Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet64/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184
Bog'liq
Документ

zoh(a): Har bir toshga bir zolim ismi yozib qo'yilgan edi. Izoh(b): Ya'ni shunday azob Makka mushriklariga yoki har qanday zolimga ham yetishi mumkin.

  1. Madyan (qavmi)ga birodari Shuaybni (elchi - payg'ambar etib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. O'lchov va vazndan urib qolmangiz. Men sizlarni (hozircha) yaxshilik (farovonlik)da ko'rib turibman va men sizlarga (hammani) qamrab oluvchi kun (qiyomat)ning azobi (bo'lishi)dan qo'rqaman.


  1. Ey, qavmim! O'lchov va vaznni adolat bilan to'la beringiz! Odamlarning narsalarini urib qolmangiz va Yerda fasod ishlarini qilib, buzg'unchilik qilmangiz!"


  1. Agar mo'min bo'lsangiz (bilib qo'yingizki), Allohning (halol kasbdan) qoldirgani sizlar uchun yaxshidir. Men esa, sizlarga qo'riqchi emasman".

Izoh: Boylikni qo'riqchisi - bu halol kasb. Bu oyat bilan Alloh taolo halol mehnat, peshona teri bilan orttirilgan boylikning foydali ekani, haloldan topilgan boylikning barakali bo'lishi va uni qo'riqlashning ham hojati yo'qligiga ishorat qilmoqda.

  1. (Ular) dedilar: "Ey, Shuayb! Ota-bobolarimiz sig'inib kelayotgan narsa (ma'buda)larni tark etishimizga yoki mol-mulklarimizni qanday xohlasak, shunday boshqarishimiz (mumkin emasligi) haqida senga namozing buyruq beradimi? Axir, sen halim va to'g'ri eding-ku?!"


  1. (Shuayb) dedi: "Ey, qavmim? (O'ylab) ko'rdingizmi, agar (men) Rabbim tomonidan hujjatga ega bo'lsam va (U) meni yaxshi rizq bilan ta'minlagan bo'lsa (qanday qilib sizlarni yomon ishlardan qaytarmayin?). Men sizlarga muxoliflik qilib, sizlarni qaytarayotgan narsani o'zim qilishni istamayman. Islohdan o'zga hech narsani imkonim boricha xohlamasman. (Bunga) muvaffaq qilish esa Allohning ixtiyoridadir. Unga tavvakul etdim va Unga inobat qildim (ixtiyorimni topshirdim)


  1. Ey, qavmim? Menga xilof qilishingiz sizlarga Nuh qavmiga yo Hud qavmiga yoki Solih qavmiga yetganga o'xshagan balolar yetishiga olib kelmasin, tag'in! Lut ham sizlardan uzoq emas.


  1. Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz! Albatta, Rabbim rahmli va do'stlashuvchi zotdir".


  1. Dedilar: "Ey, Shuayb! Sening aytayotganlaringdan ko'pini anglamayapmiz va biz sening oramizdagi bir ojiz (inson) ekanligingni ko'rmoqdamiz. Agar qarindoshlaring bo'lmaganida, seni toshbo'ron qilgan bo'lur edik. Sen biz uchun aziz odam emassan. "

Izoh: Shuayb (a. s.)ning o'z qavmi ichida qarindoshlari ham bo'lgan. Ular payg'ambarni himoya qilishlari mumkin deb kofirlar hadiksirab turar edilar.

  1. (Shuayb) dedi: "Ey, qavmim! Sizlar uchun qarindoshlarim Allohdan ham azizroqmi? (Shuning) uchun Uni ortingizga (e'tiborsiz) tashlab qo'ydingizmi? Albatta, Rabbim qilmishlaringni qamrab oluvchidir.


  1. Ey, qavmim! Maqomingizda (e'tiqodingizda) turib ish qilaveringiz! Men ham ish qiluvchiman.

So'ngra kimga xor qiluvchi azob kelishi va kim yolg'onchi ekanini bilursiz. (Kutib) kuzatib turingiz! Men ham sizlar bilan birga kuzatuvchidirman".

  1. Amrimiz (azobimiz) kelganda esa, Shuaybga va u bilan birga imon keltirganlarga Bizdan (bo'lmish) rahmat sababli najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi. Bas, (ular) uylarida murdaga aylandilar.

Izoh: Jabroil (a. s.) qichqiriqlaridan halok bo'ldilar.

  1. Go'yo u yerda (oldin) yashamagandek (izlari o'chib ketdi). Ogohlaningki, Samud (qavmi)ga halokat yetgani kabi Madyan (qavmi)ga ham halokat yetsin!


  1. Darvoqe, Musoni oyatlarimiz va aniq hujjat (mo''jizali aso) bilan elchi qilib,


  1. Fir'avn va uning zodagonlari huzuriga yubordik. Ular esa, Fir'avnning buyrug'iga ergashdilar. Vaholanki, Fir'avnning buyrug'i to'g'ri emas edi.


  1. U (Fir'avn) qiyomat kuni (o'z) qavmini ergashtirib, ularni do'zaxga tushirur. (Ular) tushadigan yer qanday ham yomon yer?!


  1. Ularga ushbu (dunyo)da ham, qiyomat kunida ham la'nat yetkazilur. Berilgan "yordam" qanday ham yomon yordam?!


  1. Ana shu Biz Sizga (ey, Muhammad,) qissasini aytayotgan shaharlarning xabarlaridandir. Ulardan (hozirgacha) turgani va (yo'q bo'lib) bitgani bor.


  1. Ularga Biz zulm qilmadik, balki o'zlariga (o'zlari) zulm qildilar. Rabbingiz amri (azobi) kelganda esa, Allohni qo'yib sig'ingan (ma'buda)lari hech ham foyda bermadi va ularga ziyondan boshqa narsani orttirmadi.


  1. Aholisi zolim yurtlarni tutganda Rabbingizning tutishi shundaydir. Albatta, Uning tutishi alamli va shiddatlidir.


  1. Albatta, bunda oxirat azobidan ko'rqqanlar uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar to'planadigan va hozir bo'linadigan kundir.


  1. U (kun)ni faqat sanoqli muddatgachagina kechiktiramiz.


  1. (U) kelgan kuni hech bir jon (egasi) Uning ruxsatisiz gapirmas. Ular ichida baxtsiz ham, baxtli (insonlar) ham bo'lur.


  1. Bas, o'shanda baxtsiz bo'lganlar do'zaxda bo'lurlar va ular u yerda ingrab-hangrab tururlar


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling