Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Bu yerdagi "xushxabar" Fir'avn ustidan qilinadigan g'alabadir.
Muso dedi: "Ey, Rabbimiz! Sen Fir'avn va uning zodagonlariga bu dunyoda zebu ziynat va mol-mulk ato etding. Ey, Rabbimiz! (Bu esa, odamlarni) Sening yo'lingdan ozdirishlariga sabab bo'ldi. Ey, Rabbimiz! Mol-mulklarini barbod et va dillarini qattiq qil, toki (qiyoatda) alamli azobni ko'rmagunlaricha imon yeltirmasinlar". (Alloh) dedi: "Ikkingizning duoingiz ijobat etildi. Endi, to'g'ri bo'lingizlar! Bilmaydiganlarning yo'liga zinhor ergashmangizlar!" Isroil avlodini dengizdan o'tkazdik. Fir'avn va uning lashkarlari ular ortidan zo'ravonlik va zulm yuzasidan ergashdilar. Unga (Fir'avnga) g'arq bo'lish (soati) yetishganda aytdi: "Imon keltirdimki, Isroil avlodi imon keltirgan Zotdan o'zga iloh yo'qdir. Men ham musulmonlardanman". (Alloh dedi): "Endimi?! Axir, sen ilgari itoatsizlik qilganding va buzg'unchilardan eding-ku! Mana bugun sendan keyingilarga belgi (ibrat) bo'lishing uchun jasadingni qutqarurmiz. Haqiqatan, odamlarning aksariyati oyatlarimizdang'ofildirlar. " Albatta, Isroil avlodini qulay joyga (Misr va Shomga) joylashtirdik va ularga pok narsalardan rizq qilib berdik. Ularga, to ilm (Tavrot) kelmaguncha, ixtilof qilmadilar. Albatta, Rabbingiz qiyomat kuni ixtilof qilgan narsalari haqida o'rtalarida hukm chiqaradi. (Ey, Muhammad!) Agar Sizga nozil etgan narsa (tarixiy voqealar) xususida shubha qilsangiz, Sizdan oldingi Kitobni o'qiydiganlardan so'rang! Rabbingizdan Sizga haqiqat (vahiy) kelgandan keyin (endi) sira shubhalanuvchilardan bo'lmang! Allohning oyatlarini yolg'onga yo'yadiganlardan ham bo'lmangki, (aks holda) ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolursiz! Albatta, (taqdirlarida) Allohning (kofir bo'lurlar degan) so'zi muqarrar bo'lganlar imon keltirmaydilar. Ularga barcha mo''jizalar kelsa ham, to (qiyomatda) alamli azobni ko'rmagunlaricha (o'zgarmaydilar). Koshki biror qishloq (ahli) imon keltirganda edi, imoni unga foyda bergan (va halok bo'lmagan) bo'lur edi. Illo, Yunus qavmi (shunday qildi). Imon keltirishgach, ulardan dunyo hayotidagi xorlik azobini ketkazdik va ularni (ma'lum) vaqtgacha (hayot lazzatidan) bahramand qildik. Agar Rabbingiz xohlasa edi, Yer (yuzi)dagi barcha kishilar yoppasiga imon keltirgan bo'lur edilar. Bas, Siz odamlarni mo'min bo'lishlariga majbur qilasizmi?! Allohning iznisiz hech bir jon (egasi) imon keltira olmas. Azobni esa (Alloh) aql yuritmaydiganlarga ravo ko'rar. Ayting: "Osmonlar va Yerdagi narsalarga (ibrat nazari bilan) boqinglar! (Ammo) imon keltirmaydigan qavm uchun mo''jizalar ham, ogohlantirishlar ham foyda bermagay". (Ular) o'zlaridan oldin (imon keltirmay) o'tganlarning kunlariga o'xshash (azob yog'ilgan) kunlarnigina kutmoqdalar. Ayting: "Kutaveringlar! Men ham sizlar bilan birga kutuvchilardanman". So'ngra (qiyomatda) payg'ambarlarimiz va imon keltirganlarga najot berurmiz. Shunday qilib, mo'minlarga najot berish Bizga haq (muqarrar) bo'ldi. Ayting: "Ey, odamlar! Agar mening dinimdan shakda bo'lsangiz, bas, sizlarning Allohni qo'yib sig'inayotgan (but-sanam)laringga (men) sig'inmayman, balki sizlarni vafot ettiradigan zot - Allohga sig'inaman va (men) mo'minlardan bo'lishimga buyurilganman. Shuningdek, (menga buyurilganki) yuzingizni (o'zingizni) to'g'ri bo'lmish dinda muqim tuting, aslo mushriklardan bo'lmang! Allohni qo'yib, foyda ham, zarar ham yetkaza olmaydigan narsalarga iltijo qilmang! Agar qilsangiz, unda, albatta, Siz zolimlardandirsiz. Agar Alloh Sizga biror zarar yetkazsa, bas, Uning O'zidan boshqa uni ketkazadigan (kuch) yo'qdir. Agar Sizga biror yaxshilik (yetkazish)ni istasa, Uning fazlini qaytaruvchi (kuch) ham yo'qdir. Bandalaridan xohlaganiga uni (fazlini) yetkazur. U kechirimli va rahmlidir". Ayting: "Ey, odamlar! Sizlarga Rabbingizdan haqiqat (Qur'on yoki Payg'ambar) keldi. Bas, kimki hidoyat yo'liga kirsa, faqat o'zi uchun hidoyat yo'liga kirgan bo'ladi. Kimki yanglishsa, bas, o'zining zarariga yanglishgan bo'ladi. Men sizlarga vakil (muakkal) emasman". Sizga vahiy etilgan narsaga ergashing va to Alloh hukm qilgunicha sabr qiling! Albatta, U hukm qiluvchilarning yaxshisidir. HUD SURASI Hud - payg'ambar nomi. Sura Od qabilasiga yuborilgan payg'ambar Hud (a. s.) nomi bilan atalgan. Unda tavhid, imon, islom, shariat ahkomlari, payg'ambarlar qissasi, Qur'oni karim vasfi va boshqa ma'lumotlar ilohiy oyatlar orqali bayon etilgan. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). Alif, Lom, Ro. (Bu) oyatlari mustahkam (qat'iy) qilingan, so'ngra Hakimu Dono bo'lmish zot tomonidan batafsil bayon etilgan Kitobdir. (Qisqacha bayoni esa): "Allohdan o'zgaga aslo sig'inmangizlar!" (degan xitobdir). Albatta, men (Muhammad) Uning nomidan ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchidirman. (Alloh buyuradiki), Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangizlar, so'ngra Unga tavba qilingizlar, shunda (U) sizlarni ma'lum muddat (ajallaringiz oxiri)gacha chiroyli bahra bilan bahramand qilur va har bir fazlli (karamli, saxiy) kishiga O'z fazlini ato etur. Agar yuz o'girsangizlar, bas, men sizlarga Ulug' kun (qiyomat) azobi (yetishi)dan qo'rqaman. Qaytish joyingiz Allohning huzuridir. U esa har narsaga qodirdir. Ogoh bo'lingizki, albatta, ular (kofirlar sirlarini) Undan maxfiy tutish uchun ko'kraklarini (boshqa tomonga) buradilar. Ogoh bo'lsinlarki, kiyimlariga o'ranib olganlarida ham (Alloh) yashirgan va oshkor qilgan narsalarini bilur. Albatta, U ko'krak (dil)lardagi sirlarni bilimdonidir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling