Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet76/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu oyat nozil qilingan paytda hanuz aroq shar'an man etilmagan edi.

  1. (Ey, Muhammad!) Rabbingiz asalarilarga vahiy (bo'yruq) qildi: "Tog'larga, daraxtlarga va (odamlar) quradigan narsalarga in quringiz.


  1. So'ngra turli mevalardan yeb, Parvardigoringiz (siz uchun) qulay qilib qo'ygan yo'llardan yuringiz!" Ularning qorinlaridan odamlar uchun shifo bo'lgan turli rangdagi sharbat (asal) chiqur. Albatta, bunda fikr yuritadigan qavm uchun alomat bordir.


  1. Sizlarni Alloh yaratdi. So'ngra vafot etdiradi ham. Sizlarning orangizda eng tuban umr ko'rishga (keksayib, zaif holatga) qaytarilib, ilgari bilgan narsalarining hech birini bilmay qoladigan kishilar ham bordir. Albatta, Alloh bilimli va qudratlidir.

Izoh: Islomda oyat va hadis matnidan olingan "arzalul-umr" degan ibora bor. Ya'ni, eng tuban umr, qarib qartaygan yosh. Shu necha yoshdan boshlanadi, degan masalada turli tafsirlar bor: birida 60 dan desa, boshqasida 75 dan, yana bir rivoyatda 80 dan, boshqasida 90 dan keyin boshlanadi, deyiladi.

  1. Alloh ba'zilaringizdan ba'zilaringizni rizqda yuqori qilib qo'ydi. Bas, bu (rizqda) yuqori qilinganlar o'zlarining rizqlarini qo'l ostidagi (qul)lariga bermaydilarki, barchalari (rizqda) barobar bo'lib olsalar. Bas, Allohning ne'matini inkor eturlarmi?!


  1. Alloh sizlar uchun o'zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun o'g'illar va nabiralar paydo qildi va sizlarni pok narsalardan rizqlantiradi. Bas, (ular) botil (butlar)ga imon keltirib, Allohning ne'matini inkor eturlarmi?!

Izoh: O'zlaringizdan, ya'ni, inson jinsidan. Bu oyatda ishorat borki, juftlarimizning jinlardan yoki farishtalardan bo'lmay, o'z jinsimiz - odamzotdan bo'lishi ham ulug' ne'mat ekan.

  1. Allohni qo'yib, ular uchun osmonlar va yerdan biror narsani rizq qilib bermaydigan va bera olmaydigan (but)larga sig'inadilarmi?!


  1. Bas, Allohga (zarbul) masal to'qimanglar! Albatta, Alloh bilur, sizlar bilmaysizlar.


  1. Alloh shunday bir misol keltirur: hech narsaga kuchi yetmaydigan qaram qul bilan Biz o'z tarafimizdan yaxshigina rizq berib, o'sha rizqdan yashirin va oshkora ehson qilayotgan (hur) kishi barobar bo'ladimi? Hamd Allohga (xos)dir. Lekin ularning aksariyati (buni) bilmaydilar.

Izoh: Ya'ni harakatsiz, jonsiz but-sanamlar bilan butun koinot yaratuvchisi Alloh teng bo'lurmi?!

  1. Alloh yana ikki kishi haqida misol keltirur: ulardan biri hech narsaga kuchi yetmaydigan soqovdir. U egasiga (ortiqcha) yuk bo'lib (xojasi) uni qayerga yuborsa, biror yaxshilik (foyda) keltirmaydi. O'sha kimsa bilan o'zi To'g'ri yo'lda bo'lgani holda, (o'zgalarni ham) adolatga buyuradigan kishi barobar bo'lurmi?!

Izoh: Bu misolda ham but-sanamlar bilan Alloh taolo teng emasligi ta'kidlanmoqda.

  1. Osmonlar va Yerning g'ayb (ilm)i Allohga xosdir. Qiyomat ishi (qoyim bo'lishi) ko'zni ochib-yumish yoki undan ham yaqinroqdir. Darhaqiqat, Alloh hamma narsaga qodirdir.


  1. Alloh sizlarni onalaringiz qorinlaridan biror narsani bilmaydigan holingizda chiqardi va shukr qilishingiz uchun sizlarga quloq, ko'zlar va dillarni berdi.


  1. Osmon fazosida (uchishga) bo'yin sundirilgan qushlarga boqmaydilarmi?! Ularni faqat Alloh tutib turibdi-ku! Albatta, bunda imon keltiradigan qavm uchun alomatlar bordir.


  1. Alloh sizlar uchun uylaringizni oromgoh qildi va sizlar uchun chorva hayvonlarining terilaridan ko'chadigan kuningizda va qo'nadigan kuningizda yengil ko'tarib keta oladigan ovullar (bunyod) etdi hamda (qo'ylarning) junlaridan, (tuyalarning) yunglaridan va (echkilarning) tivitlaridan ma'lum bir vaqtga qadar foydalaniladigan jihoz va matohlar (yaratdi).


  1. Alloh sizlar uchun o'zi yaratgan narsalardan soya joylar (bunyod) etdi va sizlar uchun tog'lardan boshpanalar qildi hamda sizlar uchun issiq (va sovuq)dan asraydigan kiyimlar va sizlarni (turli) xavfdan saqlaydigan sovutlar yaratdi. (Imon keltirib) musulmon bo'lursizlar, deb sizlarga o'z ne'matini U mana shunday komil qilib berur.


  1. (Ey, Muhammad,) agar ular (Sizdan) yuz o'girsalar, u holda Sizning zimmangizda faqat (haqiqatni) ravshan qilib yetkazish bor, xolos.


  1. (Ular) Allohning ne'matini taniydilar, keyin esa uni inkor etadilar. Ularning aksariyati kofirlardir.


  1. Har bir ummatdan Biz bir guvohni (o'sha ummatning payg'ambarini) keltirib qo'yadigan kunni eslang! So'ngra kofir bo'lganlarga (uzr aytish uchun) izn berilmas hamda ulardan (Allohni) rozi qilish ham talab qilinmas.


  1. Zulm qilganlar azobni ko'rganlarida (ya'ni, qiyomatda) ulardan (u azob) yengillatilmas va ularga muhlat ham berilmas.


  1. (O'sha kuni) mushrik bo'lgan kimsalar o'zlarining keltirgan shirklarini ko'rgan vaqtlarida: "Ey, Rabbimiz! Anavilar Bizlar Seni qo'yib, sig'ingan ilohlarimiz", - deganlarida, (butlar bunga javoban): "Sizlar, haqiqatan, yolg'onchidirsizlar", - deb gap qoturlar.


  1. Ular u Kunda Allohga (o'zlarini) taslim qilurlar va o'zlari to'qib olgan ("iloh")lari esa ulardan g'oyib bo'lur.


  1. Kufrda bo'lgan va (odamlarni) Alloh yo'lidan to'sgan kimsalarga buzg'unchilik qilganlari sababli azob ustiga azobni ziyoda qilurmiz.


  1. Har bir ummat ichidan o'zlari uchun o'zlaridan bir guvohni (ya'ni, payg'ambarni) keltiradigan kunimizni eslang! Sizni esa (Ey, Muhammad), ana ular (o'z ummatingiz)ga guvoh qilib keltirurmiz. Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bo'lgan Kitob (Qur'on)ni nozil qildik.


  1. Albatta, Alloh adolatga, ezgu ishlarga va qarindoshga yaxshilik qilishga buyurar hamda buzuqchilik, yovuz ishlar va zulmdan qaytarur. (U) eslatma olursizlar, deb sizlarga nasihat qilur.


  1. Ahdlashganingizda, Allohga bergan ahdingizga vafo qilingiz! Allohni kafil qilib ichgan qasamlaringizni (Alloh nomi bilan) mustahkam qilganingizdan keyin buzmangiz! Albatta, Alloh qilayotgan ishlaringizni bilur.


  1. Sizlar bir jamoa boshqa bir jamoadan (son yo boylik jihatidan) ortiqroq bo'lgani uchun qasamlaringizni (buzib) uni aldov vositasi qilishingiz bilan xuddi o'zi to'qigan narsasini puxta bo'lganidan so'ng parchalab buzib tashlagan ayolga o'xshab qolmangiz! Albatta, Alloh bu bilan sizlarni sinab ko'rar va albatta, qiyomat kunida sizlarga ixtilof qilib yurgan narsalaringizni bayon (ajrim) qilib berur.


  1. Agar Alloh xohlaganida, albatta, sizlarni bir ummat qilgan bo'lur edi. Lekin, U, o'zi xohlagan kimsalarni yo'ldan ozdirur va o'zi hohlagan kishilarni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur. Albatta, qilib o'tgan amallaringizdan so'ralursizlar.


  1. Qasamlaringizni o'zaro aldov vositasi qilib olmangiz! Aks holda (Islom yo'lida) mahkam o'rnashgan oyoq toyib ketur va Alloh yo'lidan to'sganingiz sababli yomonlik (balo va musibatlar)ni totib qolursizlar hamda (oxiratda) sizlar uchun ulkan azob bordir.


  1. Allohning ahdini ozgina qiymatga sotib yubormangiz! Agar bilsangizlar, albatta, Alloh dargohidagi narsa (ajr-savob) sizlar uchun (dunyo matohlaridan) yaxshiroqdir.


  1. Sizlarning huzurlaringizdagi narsa(lar) tugab ketur. Alloh dargohidagi narsa(lar) esa boqiydir. Biz, albatta, sabr etganlarni o'zlari qilib o'tgan amallarining chiroylilari barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz.


  1. Erkakmi yo ayolmi - kimda-kim mo'min bo'lgan holida biror ezgu ish qilsa, bas, Biz unga pok hayot baxsh eturmiz va ularni o'zlari qilib o'tgan amallarining chiroyligi barobaridagi mukofot bilan taqdirlaymiz.


  1. Qachonki, Qur'on o'qisangiz, albatta, quvg'in etilgan shayton (vasvasasi)dan Alloh panoh berishini so'rangiz!


  1. Albatta, imon keltirgan va faqat Parvardigorlariga tavakkul qiladiganlar ustidan u (shayton) uchun hech qanday saltanat (hukmronlik) yo'qdir.


  1. Uning hukmronligi faqat uni do'st tutib, Unga shirk keltiruvchilar ustidandir.


  1. Qachonki, (Biz) bir oyat o'rniga boshqa bir oyatni almashtirsak, - holbuki, Alloh o'zi nozil qiladigan oyatlarni yaxshi biluvchidir - ular (payg'ambarga): "Haqiqatan, sen o'zing to'qib oluvchisan", - deydilar! Yo'q! Ularning ko'plari (buning hikmatini) bilmaydilar!


  1. (Ey, Muhammad! Ularga) uni (ya'ni, Qur'onni) Ruhul-Qudus (Jabroil) Rabbingiz (tarafi)dan imon keltirganlarni (dinda) sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va bashorat bo'lgan holida barhaq nozil qilganini ayting!.


  1. Aniqki, (Biz) ularning: "Unga (Muhammadga Qur'onni) biror odam o'rgatmoqda", - deyayotganlarini bilurmiz. (Lekin) ular ishora qilayotgan kimsaning tili ajamiy (arabiy emas), bu (Qur'on) esa aniq arabiydir.

Izoh: Payg'ambarimiz (a. s.) bir ajam, ya'ni arab bo'lmagan kishiga uning tilida Islomdan ta'lim berayotganini ko'rgan mushriklar "Muhammad Qur'onni balki shu odamdan o'rganib, bizga o'qib berayotgandir", - degan tuhmatni qilishganda, Alloh taolo "Sizlar aytayotgan odam ajam bo'lsa, Qur'on tili xolis arabiy bo'lsa, qanday qilib ajam Payg'ambarga bu kabi mo''jiza Qur'ondan ta'lim bera oladi?!" - deb raddiya bildirishmoqda.

  1. Albatta, Allohning oyatlariga imon keltirmaydiganlarni Alloh hidoyat qilmas. Ular uchun alamli azob bordir.


  1. Yolg'on so'zlarni faqat Alloh oyatlariga imon keltirmaydiganlargina to'qurlar. Aynan o'shalarning o'zlari yolg'onchilardir.


  1. Kim Allohga imon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir bo'lsa (holiga voy!) Lekin kimning qalbi imon bilan xotirjam holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, u mustasnodir. Ammo kimki ko'ngilni kufrga ochsa, bas, u (kabi)larga Alloh (tomoni)dan g'azab va ulkan azob bordir!

Izoh: Bu oyatlar imon yo'lida zahmat chekkan Ammor ibn G'sir to'g'risida nozil qilingan. Uni Islom dinidan qaytarish maqsadida qattiq qiynaganlar va Hubal ismli butga imon keltirsang qo'yib yuboramiz deganda, jonini saqlab qolish uchun ularning talabini bajargan. So'ng Rasul (a. s.) huzurlariga yig'lab borib: "Endi mening imonim nima bo'ldi?" - deb so'ganida, janob: "Agar dilingni imon bilan mustahkam qilib turib faqat tiling bilangina aytgan bo'lsang zarari yo'q", - deb marhamat qilganlar.

  1. Bu (azob-uqubatlar)ga sabab ularning dunyo hayotini oxiratdan afzal bilishlari va Allohning kofirlar qavmini hidoyat qilmasligidir.


  1. Ana o'shalar dillarini, quloqlarini va ko'zlarini Alloh muhrlab qo'ygan kishilardir va ana o'shalar g'ofillardir.


  1. Shak yo'qki, oxiratda ziyon ko'ruvchilar ham o'shalardir.


  1. So'ngra, albatta, Rabbingiz, fitnalarga duchor bo'lganlaridan keyin (Makkadan Madinaga) hijrat qilgan, so'ng (Alloh yo'lida) jihod qilib, (mashaqqatlarga) sabr qilgan zotlar uchun, albatta, Rabbingiz shulardan keyin (ularni) mag'firat qiluvchi va rahm etuvchidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling