Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet72/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Ibrohim (a. s.)ning katta xotinlari Sora tug'magandan keyin, Hojarga uylanadilar. U homilador bo'lgach,
Sora rashk qiladi. Bir rivoyatda Hojar tug'ishidan oldin, boshqa rivoyatda Ismoilni tuqqanidan keyin Ibrohim (a. s.) uni Makka vodiysiga eltib qo'yadilar. Demak, Ismoil (a. s.) Quds yoki Makkada tug'ilgan bo'ladilar. Har ikki rivoyat ham oyatga to'g'ri kelaveradi. Hojar bilan yosh Ismoilga birinchi navbatda suv kerak edi. Haq taolo o'z qudrati bilan jazirama vodiydan Zamzam bulog'ini oqizib qo'ydi.

  1. Ey, Rabbimiz! Sen bizlar yashirgan narsani ham, oshkor qilgan narsani ham bilursan. Alloh uchun Yerda ham, osmonda ham biror narsa maxfiy emasdir.


  1. Menga keksalikda Ismoil va Ishoqni bergan Allohga hamd bo'lsin. Albatta, Rabbim duoni eshituvchidir.


  1. Ey, Rabbim! Meni va zurriyotimdan (bo'lgan farzandlarimni) namozni mukammal ado etuvchi qilgin! Ey, Rabbimiz! Duoimni qabul et!


  1. Ey, Rabbimiz! Hisob (-kitob) qilinadigan (qiyomat) kuni meni, ota-onamni va (barcha) mo'minlarni mag'firat qilgin!"


  1. (Ey, Muhammad,) Siz zinhor zolim kimsalarning qilayotgan ishlaridan Allohni g'ofil, deb hisoblamang! Faqat Alloh ularni (jazolashni) ko'zlar (dahshatdan) qotib qoladigan (qo'rqinchli) kunga qoldirmoqda, xolos.

Izoh: Ko'zlar qo'rqinchdan qotib qoladigan kun - qiyomat kunidir.

  1. (U kuni) ular boshlarini (osmonga) ko'targan va (chorlangan tomonga) yugurgan holda (bo'lurlar). Ko'zlari (qotganicha) o'zlariga qaytmaydi. Yuraklari (dahshatdan) bo'm-bo'sh bo'lib qolur.

Izoh: Yuraklarida quvvat va shijoat qolmas.

  1. (Ey, Muhammad,) odamlarni ogohlantirib qo'yingki, ularga azob keladigan kuni (qiyomatda) zulm qilganlar: "Ey, Rabbimiz! Bizlarga ozgina muhlat bergin, Sening da'vatinga ijobat qilurmiz va payg'ambarlarga ergashurmiz", - deydilar. (Ularga shunday javob qilinur): "Ilgari (yorug' dunyoda) zavolga yuz tutmasligingiz (o'lmasligingiz) haqida qasam ichgan emasmidingiz?!


  1. Sizlar o'zlariga zulm qilganlarning maskanlariga (o'lganlaridan keyin) joylashgan edingizlar. Ularni qanday (halok) qilganimiz ham sizlarga aniq bo'lgan edi. Biz sizlar uchun misollar ham keltirgan edik. "


  1. Darhaqiqat, ular (Makka mushriklari) o'zlarining makrlarini qildilar. (Lekin) agar ularning makrlari sababli tog'lar yemirilib ketadigan bo'lsa-da, ularning (bu) makrlari Alloh huzurida (ma'lum)dir.


  1. (Ey, Muhammad), Allohni o'z payg'ambarlariga beradigan va'dasiga xilof qiluvchi, deb hisoblamang! Albatta, Alloh qudratli va intiqom (o'ch) oluvchidir.


  1. Bu Yer boshqa Yerga va osmonlar (o'zga osmonlarga) almashtiriladigan hamda (barcha odamlar) yolg'iz va g'olib Allohga ro'baro' bo'ladigan Kunda (qiyomatda intiqom oluvchi)dir.


  1. (Ey,Muhammad,) o'sha kuni jinoyatchilarni kishanlar bilan bog'langan hollarida ko'rursiz.


  1. Ularning kiyimlari qora moydan bo'lib, yuzlarini olov o'rab olur.


  1. Alloh har bir jonga qilmishiga yarasha jazo berish uchun (shunday qilur). Albatta, Alloh tez hisob (kitob) qiluvchidir.


  1. Bu (oyatlar) odamlar ogohlantirilishlari va (Alloh) yagona iloh ekanini bilishlari hamda aql egalari eslatma olishlari uchun bir bayonotdir.

HIJR SURASI
Hijr - Madina bilan Shom o'rtasidagi vodiy.
Surada payg'ambarlarga ishonmay, ularga muxoliflik qilgan ummatlarning halokati, Yeru osmon, quyosh, oy, shamol, suv kabi ne'matlarning hammasi inson xizmatida ekani, Odam (a. s.)ni loydan yasalganiga ta'na qilib, olovdan yaratilgan shaytonning unga sajda qilishdan bosh tortgani, Ibrohim, Lut, Shuayb, Solih (a. s.)larning qissalari va boshqa ma'lumotlar o'z ifodasini topgan.

  1. Alif, Lom, Ro. Ushbu (oyat)lar Kitob va aniq Qur'onning oyatlaridir.


  1. Kofir bo'lganlar hali (qiyomat kuni) musulmon bo'lishni istab qolurlar.


  1. (Ey, Muhammad,) ularga qo'yib bering, yesinlar, foydalansinlar va orzular ularni mashg'ul qilaversin. Bas, yaqinda (qilmishlarining oqibatini) bilib olurlar.


  1. Biror shahar (aholisi)ni uning uchun ma'lum muddat o'tmaguncha halok qilmaganmiz.


  1. Biror ummat o'z ajalidan ilgari keta olmaydi va (undan) kechikmaydi ham.


  1. Ular (Makka kofirlari Muhammadga) aytadilar: "Ey, zikr (Qur'on) nozil qilingan kishi, darhaqiqat, sen majnunsan.


  1. Agar (da'voingda) rostgo'ylardan bo'lsang, bizga farishtalarni keltirgin-chi?!".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling