Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Izoh: Ya'ni Abdulloh ibn Salom kabi Tavrotni ham o'zgartirmagan va Qur'oni karimga ham imon keltirganlarga ikki barobar ajr ato qilurmiz.
Eslang, (Ey, Muhammad,) ular ustiga tog'ni soyabon yanglig' surib keltirdik. Ular uni ustilariga tushib ketadi, deb o'yladilar. (Shunda Biz aytdik): "Sizlarga keltirgan narsamiz (Tavrot)ni mahkam tutingiz va taqvoli bo'lishingiz uchun undagi narsa (oyatlar)ni yod etingiz!". Rabbingiz Odam o'g'illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni o'zlariga guvoh qilib turib: "Men Rabbingiz emasmanmi?" (dedi). (Ular): "Yo'g'e! (Rabbimizsan!) Guvohlik berdik", - dedilar. Qiyomat kuni: "Biz bundan g'ofil (bexabar) edik" Izoh: Allohning ruhlar bilan mana shu gaplashuvini "Al-Miysoq" deyiladi. Miysoq-ahdlashuv. Bu ahdlashuvning hikmatlaridan biri shuki, qiyomat kuni mushriklar: "Biz Allohning yagonaligini va bizning ham rabbimiz ekanini bilmay, ota-bobolarimiz kabi mushrik holda o'tibmiz. Ularning xatosiga bizlarni sherik qilasanmi?" - deyishi mumkin bo'lgan da'vosiga javoban Alloh taolo mazkur oyat orqali o'sha ahdlashuv jarayonini eslatib qo'ymoqda. yoki, "Oldindan ota-bobolarimiz mushrik bo'lganlar. Biz ulardan keyin kelgan zurriyot edik. (O'sha) nohaq kishilarning fe'llari sababli bizni halok qilasanmi?" - deyishlarini (bilganimiz uchun shunday qildik). Shu tarzda oyatlar tafsilotini qilurmiz va shoyad (ular yomon yo'ldan) qaytsalar. (Ey, Muhammad!) Oyatlarimizni berganimizda ulardan chiqib ketgan (amal qilmagan) odamni shayton (o'ziga) ergashtirib olgani, natijada (u) adashganlardan bo'lib qolgani (haqidagi qissa)ni ularga o'qib bering! Agar xohlaganimizda, uni ular (oyatlar) sababli (martabasini) ko'targan bo'lur edik. Lekin, u yerga hirs qo'ydi va (nafs) havosiga ergashdi. Uning misoli go'yo bir itdirki, unga hamla qilsang ham (tilini osiltirib) hansiraydi, o'z holiga qo'ysang ham hansirayveradi. Bu o'sha oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm kishilarining misolidir. Bu qissalarni (ularga) aytib bering, zora tafakkur qilsalar! Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm kishilarining misoli qanday ham mudhishdir?! (Ular) o'zlariga zulm qilar edilar. Kimniki Alloh hidoyat qilgan bo'lsa, bas, o'sha (odam) to'g'ri yo'l topuvchidir. Kimni adashtirgan bo'lsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir. Jinlar va insonlarning ko'pchiligini jahannam uchun yaratganmiz. Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan "anglamaydilar". Ularda ko'zlar bor, (lekin) ular bilan "ko'rmaydilar". Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan "eshitmaydilar". Ular hayvonlar kabidirlar. Balki, ular (yanada) adashganroqdirlar. Ana o'shalar g'ofillardir. Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar. Yaratganlarimiz ichida haq (yo'l)ga hidoyat qiladigan va u (haq) bilan adolat qiladigan ummat (jamoat) ham bordir. Oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa, (ular) bilmaydigan jihatdan "darajali" qilib (o'z holiga vaqtincha qo'yib berib) turamiz. Ularga muhlat beraman. "Makrim" esa qattiqdir. Tafakkur qilmaydilarmi?! Ularning sohibi (Muhammad)da hech qanday majnunlik yo'q. U faqat aniq ogohlantiruvchidir. Osmonlar va Yerning mulku saltanatiga, Alloh yaratgan har (bir) narsa va ajal (muddat)lari yaqinlashib qolganiga (bir) nazar tashlamadilarmi?! Undan (Qur'on inkoridan) keyin (yana) qaysi gapga ishonar ham edilar?! Kimni Alloh adashtirgan bo'lsa, uni to'g'ri yo'lga solib qo'yuvchi (odam) yo'qdir. U (kabi)larni o'z tug'yoni (haddan oshgan hollari)da gangib yurishlariga qo'yib beradi. Sizdan (ey, Muhammad!) qiyomat haqida, uning qachon qoim bo'lishini so'rashadi. Ayting: "Uning ilmi Rabbim huzuridadir. Uning vaqti (kelgani)da uni O'zi bildiradi. (Qiyomat) osmonlar va Yerga og'irlik (tushkunlik) qilur. Sizlarga (u) to'satdan kelib qolur". Sizdan go'yo u haqda vakil (xabardor bo'lganingiz)dek so'rashadi. Ayting: "Uning ilmi (aniq ma'lumoti) Alloh huzuridadir. Lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar". Ayting: "Alloh xohlaganidan tashqari o'zim uchun (biror) foyda va zarar (keltirish)ga ega emasman. Agar g'ayb (ilmi)ni bilsam edi, xayrli ishlarni ko'p qilgan bo'lur edim va menga yomonlik (ham) yetmagan bo'lur edi. Men faqat imon keltiradigan qavm uchun ogohlantiruvchi va xushxabar beruvchidirman". U (Alloh) sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga (uylanib) taskin topishi uchun paydo qilgan zotdir. Unga yaqinlik qilgach, u (Havvo) yengil homilali bo'ldi va u bilan (bir muddat) yurdi. (Yuki) og'irlashganda, har ikkisi (Odam va Havvo) Rabbilari (bo'lmish) Allohga duo qilib: "Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lajakmiz" (dedilar). Ikkisiga solih (farzand) ato etgach, ikkisiga bergan narsasida Unga "sherik"larni (nisbat) berdilar. Alloh (esa) ular keltirgan shirkdan oliy (pok)dir. Izoh: Havvo onamiz farzand ko'rganlarida, Iblis kelib nomini "Abdulhars", ya'ni Dehqonchilik quli, deb qo'yishga undaydi. Havvo xuddi shunday qiladilar. Bu oyatda bu ishni shirk keltirish deb tanqid qilinmoqda. Boshqa tafsirlarda bu kabi shirkiy nom qo'yish Odam Atodan to Muhammad (a. s.) davrilarigacha ham davom etib kelgan. Masalan, Abdu Manof, Abdul-Uzzo, Abduddor va hokazo. Oyatda umumiy holda barcha noto'g'ri nom qo'yuvchilar tanqid etilmoqda, deyiladi. Biror narsani yaratmaydigan, balki o'zlari yaratiluvchi bo'lgan narsani (Allohga) sherik qiladilarmi?! Ular uchun (biror) yordam ko'rsatishga yaramaydilar va o'zlariga ham yordam qilmaydilar. Agar ularni hidoyat sari chorlasangiz, sizlarga ergashmaydilar. Ularni chorlaysizlarmi yoki sizlar jim turuvchimisizlar - sizlar uchun barobardir. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling