Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Juvdiy tog'i qayerda ekani to'g'risida ham turli naqllar bor. U Iroqning Musil shahrida, Hindistonda, Araratda degan rivoyatlar bunga misoldir.
Nuh Rabbiga nido qilib dedi: "Rabbim! O'g'lim mening ahlimdan. Sening (oilamni saqlashga bergan) va'dang esa haq va Sen hukm qiluvchilarning eng donosi (va odili)san". (Alloh) dedi "Ey, Nuh! U sening ahlingdan emas! Albatta, u (uning qilgani) yaxshi ish emas. Bas, Mendan o'zing (yaxshi) bilmagan narsani so'ramagin! Men senga johillardan bo'lishingdan (qaytarib) nasihat qilaman". (Nuh) aytdi: "Rabbim! Men Sendan o'zim (yaxshi) bilmagan narsani so'rashimdan panoh tilayman. Agar meni kechirmasang va menga rahm qilmasang, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lurman". Aytildi: "Ey, Nuh! Bizdan (bo'lmish) salomatlik va senga va sen bilan birgalikdagi jamoalarga (atalgan) barakotlar bilan (kemadan yerga) tushgin! (Ummatingdan kelajakda shunday kofir) jamoalar ham bo'ladiki, ularni ozgina bahramand qilurmiz, so'ngra ularni Bizdan (yuboriluvchi) alamli azob tutar". (Ey, Muhammad!) Bular Biz Sizga vahiy qilayotgan g'ayb xabarlaridandir. Bularni ilgari na Siz va na qavmingiz bilar edingiz. Bas, sabr qiling! Albatta, oqibat (yutuq) taqvodorlarnikidir. Od (qabilasi)ga birodarlari Hudni (payg'ambar etib yubordik). U aytdi: "Ey, Qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir! Sizlar (soxta ilohlarni) faqat o'zlaringiz to'qib oluvchisizlar. Ey, qavmim! Cizlardan (elchilik xizmati uchun) haq so'ramayman. Mening ajrim (mukofotim) faqat meni yaratgan Zot zimmasidadir. Aqlni ishlatmaysizlarmi?! Ey, qavmim! Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz, shunda U osmondan (yomg'ir) yog'dirar va quvvatingizga quvvat qo'shar. Jinoyatchi bo'lib ketmangizlar!" Izoh: Istig'for aytib tavba qilish serobgarchilikka, serfarzandlikka sabab bo'lishi to'g'risida Nuh (a. s.) da'vatlarida ham qayd etilgan. (Nuh surasi 10,11,12-oyatlarga qarang). (Ular) dedilar: "Ey, Hud! Bizga biror hujjat keltirmading. Biz sening (quruq) gaping bilan ilohlarimizni tark etuvchi ham, senga ishonuvchi ham emasmiz. Biz seni balkim ilohlarimizdan birortasi chalib ketgandir, demoqchimiz. " (Hud) dedi: "Men Allohni guvoh qilaman va sizlar ham guvoh bo'lingizlarki, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman. (Zero, u) Allohdan o'zgadir. Bas, endi hammangiz menga makr qilaveringiz, so'ngra menga (uni) kechiktirib o'tirmangizlar! Men Rabbim va Rabbingiz - Allohga tavakkul qildim. O'rmalovchi (jonivor) borki, uning inonixtiyori (tasarrufi) Uning qo'lidadir. Albatta, Rabbim to'g'ri yo'ldadir. Agar sizlar (imon va tavbadan) bosh tortsangiz, bas, sizlarga yetkazishim topshirilgan narsani sizlarga yetkazib bo'ldim. Rabbim sizlardan boshqa qavmni o'rinlaringizga xalifa qilib keltirur. Sizlar esa Unga zarar yetkaza olmaysizlar. Albatta, Rabbim hamma narsani qo'riqlovchidir". Amrimiz (shamol azobi) kelgach, Hudni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan (bo'lmish) marhamat tufayli xalos etdik va ularga qattiq azobdan najot berdik. Izoh: "Madorik tafsiri"da, mo'minlar soni 400 kishi bo'lgan deyiladi. Ana shular Od (qabilasi)dir. (Ular) Parvardigorlarining oyatlarini inkor etdilar, payg'ambarlariga itoatsizlak qildilar va har qanday zolimu qaysarlarning buyruqlariga ergashdilar. Izoh: Allohning Od qabilasiga ishorat qilishiga qaraganda, g'azabga uchragan bu qavm asoratlari Rasululloh davrilarigacha ham Yaman tog'larida saqlanib qolgan. Ularga ushbu dunyoda ham, qiyomat kunida ham la'nat yetib turur. Ogoh bo'ling, albatta, Od (qabilasi) Parvardigorlarini inkor etgan edilar. Ogoh bo'ling, Hudning qavmi – Od qabilasi)ga halokat bo'lsin! Samud (qabilasiga) birodarlari Solihni (payg'ambar etib yubordik). (U) aytdi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningizlar! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'q. U sizlarni yerdan paydo qilib, sizlarni uni obod etuvchi etdi. Bas, Undan kechirim so'rangizlar, so'ngra Unga tavba etingizlar! Albatta, Rabbim yaqin va (duolarni) ijobat etuvchidir". (Ular) dedilar: "Ey, Solih! Bundan oldin umid qilinadigan kishi eding. (Endi) bizni bobolarimiz sig'inadigan narsalarga sig'inishimizdan man etasanmi? Biz sen da'vat etayotgan narsangdan shak shubhadamiz". (Solih) aytdi: "Ey, qavmim! (O'ylab) Ko'rdingizmi, mabodo Rabbim tomonidan hujjatim bo'lib, O'zi tomonidan rahmat (payg'ambarlik) bergan bo'lsa-yu, (men) Unga itoatsizlik qilsam, Alloh (jazosi)dan meni kim yordam beradi (qutqaradi)? Menga ziyondanboshqa(narsa)orttirmayapsizlar. Ey, qavmim! Mana bu - Allohning mo''jizali tuyasi. Bas, uni Allohning yerida o'tlab yurishiga qo'yib beringlar va unga biror yomonlik yetkazmangizlar. Aks holda sizlarni yaqin azob tutar". Bas, uni (tuyani) so'ydilar. (Solih) dedi: "Uylaringizda uch kun (hayotdan) bahramand bo'lib turingiz! Bu yolg'ondan tashqari va'dadir". Buyrug'imiz (azobimiz) kelgach, Solihni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan bo'lmish rahmat bilan (azobdan) va o'sha kunning sharmandaligidan xalos etdik. Albatta, Rabbingiz kuchli va qudratlidir! Zulm qilganlarni qichqiriq* tutdi. Bas, (ular o'z) uylarida murdaga aylandilar. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling