Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Bu yerda Makka ahliga qarata xitob qilinmoqda.
Agar yordam so'rasangiz, mana sizlarga yordam keldi. Agar tiyilsangiz, unda u sizlar uchun yaxshidir. Bordi-yu (yana) qaytsangiz, (Biz ham) qaytamiz. Sizlarga to'dangiz biror foyda bermaydi, garchi ko'pchilik bo'lsa ham. Alloh esa, mo'minlar bilan birgadir. Ey, imon keltirganlar, Allohga va (Uning) Rasuliga itoat etingiz! O'zlaringiz eshitib turib, Undan yuz o'girib ketmangiz! O'zlari eshitmasalarda, "Eshitdik" deydiganlardan bo'lmangiz! Allohning nazdida hayvonlarning eng yomoni bu aqlni ishlatmaydigan "kar" va "soqov"lardir. Agar Alloh ularda yaxshilik (bo'lishi)ni bilsa edi, ularni eshitadigan qilib qo'yar edi. Eshitadigan qilganda ham (ular) bosh tortib, yuz o'girgan bo'lar edilar. Ey, imon keltirganlar! Sizlarni tiriltiruvchi narsa (ilm olish) uchun chorlaganlarida, Allohga va Rasulga (labbay deb) javob qilingizlar! Yana bilib qo'yingizki, Alloh inson bilan uning dili (o'rtasi)da "parda"ni bo'lib turadi va Uning (huzuriga) jam bo'lursizlar. Izoh: Ya'ni Alloh shu qadar insonga yaqin. Sizlardan faqat zolimlargagina xos bo'lmagan (balki hammalaringizga ommaviy bo'ladigan) fitna (azob)dan saqlaningiz va bilib qo'yingizki, Alloh jazosi qattiq (zot)dir. Izoh: Arab tilida fitna oyatdagi sinov ma'nosida ham keladi. Demak, boylik va farzandlarni Alloh taolo bandalarini sinab ko'rish uchun berar ekan. Ya'ni boylikni xayrli ishlarga sarf etish, farzandlarga to'g'ri tarbiya berish orqali barkamol avlodni voyaga yetkazish lozimligi ma'lum bo'ladi. Yana, sizlar Yerda (Makkada) ozchilik va zaiflashgan holingizda, odamlar (mushriklar) sizlarni talon-taroj qilib ketishlaridan qo'rqib turganingizda, sizlarga (Madinadan) joy berib, yordami bilan sizlarni quvvatlagani va shukr qilarsizlar, deb pokiza (ne'mat)lar bilan rizqlantirganini eslangizlar! Ey, imon keltirganlar! Allohga va Rasulga (buyruqlariga) xiyonat qilmangiz va (bir-biringizdagi qo'ygan) omonatlaringizga (ham) bilib turib xiyonat qilmangiz! Bilib qo'yingizki, albatta, mol-mulklaringiz va farzandlaringiz fitna (gunoh, azob va mashaqqat manbai)dir. Allohning huzurida (esa) ulkan mukofot (bordir). Ey, imon keltirganlar! Agar Allohdan qo'rqsangiz, Sizlar uchun (haq bilan nohaqlikni) ajrim etuvchi (yordam)ni berur va gunohlaringdan o'tib, sizlarni mag'firat qilur. Alloh ulkan fazl sohibidir. Kofir bo'lganlarning Sizni asir olish yo o'ldirish yoki (yurtdan) chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini eslang! (Ular) makr qiladilar, Alloh (ham) "makr" qiladi*. Alloh makr qiluvchilarning yaxshisidir. Ularga oyatlarimiz o'qib berilsa, "Eshitdik, bas! Xohlasak, (biz ham) shunga o'xshash (oyatlar)ni aytar edik. Bu avvalgilarning afsonalaridan boshqa narsa emas",- deyishadi. Ular: "Ey, Alloh! Agar shu (Qur'on) Sening huzuringdanligi haq bo'lsa, (mayli) ustimizga osmondan tosh yog'dir yoki bizga alamli azob keltir",- deganlarini eslang! Ularning ichida Siz bo'la turib, Alloh ularni azoblovchi emas. Ular istig'for aytib (kechirim so'rab) turgan hollarida ham Alloh ularni azoblovchi emas. Ularga ne bo'ldiki, (mo'minlarni) Masjidi Harom (ziyorati)dan to'ssalar ham, ularni Alloh azoblamasin, deydilar?! Ular uning (Masjidi Harom)ning egasi emaslar. Uning egalari faqat taqvoli (mo'min) kishilardir. Lekin, ularning aksariyati (buni) bilmaydilar. Ularning Bayt (Ka'ba) oldidagi namozlari faqat hushtak va chapak chalishdan iborat edi*. Bas, (ey, mushriklar, Badr jangi kuni) kufringiz sababli azobni totingiz! Izoh: Ya'ni Rasululloh Ka'bada namoz o'qisalar, ular qiroatdan yanglishtirish maqsadida hushtak va chapak chalar edilar. Kofir bo'lganlar mol-mulklarini Alloh yo'lidan to'sish uchun sarflaydilar. Bas, ularni sarflaydilar-u, (lekin) o'zlariga (bu) hasrat bo'lib, so'ngra mag'lubiyatga uchraydilar. Kofir bo'lganlar jahannamga (haydalish uchun) jam qilinurlar. (Bu) Allohning nopokni pokdan ajrim etishi va nopok (kimsa-kofir)larni bir-birlariga qo'shib, qalashgan hollarida hammasini jahannamga tashlashi uchundir. Ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir! Kofir bo'lganlarga ayting, agar (kufrdan) to'xtasalar, o'tmish (gunoh)lari kechirilur. Bordiyu (kufrga) qaytsalar, (unda) oldingilarning yo'li (ibrat sifatida) o'tgan. Izoh: Ya'ni o'sha kufrda o'tganlarning kuni bular boshiga ham kelur. Fitna (shirk) yo'q bo'lgunicha va din butunlay Allohga bo'lgunga qadar ular bilan urishingiz! Agar (kufr)dan qaytsalar, albatta, Alloh ularning ishlarini ko'rib turuvchidir. Izoh: Din butunlay Allohga bo'lgunicha deyishdan maqsad - botil dinlar o'rniga Islom dini kelguniga qadar demakdir. Bordiyu (ular) yuz o'girsalar, bilib qo'yingizki, Alloh xojangizdir. (U) naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxshi madadkordir! Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling