo'lishni inkor etganlar ziyon ko'rdilar va hidoyat topganlardan bo'lmadilar. Agar Biz ularga va'da qilayotgan (azob)ning bir qismini Sizga ko'rsatsak yoki (oldinroq) Sizni vafot ettirsak ham, baribir ularning qaytib boradigan joyi Bizning huzurimizdir. So'ngra (qolganiga) Alloh ularning kirdikorlariga guvohdir. Har bir ummat uchun payg'ambar (bordir). Bas, payg'ambarlari kelganda, ularga zulm qilinmagan holda o'rtalarida odilona hukm qilinur. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling