Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Ya'ni farishtalar kelib, payg'ambarligingga guvohlik bersinlar yoki bizni jazolasinlar.
Biz esa farishtalarni faqat haq (hikmat) bilangina tushirurmiz va bu holda ular (kofirlar)ni kutib turilmas (halok qilinurlar). Albatta, bu zikrni (ya'ni, Qur'onni) Biz O'zimiz nozil qildik va uni O'zimiz asraguvchimiz! Biz Sizdan oldin, avvalgi toifalarga ham (payg'ambarlar) yuborganmiz. Ular o'zlariga kelgan har bir payg'ambarni masxara qilmasdan qo'ymas edilar. Shuningdek, uni (masxara qilish kasalligini) barcha jinoyatchilarning dillariga solib qo'yurmiz. (Ular) unga (Qur'onga) imon keltirmaydilar. Holbuki, avvalgilarning yo'llari (tajribadan) o'tgan edi. Bordiyu ularga osmondan bir darvoza ochib qo'ysag-u, undan (osmonga) ko'tarila boshlasalar ham, "Shaksiz, bizlarning ko'zlarimiz bog'lanib qoldi, balki bizlar sehrlanib qolgan qavmdirmiz", - degan bo'lur edilar. (Biz) osmonda burjlar yaratdik va kuzatuvchilar uchun uni (yulduzlar bilan) bezab qo'ydik. Izoh: Osmonning o'n ikki burji - hamal, savr, javzo, saraton, asad, sunbula, mezon, aqrab, qavs, jadiy, dalv, hut bo'lib, quyosh ularni 360 daraja bilan bir yil mobaynida kesib o'tadi. Oyning ham shu kabi burjlari bor. Osmon burjlaridan murod ulardagi o'n ikki qasr bo'lib, u yerda qo'riqchi farishtalar turadi, degan tafsir ham mavjud. Yana uni (osmonni) barcha quvg'in etilgan shaytonlardan muhofaza qildik. Illo (u jinlardan) birortasi (maloikalarning so'zini) yashirincha eshitib olsa, bas, uni ochiq (uchar) yulduz quvib yetar (halok etar). Yerni esa, uni yoydik va unga tog'larni o'rnatdik hamda unda (har yerning o'ziga) mos turli narsalarni (o'simlik va mevalarni) undirdik. Yana unda (yerda) sizlar uchun ham, sizlar rizqlantiruvchisi sanalmaydiganlar uchun ham tirikchilik (rizqu-nasibalar)ni yaratib qo'ydik. Izoh: Ya'ni ahlu ayollaringiz, xizmatkorlaringiz, chorvalaringiz uchun ham. Har bir narsaning xazinalari Bizning dargohimizdadir. Biz u narsalarni ma'lum o'lchov bilan (sizlarga) tushirurmiz. Biz shamollarni (bulutlarga) "homilador" bo'lgan holida yubordik, osmondan suv (yomg'ir) yog'dirib, sizlarni u bilan sug'ordik. Sizlar uni g'amlab oluvchi emassiz. Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Biz - vorislardirmiz. Biz sizlardan ilgari o'tganlarni bildik. Biz yana keyin keluvchilarni ham bildik. Albatta, Rabbingizning O'zi (qiyomat kuni) ularni to'plar. Albatta, U hikmat va bilim sohibidir. Biz insonni (Odam Atoni) qora balchiqdan (olib, so'ng) quritilgan loydan yaratganmiz. Jinni (ya'ni, Iblisni) esa (Odamdan) ilgari qizigan olovdan yaratgan edik. (Ey, Muhammad,) eslang, Rabbingiz farishtalarga: "Men (asli) qora balchiqdan (olib), quritilgan loydan inson yaratuvchiman. Bas, uni tiklab, ichiga O'z (dargohimdagi) ruhimdan kiritganimda, sizlar unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!" - dedi. Barcha farishtalar jam bo'lib, unga (Odamga) sajda qildilar. Faqat Iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo'lishdan bosh tortdi. (Shunda Alloh) dedi: "Ey, Iblis, senga ne bo'ldiki, sajda qiluvchilar bilan birga bo'lmading?" (U) aytdi: "Men qora balchiqdan olib, (odam surati berilgach,) quritilgan loydan Sen yaratgan basharga sajda qiluvchi emasman". (Alloh) dedi: "Bas, undan (jannatdan) chiq! Endi sen, (Mening dargohimdan) quvilgan - mal'unsan. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling