Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet69/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Otasi, qarindoshlari hammasi Yusufni barhayot ekanini eshitib, shodlanib yo'lga tushdilar. Yusuf esa chegarada bir chodirda ularning kelishiga muntazir edi.

  1. Bas, qachonki, (yetib kelishib) Yusufning huzuriga (chodirga) kirganlarida, u o'zini otaonasining quchog'iga otdi va "Inshoalloh, Misrga tinch-omon kiringlar", - dedi.


  1. (Keyin, Misrga kirib Yusufning saroyiga kelganlaridan so'ng) u ota-onasini o'z taxtiga chiqardi va ular (ya'ni, ota-ona va akalari Yusufga) sajda qilgan hollarida yiqildilar. U dedi: "Ey, otajon, mana shu

(qirq yil) ilgari ko'rgan tushimning ta'biridir. Rabbim uni rost qildi. Darhaqiqat, u menga yaxshilik qildi - meni zindondan chiqardi, shayton men bilan akalarim orasini buzib ig'vo qilganidan keyin, mana sizlarni sahrodan (Misrga sog'-salomat holingizda) keltirdi. Albatta, Rabbim O'zi xohlagan narsani lutf bilan amalga oshiruvchidir. Albatta, Uning O'zigina bilim va hikmat sohibidir.

  1. Ey, Rabbim! Menga podshohlik ato etding, yana barcha gap (tush)larning ta'vil (ta'bir)laridan menga ta'lim berding. Ey, osmonlar va Yerni ijod etgan zot! Dunyoyu oxiratda O'zing egamdirsan. (Ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni solihlar (qatori)ga qo'shgin. "


  1. (Ey, Muhammad,) bu Biz Sizga vahiy qilayotgan g'ayb xabarlaridandir. (Chunki siz Yusufning akalari) makr-hiyla bilan o'zlarining ishlarini tuzib, ittifoq qilishayotgan paytlarida ularning huzurlarida yo'q edingiz.


  1. Odamlarning ko'plari, garchi Siz juda istasangiz-da, mo'min bo'lmaydilar.


  1. Siz ulardan bu (da'vatingiz) uchun biror ajr (haq) so'ramaysiz. U (Qur'on) faqatgina (barcha) olamlar uchun bir eslatmadir, xolos.


  1. Osmonlar va Yerda qanchadan-qancha alomatlar bordir. (Lekin) ular bu oyatlardan yuz o'girgan hollarida (beparvo) o'tib ketaveradilar.


  1. Ularning aksariyati Allohga faqat mushriklik hollaridagina "imon" keltiradilar.

Izoh: Ya'ni Allohning borligiga ishonchlari bo'laturib, Unga shirk keltirdilar.

  1. Yoki ular Allohning azobidan biror qamrab oluvchi (balo) kelib qolishidan yo to'satdan ular sezmagan hollarida qiyomat qoyim bo'lishidan xotirjammilar?!


  1. Ayting: "Mening yo'lim shu! Men va menga ergashganlar aniq hujjat bilan Allohga da'vat etamiz.

(Har qanday sherikdan) Allohni pok deb bilaman. (Zero,) men mushriklardan emasman".

  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizdan oldin ham faqat shahar ahllaridan bo'lgan kishilarni payg'ambar qilib, ularga vahiy yuborganmiz. Axir, (odamlar) yer yuzida sayohat qilib, o'zlaridan avvalgi (imonsiz) kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi? Taqvoli bo'lganlar uchun, shubhasiz, oxirat diyori (bu foniy dunyodan) yaxshiroqdir. Aql yurgizmaysizlarmi?!


  1. Har qachon (o'sha) payg'ambarlar noumid bo'lib: "Bizlar yolg'onchi qilindik", - deb gumon qila boshlaganlarida, ularga Bizning g'alabamiz (yordamimiz) kelib, Biz xohlagan kishilarga najot berilar edi. (Ammo) jinoyatchilar qavmidan Bizning azobimiz qaytarilmas!


  1. Darhaqiqat, ularning qissalarida aql egalari uchun (katta) ibrat bordir. (Ushbu Qur'on) to'qib chiqariladigan gap emas, balki o'zidan oldingi narsalarni (ya'ni, samoviy kitoblarni) tasdiq etuvchi, unga imon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni mufassal bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat (manbai bo'lgan bir Kitob)dir.

RA'D SURASI
Ra'd - momaqaldiroq. Bu nom berilishiga sabab surada hamma mavjudot, hatto momaqaldiroq ham Allohning sha'nini ulug'lab, Unga tasbeh aytib turishi haqida oyat borligidir. Surada imon- e'tiqod, haqiqat bilan botillik o'rtasidagi kurash, hayot va mamot, qiyomat hisoboti va boshqa ilohiy ko'rsatmalar misollar bilan bayon etilgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling