Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet78/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184
Bog'liq
Документ

O’N BESHINCHI JUZ’


*************************
AL-ISRO SURASI
Isro - tunda sayr qildirish. Bu Islom tarixida mashhur hodisa bo'lib, Muhammad (a. s.) ning hijratdan bir yil oldin Makkadagi Masjidi Harom (Ka'ba)dan Qudsi sharifdagi Masjidi Aqsoga bir zumda sayr qilib yetib borishlari bilan izohlanadi. Surada Isroil avlodi haqida ham muhim tarixiy ma'lumotlar beriladi. Shuning uchun uni Bani Isroil surasi deb ham ataladi. Tavhid, imon, e'tiqod, ibodat, solih amallar, ota-onani rozi qilish kabi fazilatlarga targ'ib bilan bir qatorda shirk, kufr, ma'siyat, zulm kabi yomon sifatlardan xoli bo'lishga da'vat etuvchi oyatlar suradan joy olgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (O'z) bandasi (Muhammad)ga mo''jizalarimizdan ko'rsatish uchun tunda, (Makkadagi) MasjidulHaromdan (Qudsdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo'ygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan zot tasbeh aytishga (loyiqdir). Darhaqiqat, U eshituvchi va ko'ruvchidir.

Izoh: Isro bilan me'rojning bir-biridan farqlash lozim. Isro - bu Muhammad (a. s.) ning Makkadan Qudsga - Aqso masjidiga borishlari. Me'roj Aqsodan osmonga ko'tarilib samoviy sayr qilib qaytganliklaridir. Shu me'roj kechasida musulmonlar zimmasiga besh vaqt namoz o'qish farz qilingan. Isro va me'roj kechasi har yili hijriy taqvim bo'yicha rajab oyining 27-kechasi diniy bayram sifatida nishonlanadi.

  1. (Biz) Musoga Kitob (Tavrot)ni ato etdik va uni Isroil avlodi uchun hidoyat qilib (dedik): "Mendan o'zgani vakil qilib olmanglar!"


  1. "(Ey,) Biz (g'arq bo'lishdan qutqarib,) Nuh bilan birga (kemada) ko'tarib najot bergan kishilarning zurriyotlari! Albatta, u ko'p shukr qiluvchi banda edi".


  1. Shuningdek, Biz Isroil avlodiga Kitobda: "Sizlar, albatta, (Shomdek) zaminda ikki marta buzg'unchilik qilursizlar va katta tug'yonga ketursizlar", - deb xabar berdik.


  1. Bas, qachonki, u (buzg'unchilik)lardan avvalgisining belgilangan vaqti kelganida, sizlarning ustingizga (jazolash uchun) kuch-quvvatga ega bo'lgan bandalarimizni yubordik. Ular hovlima-hovli kezdilar. (Bu va'da) ado etiluvchi va'da edi.

Izoh: Ular Shom zaminida mazkur ikki buzg'unchilikdan birinchisiga qo'lurib, Armiyo payg'ambarni hibs, Zakariyoni qatl qilganlaridan keyin Allohning irodasi bilan ularni ustiga Bobil hukmdori mashhur mushrik Buxtinassirning qo'shinlari bostirib keladi va yurtni vayron qilib, Tavrotni kuydirib, 70000 nafar xalqini qirib tashlaydi. Boshqa rivoyatlarda Buxtinassir o'rniga Jolut yoki Naynavo hukmdori Sanjorib edi, deyiladi.

  1. So'ngra (tavba qilganlaringizdan keyin) ularning (Bobil hukmdorining) ustidan g'alabani sizlarga qaytardik va sizlarga mol-dunyo va farzandlar bilan madad berib, adadingizni ko'paytirdik.


  1. Agar (shundan keyin) ezgu ish qilsangizlar - o'zlaringizga ezgulik qilgan bo'lursizlar. Agar yovuzlik qilsangizlar ham o'zlaringiz uchundir. Bas, qachon keyingi (buzg'unchilikning) belgilangan vaqti kelganida, (ular yana) yuzlaringizni shuvut qilishlari, oldingi safar kirganlari kabi Masjid (BaytulMaqdis)ga kirib, (uni toptashlari) uchun hamda o'zlari egallab olgan (barcha) yerlarni vayron etishlari uchun (dushmanlaringizni yana ustingizga yuborurmiz).


  1. (Agar tavba qilsangizlar), shoyad Rabbingiz sizlarga rahm qilsa. Agar (yana buzg'unchilikka) qaytsangizlar, biz ham (halok etishga) qayturmiz. Kofirlar uchun esa jahannamni zindon qilib qo'yganmiz.


  1. Albatta, bu Qur'on eng to'g'ri yo'lga hidoyat etur va ezgu ishlarni qiladigan mo'minlarga katta mukofot borligi (haqida) bashorat berur.


  1. Shuningdek, oxiratga ishonmaydiganlar uchun alamli azob tayyorlab qo'yganimizni(ng) ham ("bashorati"ni berur).


  1. Inson (Allohdan) yaxshilik so'rab duo qilgani kabi (goho siqilgan paytlarida) yomonlik tilab ham duo qilur. Inson (mana shunday) shoshqaloqdir.


  1. Biz kecha va kunduzni (qudratimizni ko'rsatib turadigan) ikki belgi qilib qo'ydik. Kechaning belgisini o'chirdik. Kunduz alomatini esa, Rabbingizdan fazl (rizq) istashlaringiz uchun hamda yillar sanog'ini va hisobini bilishlaringiz uchun yorug'lik qilib qo'ydik. Barcha narsani batafsil bayon qilib qo'yganmiz.


  1. Biz har bir insonning amalini bo'yniga kilib qo'ygandirmiz. Qiyomat kunida unga ochiq holda uchratadigan kitobni (Nomai a'molini) chiqarib berurmiz.


  1. (Unga aytilur): "Kitobingni o'qi! Bugun o'z shaxsing o'zingga qarshi yetarli hisobchidir".


  1. Kim hidoyat yo'liga yursa, bas, o'zi uchun yurar. Kim (hidoyat) yo'lidan chalg'isa, u ham o'z ziyoniga chalg'ir. Hech bir (yuk) ko'taruvchi (gunohkor shaxs) o'zga jonning yukini (gunohini) ko'tarmas. To payg'ambar yubormagunimizcha (biror kimsani) azoblovchi bo'lmadik.


  1. Biror shaharni halok qilishni istasak, undagi maishat ahlini (itoat etishga) buyuramiz va ular itoatsizlik qilishgach, u shahar (aholisi) ustiga (azob haqidagi) so'z muqarrar bo'lur. Bas, biz uni vayronaga aylantirurmiz.


  1. Nuh (qavmi)dan keyin ham qancha avlodlarni halok qildik. Rabbingiz o'z bandalarining gunohlaridan yetarli xabardor va ko'ruvchidir.


  1. Kimki naqd (dunyo)ni istasa, Biz (shu dunyoda) O'zimiz istagan kimsalarga xohlaganimizcha naqd qilib berurmiz. So'ngra (oxiratda) jahannamni xor va zor bo'lgan holida toblanadigan joy qilib berurmiz.


  1. Kimki oxiratni istasa va mo'minlik holida (o'z) sa'yi bilan harakat qilsa, bas, unday zotlarni sa'ylari (Alloh nazdida) manzurdir.


  1. (Ey, Muhammad,) barchaga - mana bu (mo'min)larga ham, anavi (kofir)larga ham Rabbingizning ne'matidan ato eturmiz. Rabbingizning ne'mati (hech kimdan) man qilinmas.


  1. (Bu dunyoda) ularning birlaridan birlarini (rizq va martabada) qanday ustun qilganimizni ko'ring! Shak yo'qki, oxirat darajalari kattaroq va afzalroqdir.


  1. Allohga yana biror "iloh"ni qo'sha ko'rmang! Aks holda qoralanuvchi va mahrum bo'lib qolursiz!


  1. Rabbingiz, Uning O'zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. Ey, inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga "uf" demagin va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so'z ayt!


  1. Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik aanotini past tut va (duoda): "Ey, Rabbim! Meni (ular) go'daklik chog'imda tarbiyalaganlaridek, Sen ham ularga rahm qilgin", - deb ayt!


  1. (Ey, insonlar,) Rabbingiz dillaringizdagi narsa (sir)laringizni yaxshi biluvchidir. Agar sizlar solih bo'lsangizlar, albatta, U tavba qiluvchilarni mag'firat etuvchidir.


  1. Qarindoshga, miskin va yo'lovchiga (xayr ehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka mutlaqo yo'l qo'ymang!


  1. Chunki, isrofgarlar shaytonlarning birodarlaridir. Shayton esa Parvardigoriga o'ta noshukr edi.


  1. Agar siz Rabbingiz (tomoni)dan bo'ladigan marhamatdan umidvor holingizda ulardan (qarindosh, miskin va yo'lovchilardan) yuz o'giradigan (yordam bermaydigan) bo'lsangiz, u holda ularga yumshoq so'z ayting!


  1. (Baxillik qilib) qo'lingizni bo'yningizga bog'lab ham olmang. (Isrofgarchilik qilish bilan) uni butunlay yoyib ham yubormang! Aks holda, malomat va mahrumlikda qolursiz.


  1. Shubhasiz, Rabbingiz O'zi xohlagan kishilarning rizqini keng ham, tang ham qilur. Albatta, U bandalaridan ogoh va (ularni) ko'rib turuvchi zotdir.


  1. (Ey, insonlar), bolalaringizni qashshoqlikdan qo'rqib o'ldirmangizlar - ularga ham, sizlarga ham Biz rizq berurmiz. Ularni o'ldirish, shubhasiz, katta xatodir.


  1. Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki u buzuqlik va yomon yo'ldir.


  1. Alloh taqiqlagan jonni o'ldirmangiz, magar haq (shar'iy sabab) bilangina mumkin. Kimki zulman (ya'ni, nohaq) o'ldirilsa, Biz uning egasi (vorisi) uchun (qasos olishga) saltanat (huquq) berdik. Bas, u (qotilni) o'ldirishda haddan oshmasin! Zero, u yordam beriluvchi shaxsdir.

Izoh: Qasosda qotilni o'ldiriladi, lekin shu oliy jazoni adolatli ijro etish talab qilinadi. Masalan, botil qolib, boshqa shaxsni o'ldirmaslik, bir qotil evaziga bittadan ortiq kishini o'ldirmaslik yoki jazo asnosida jazolanuvchiga g'ayri insoniy qiynovlar bermaslik shart qilinadi.

  1. Yetimning moliga, to u voyaga yetgunicha, yaqinlashmanglar, illo chiroyli yo'sinda bo'lsa mayli. Ahdga vafo qilinglar! Zero, ahd (Qiyomat kuni) so'raladigan ishdir.


  1. (Savdo-sotiqda) o'lchagan vaqtlaringizda o'lchovni to'lato'kis qilinglar va to'g'ri tarozida tortinglar! Mana shu yaxshi va chiroyli yechim (hukm)dir.


  1. (Ey, inson), o'zing (aniq) bilmagan narsaga ergashma! Chunki quloq, ko'z, dil – bularning barchasi to'g'risida (har bir inson) mas'ul bo'lur (javob berur).


  1. Yer yuzida kibrlanib yurmagin! Chunki sen (oyoqlaring bilan) zinhor yerni tesha olmaysan va uzunlikda tog'larga yeta olmaysan.


  1. Bularning barchasi Rabbingiz nazdida makruh bo'lgan gunoh(lar)dir.


  1. (Ey, Muhammad), bu (oyatlar) Rabbingizning Sizga vahiy qilgan hikmatlaridan (ba'zilari)dir. Allohga boshqa biror "iloh"ni nisbat bermang! Aks holda malomatlangan va (Alloh rahmatidan) mahrum bo'lgan holda jahannamga tashlanursiz.


  1. (Ey, mushriklar), Rabbingiz sizlarni o'g'illar bilan mumtoz etib, (O'ziga) farishtalarni qiz qilib olibdimi?! Darhaqiqat, sizlar og'ir so'zni so'zlamoqdasiz!


  1. Albatta, bu Qur'onda ularning eslatma olishlari uchun (turli masal va hikmatlarni) bayon qildik. (Lekin bu eslatmalar) ularni yanada (haqdan) yiroqlashtirmoqda.


  1. Ayting: "Agar ular aytganlaridek Alloh bilan birga (boshqa) ilohlar ham bo'lsa edi, u holda ular Arsh sohibi (Alloh) sari yo'l izlagan bo'lur edilar".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling