Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet65/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Ya'ni eshak ovoziga o'xshash baqiriq bilan ovoz qilurlar.

  1. Modomiki (oxiratdagi) osmonlar va yer bor ekan, (ular) u yerda mangudirlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. Albatta, Rabbingiz istagan narsasini amalga oshiruvchidir!


  1. Ammo baxtli bo'lganlar esa, bas, jannatda, to (oxiratdagi) osmonlar va yer turguncha u yerda mangu tururlar, illo Rabbingiz xohlagani bundan mustasnodir. (Bu) bitmas ne'matdir.


  1. Ana o'sha (mushrik)lar sig'inayotgan narsa tufayli shubhada qolmang? (Ular) oldin ota-bobolari sig'ingandek sig'inaveradilar. Biz ham ularning ulushlarini kamaytirmasdan to'la beruvchidirmiz.


  1. Musoga ham Kitob bergan edik. Bas, u haqda ixtilof qilindi. Agar Rabbingizdan (kechiktirish haqida) so'z kechmaganda edi, ularning o'rtalarida (shu dunyoda) hukm chiqarilgan bo'lur edi. Ular (mushriklar) u (Qur'on yoki azob) to'g'risida shak-shubhadadirlar.


  1. Barchaga, albatta, Rabbingiz amallari (mukofoti va jazosi)ni mukammal berur. Zero, U (ularning) qilayotgan ishlaridan xabardordir.


  1. Bas, buyurilganingizdek to'g'ri bo'ling! Siz bilan birga tavba qilganlar ham (to'g'ri) bo'lsinlar! Haddan oshib ketmangizlar! Albatta, U qilayotgan ishlaringizni ko'rib turuvchidir.

Izoh: Shu oyat Rasul (a. s.)ga juda og'ir ta'sir qilib: "Meni Hud(surasi) qaritdi" - degan ekanlar.

  1. Zulm qilganlarga suyanmangiz, toki sizlarga (do'zaxdan) olov yetmasin! Sizlar uchun Allohdan o'zga do'st yo'qdir. So'ngra sizlarga (qiyomatda ham) yordam berilmas.


  1. Kunning har ikki tarafida (ya'ni, ertayu kech) va tunning bir bo'lagida namoz o'qing! Albatta, ezgu ishlar gunohlarni ketkazadi. Bu yod etuvchilar uchun yodnomadir.

Izoh: Oyat mazmunidan besh vaqt namoz vaqtlarini chiqarganlar. Zero, kunning har ikki tarafini bomdod, peshin, asr namozlari vaqti, tunning bir bo'lagini esa shom va xuftan namozlari vaqti deb ta'vil qilish mumkin. 115. Sabr qiling! Bas, albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar mukofotini zoye qilmas.

  1. (Qani endi) sizlardan oldingi asrlarda o'tgan fazilat egalari yer (yuzi)dagi fasod (ishlar)dan qaytarganlarida edi? Lekin ular ichida Biz najot berganlardan ozchiligi (bu) ishni qildilar. Zulm qilganlar o'z rohat-farog'atlari ketidan ketdilar va jinoyatchi bo'lib qoldilar.


  1. Rabbingiz aholisi islohotchi bo'lgan shaharlarni zulm bilan halok etuvchi emasdir!


  1. Agar Rabbingiz xohlaganida edi, (barcha) odamlarni bir ummat (bir din) qilgan bo'lur edi. (Ular) mudom turlicha (har xil e'tiqodda) bo'lib borurlar.


  1. Rabbingiz rahm qilgan kishilar esa bundan mustasnodirlar. Ularni shuning uchun yaratgandir. Rabbingizning "Jahannamni barcha (kufrda o'tgan) jinlar va odamlar bilan to'ldirajakman", - degan so'zi haqdir.


  1. Sizga (ey, Muhammad!) Payg'ambarlarning xabarlaridan dilingizga sabot baxsh etadiganlarini aytib bermoqdamiz. Bu (qissalar)da haqiqat, mo'minlar uchun nasihat va eslatma keldi.


  1. Imon keltirmaydiganlarga ayting: "O'z hollaringcha ish qilaveringiz! Biz ham ish qiluvchilarmiz.


  1. Kutaveringiz ham. Biz ham kutuvchilarmiz".


  1. Osmonlar va Yerning g'aybiy siri Allohga xosdir. Barcha ish Ungagina qaytarilur. Bas, Unga ibodat qiling va Unga tavakkul eting! Qilayotgan ishlaringizdan (esa) Rabbingiz g'ofil emasdir.

YUSUF SURASI
Yusuf-payg'ambar nomi.
"Go'zal qissa" deb ta'riflanuvchi ushbu surada asosan Ya'qub (a. s.) ning 12-o'g'li Yusuf (a. s.) ning boshidan kechirgan voqealari aks ettiriladi. Surada otalik va birodarlik mehri, ishq-muhabbat, ayollar makri, tush ta'biri, saxiylik va kechirimli bo'lish kabi insoniy xususiyatlar ajib uslubda o'z ifodasini topgan. Bu suradan ilhomlangan shoir va yozuvchilar to hanuz Yusuf-Zulayho qissasi rukni bilan turli dostonlar ijod etganlar. Ular ichida Abdurahmon Jomiy, Fuzuliy, Firdavsiy, Rabg'uziy, Durbek, Balxiy kabi shoirlarning asarlari diqqatga sazovordir.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling