Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


O'N UCHINCHI JUZ' *************************


Download 0.71 Mb.
bet68/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184
Bog'liq
Документ

O'N UCHINCHI JUZ' *************************



  1. Nafsimni oqlamayman. Zero, nafs -agar Rabbim rahm aylamasa - faqat yomonlikka qistovchidir. Albatta, Rabbim kechirimli va rahmlidir".


  1. Shoh: "Keltiringlar uni huzurimga, uni o'zimga xos kishilardan qilib olay!" - dedi. U bilan so'zlashgach (shoh): "Sen bugun(dan boshlab) bizning huzurimizda martabali va ishonchli (shaxs)dirsan", - dedi.


  1. Yusuf) dedi: "Meni shu yerning xazinaboni qilib qo'y! Zero men saqlovchi va (tasarrufni) biluvchidirman".

Izoh: Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) shu oyatni o'qib aytgan ekanlar: "Alloh birodarim Yusufni rahmat qilsin, agar xazinabonlik lavozimini shoshilib o'zi so'ramaganda, bir yil kechiktirmasdan shu lavozim berilar edi".

  1. Shunday qilib, Yusufni (o'sha) yerning o'zi xohlagan joyida istiqomat qiladigan qilib quydik. Rahmatimizni O'zimiz xohlagan kishilarga yetkazurmiz va ezgu ish qiluvchilar mukofotini zoye qilmaydurmiz.


  1. Oxirat mukofoti esa, imon keltirgan va taqvoli bo'lganlar uchun yaxshidir.


  1. Yusufning birodarlari (Misrga) kelishib, uning huzuriga kirganlarida, ularni tanidi. Ular esa, uni tanimas edilar.


  1. Ularni sarmoyalari bilan jihozlagach, (Yusuf) dedi: "O'sha, ota bir inilaringizni mening huzurimga keltiringiz. Axir, men sizlarga yaxshi mezbonlik qilib, (donlarni) to'la holda o'lchab berayotganimni ko'rayapsizlarmi?


  1. Bas, agar uni mening huzurimga olib kelmasangizlar, u holda mening dargohimda -sizlar uchun o'lchanadigan narsa yo'qdir – menga yaqin kelmay qo'ya qolinglar"


  1. Ular: "Otasidan uni (bizga qo'shib yuborishni) so'raymiz. Albatta, bizlar (shunday) qiluvchimiz", - dedilar.


  1. (Yusuf o'zining tarozibon) yigitlariga: "Ularning, (donga almashtirish uchun) keltirgan narsalarini yuklarining ichiga (qaytarib) solib qo'yinglar. Shoyad uylariga qaytgan vaqtlarida, ularni tanib, yana qaytib kelsalar",-dedi.


  1. Otalarining oldiga qaytib kelishgach, dedilar: "Ey, ota, (bundan keyin) bizlarga o'lchov (oziq-ovqat) berilmaydigan bo'ldi. Biz bilan birga inimizni yuborgin, shunda o'lchab ola bilamiz. Bizlar, albatta, uni muhofaza qiluvchimiz".


  1. (Ya'qub) dedi: "Men uni sizlarga ilgari uning akasini ishonganimdek ishonayinmi?! (Lekin) Zotan, Alloh eng yaxshi saqlaguvchidir va U mehribonlarning mehribonrog'idir".


  1. (Olib kelgan) yuklarini ochib ko'rishgach, (almashtirib kelish uchun olib borgan) narsalarini o'zlariga qaytarilganini ko'rib, dedilar: "Ey, ota, mana narsalarimiz o'zimizga qaytarilibdi. (Yana) bizga nima kerak?! (Inimizni qo'shib yuborsang), yana oilamizga oziqovqat keltirurmiz, inimizni muhofaza qilurmiz va (uning uchun ham) bir tuya yukni ortiqroq olurmiz. Bu (misrlik xazinachi uchun) ozgina o'lchovdir".


  1. Ya'qub aytdi: "Uni (Binyaminni) mening oldimga keltirishingiz haqida Allohdan vasiqa keltirmaguningizga qadar (ya'ni, Alloh nomiga qasam ichmaguningizcha,) qurshovda qolishingiz bundan mustasno, uni sira sizlar bilan birga yubormasman". Unga vasiqalarini keltirishgach, (Ya'qub): "Bu aytayotgan gaplarimizga Alloh guvohdir", - dedi.


  1. (So'ng ularni safarga kuzatar ekan), aytdi: "Ey, o'g'illarim, (Misrga) bir darvozadan kirmanglar, balki turli xil darvozalardan kiringlar! Men sizlardan Allohning biror hukmini qaytara olmayman.

Hukm faqat Allohning izmidadir. Ungagina tavakkul qildim. Barcha tavakkul qiluvchilar (ham) Uning O'zigagina tavakkul qilsinlar!"

  1. Ularning otalari buyurgan taraflardan (Misrga) kirishlari ulardan Allohning biror hukmini qaytaruvchi emasdir. (Bu) faqat Ya'qubning dilidagi (farzandlariga nisbatan mehridan paydo bo'lgan) bir ehtiyoj bo'lib, u o'shani qondirgan edi, xolos. Zotan, u Biz (vahiy orqali) bergan ta'limimiz sababli (chuqur) bilim egasidir. Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar.


  1. Yusufning huzuriga kirganlarida, u inisini o'ziga tortib: "Men sening akangman. Endi ular (ya'ni, akalarimiz) qilayotgan narsa (hasad-adovatlari)dan g'amgin bo'lmagin", - dedi.


  1. Bas, ularning hojatlarini ravo qilgach, inisining yuki orasiga (bildirmay) bir qadahni solib qo'ydi. So'ngra jarchi: "Ey karvon (egalari), sizlar o'g'ridirsizlar", - deb jar soldi


  1. Ular kelishgach: "Nima yo'qotdingizlar?", - dedilar.


  1. (Jarchilardan biri) aytdi: "Podshohning qadahini yo'qotdik. Uni topib keltirgan kishiga bir tuya yuk (mukofotdir). Men shunga kafilman".


  1. Ular dedilar: "Allohga qasamki, bizlar bu yerga buzg'unchilik qilish uchun kelmaganimizni bilasizlar-ku! (Bizlar) o'g'ri emasmiz".


  1. "Agar yolg'onchi bo'lsangizlar, (o'g'rining) jazosi nima bo'lur?"- so'rashdi (jarchilar).


  1. Ular dedilar: "Uning jazosi, kimning yuki orasidan topilsa, o'sha kimsa jazolanur. Bizlar zulm (o'g'rilik) qiluvchi kimsalarni mana shunday jazolaymiz".


  1. Bas, (Yusufning xizmatkori axtarishni) uning birodari (Binyamin)ning idishidan oldin ularning (ya'ni, akalarining) idishlaridan boshladi. So'ngra uni ukasi idishidan "topib" chiqardi. Biz Yusufga mana shunday hiyla (tadbir)ni qildik (bildirdik). (Chunki) podshohning dinida o'z birodarini - Alloh xohlamasa - (boshqa yo'l bilan) olib qola olmas edi. Biz (o'zimiz) xohlagan kishilarning darajalarini ko'tarurmiz. Har bir ilm egasining ustida (undan) bilimdonroq (olim) bordir.


  1. Ular: "Agar bu (Binyamin) o'g'rilik qilgan bo'lsa (qilgandir, chunki) ilgari uning akasi ham o'g'rilik qilgan edi", - dedilar. Bas, Yusuf bu gapni ichiga solib, ularga bildirmadi va "Sizlar yomon (tuban) martabadadirsizlar. Alloh sizlarning "vasflaringizni" yaxshi biluvchidir", - dedi.


  1. Ular dedilar: "Ey, aziz, uning bir keksa otasi bor. Sen uning (Binyaminning) o'rniga bizlardan birimizni olib qolgin. Bizlar sening ezgu ishlarni qiluvchi zotlardan ekaningni ko'rmoqdamiz".


  1. (Yusuf) aytdi: "Narsamizni idishidan topib olgan kimsadan o'zgani olib qolishdan Alloh saqlasin! Aks holda biz zolim kimsalardan bo'lib qolurmiz".


  1. Undan umidlari uzilgach, (og'a-inilar) bir chetga chiqib shivirlashdilar. Ularning kattalari aytdi: "Otalaringiz sizlarning zimmangizga Allohdan vasiqa olib qolganini bilmay qoldingizmi?! Ilgari Yusuf to'g'risida ham shunday sustkashlik qilgan edinglar. Bas, to otam menga izn bermagunicha yoki Alloh men uchun (biror) hukm qilmagunicha mana shu yerdan sira jilmayman. U (Alloh) hukm qiluvchilarning yaxshirog'idir.


  1. Sizlar otalaringiz oldiga qaytib, aytinglar: "Ey, ota, o'g'ling o'g'rilik qildi. Bizlar faqat bilgan narsamizga guvohlik bermoqdamiz. (Oldin va'da qilganimizda) g'aybni (ya'ni, kelajakda nima bo'lishini) esa, biluvchi emasmiz.


  1. Biz bo'lib qaytgan shahar (ahli)dan va birga ketgan karvondan so'ragin. Albatta, bizlar rost so'zlovchilarmiz".


  1. (Ya'qub) dedi: "Yo'q! Sizlarga havoyinafsingiz (yomon) ishni chiroyli qilib ko'rsatgan. Endi (mening ishim) chiroyli sabrdir. Shoyadki, Alloh ularning (Yusuf, Binyamin va katta o'g'limning) barchalarini (bag'rimga) qaytarsa. Albatta, U bilim va hikmat sohibidir".


  1. Keyin ulardan yuz o'girib: "Esizgina Yusuf!" dedi. G'am-g'ussadan uning ko'zlari oqarib (ojiz bo'lib) qoldi va u endi hazindir.


  1. (Shunda o'g'illari): "Alloh haqqi, to chala o'lik bo'lib qolguningcha yoki (bir yo'la) halok bo'lguningcha, Yusufni eslayverar ekansanda?!" - dedilar.


  1. U aytdi: "Men g'am va tashvishlarimdan yolg'iz Allohgagina shikoyat qilaman va men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman".


  1. "Ey, o'g'illarim, boringlar, Yusuf va uning ukasini izlanglar va Allohning rahmatidan noumid bo'lmanglar. Zero, Allohning rahmatidan faqat kofirlar qavmigina noumid bo'lur".


  1. (Ular bor bisotlarini olishib, yana Misr tomonga ravona bo'lishdi). (Yusufning) huzuriga kirishgach, dedilar: "Ey, aziz zot, bizni va ahlu oilamizni ocharchilik tutdi. Bizlar (bu safar) o'tmas matohlarni olib keldik. Bizlarga o'lchov (oziq-ovqat)ni to'la bergin va bizlarga xayr-sadaqa qilgin. Alloh, albatta, sadaqa beruvchilarni mukofotlagay".


  1. (Yusuf) dedi: "Jaholatda bo'lgan paytingizda Yusuf va uning ukasiga nima ishlar qilganingizni bilasizlarmi?"


  1. Ular: "Sen o'sha Yusufmisan?" - deb so'radilar. U: "Ha, men Yusufman, bu esa ukamdir. Alloh bizga marhamat ko'rsatdi. Darhaqiqat, kimda-kim Allohdan qo'rqib, sabr qilsa, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilarning mukofotini zoye qilmas", - dedi.


  1. Ular dedilar: "Allohga qasamki, Alloh seni bizlardan afzal qilibdi. Bizlar esa, haqiqatan, xatoga ketganlardan bo'ldik".


  1. U dedi: "Bu kun sizlarga ayblov yo'q. Alloh sizlarni mag'firat qilgay. U rahm qiluvchilarning rahmlirog'idir".


  1. "Sizlar mana bu ko'ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, shunda uning ko'zlari sog'ayur. So'ng barcha ahlu oilalaringiz bilan birga mening oldimga kelinglar".


  1. Karvon (Misrdan) chiqishi bilan otalari (Ya'qub o'z huzuridagi kishilarga): "Men Yusufning bo'yini sezmoqdaman. Meni aqldan ozganga chiqarmasangizlar edi", - dedi.


  1. (Ular) aytdilar: "Allohga qasamki, sen (hali ham) o'sha eski xatoyingda turibsan".


  1. Bas, xushxabarchi kelib, uni (ko'ylakni Ya'qubning) yuziga tashlagach, u ko'radigan bo'lib qoldi. "Sizlarga men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman, demaganmidim", - dedi u.


  1. Ular dedilar: "Ey, ota, (Allohdan) bizlarning gunohlarimizni mag'firat qilishini so'ragin. Albatta, bizlar xato qiluvchilardan bo'ldik".


  1. U aytdi: "Albatta, Rabbimdan sizlarni mag'firat qilishini so'rayman. Albatta, mag'firat qiluvchi va mehribon zot Udir".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling