Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet46/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Ya'ni bu dunyoda bizga toatibodat qilishni muvaffaq ayla. Oxiratda esa, bizlarni jannatga doxil et.

  1. Ular omiy (savodsiz) elchi - ismi o'zlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan payg'ambarga ergashadilar. U (payg'ambar) ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi hamda ularning yuklarini va ustilaridagi kishan (qiyinchilik)larini olib tashlaydi. Bas, unga imon keltirgan, uni ulug'lagan, unga yordam bergan va u bilan birga nozil qilingan nur (Qur'on)ga ergashganlar, aynan o'shalar tolei yor kishilardir".


  1. Ayting (ey, Muhammad!): "Ey, odamlar! Men sizlarning barchangizga (yuborilgan) Allohning rasuli (elchisi)dirman. U (Alloh) osmonlar va Yerning hukmronligi O'z qo'lida bo'lgan zotdirki, undan o'zga (hech bir) iloh yo'q. (U) tiriltiradi va o'ldiradi. Bas, Allohga va Uning rasuli - Allohga va Uning kalimalari (ilohiy kitoblari)ga ishonadigan ummiy payg'ambarga (Muhammadga) imon keltiringiz va unga ergashingiz, toki hidoyat topgaysizlar!"


  1. Muso qavmi ichida shunday ummat (guruh) ham borki, (ular odamlarni) haq (so'z) bilan hidoyatga boshlaydilar va u (haq) bilan (hukmlarda) odillik qiladilar.


  1. Ularni o'n ikki urug'-ummat qilib bo'lib tashladik* va Musodan qavmi suv talab qilganda, unga: "Asoying bilan toshni urgin!" - deb vahiy qilgan edik, (urgach) undan (toshdan) o'n ikki chashma otilib chiqdi. Har bir (urug'ga tegishli) odamlar o'z suv ichadigan joyini bilib oldilar. Ular uzra bulutlarni soyabon qildik va ustilaridan shirinlik va bedanalar yog'dirib: "Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklaridan yenglar" (dedik). Ular (itoatsizliklari bilan) Bizga zulm qilmadilar, balki o'zlariga zulm qiladigan bo'ldilar.

Izoh: Ya'ni Ya'qub (a. s.) ning o'n ikki o'g'lidan o'n ikki qabila paydo bo'lgan. Oyatning davomi Baqara surasida ham takror kelgan.

  1. Ularga: "Shu shahar (Baytul-Maqdis)da istiqomat qilingiz va undagi xohlagan joyingizdan oziqlaningiz hamda "kechir" deb, sajda qilgan holingizda darvozadan kiringiz, shunda sizlarning xato (gunoh)laringizni kechiramiz. Ezgu amal qiluvchilarga (savobimizni) ziyoda qilurmiz", - deyilganini (eslang).


  1. Bas, ulardan zolim bo'lganlari ularga aytilgan so'zni boshqa so'zga almashtirdilar. Natijada zulm qilganlari sababli ularga osmondan azob yubordik.


  1. Ulardan dengiz bo'yida joylashgan qishloq (ahli) haqida so'rang! Qaysiki, shanbalik (bayrami) qilgan (ovlamagan) kunlarida baliqlari ular sari suv betida oqib kelar, shanbalik qilmagan kunida esa (baliqlari) ular sari kelmas edi. Ana shu shanbalikda (ular) haddan oshar edilar. Shu tarzda ularni buzg'unchiliklari bilan sinaymiz.

Izoh: Shanba kuni voqeasining qisqacha mazmuni shundan iboratki, Dovud (a. s.) zamonlarida Ayla yoki Madyan shahrining yahudiy xalqi uchun ulug' sanalmish shanba kuni baliq ovlash Alloh tarafidan sinov maqsadida man etilgan edi. Ular qarashsa, baliqlar ov qilinadigan qirg'oqqa shanba kuni ko'p, boshqa kunlar oz kelarmish. Turli hiylalarni o'ylab topishga kirishadilar. Shayton ularga shanba kuni ovlamaslik, lekin bir tomondan hovuz kovlab, oqib kelgan baliqlarga shanba kuni qo'l tekizmay hovuzga kiritib, yakshanba kuni yig'ib olishni o'rgatadi. Natijada ular Allohning la'natiga qolib, maymunga aylanib qoladilar. Ov taqiqlangandan keyin ular uch toifaga bo'linib olgan edilar. Birinchi toifa orasidagi mazkur hiyla bilan ovni davom ettiruvchilar, ikkinchisi ovdan saqlanib, boshqalarni ham undan qaytaruvchilar. Uchinchisi o'zlari ham ovlamay, boshqalarni ham qaytarmaydiganlar. Keyingi oyatda ikkinchi va uchinchi toifa haqidagi munozara bayon etilgan.

  1. Ulardan bir guruhi: "Nima uchun Alloh halok etmoqchi bo'lgan yoki qattiq azob bilan qiynamoqchi bo'lgan qavmga nasihat qilyapsizlar?" - deyishganda, (nasihatgo'ylar): "Rabbingizga ("Aytdik, lekin itoat qilishmadi", - deb) uzr aytishar va taqvo qilishar degan umidda (nasihat qildik)", - dedilar.


  1. Ularga eslatilgan narsani unutishgach, yomonlikdan qaytaruvchilarga najot berdik va zulm qilganlarni esa buzg'unchiliklari sababli yomon azobga tutdik.


  1. Ularga man etilgan ishdan (qaytmasdan) o'jarlik qilganlarida: "Qadrsiz maymunlarga aylaningiz!" - deb ularga (qarg'ish so'zini) aytdik.


  1. Rabbingiz ular ustiga to qiyomat kunigacha ularni qattiq azob bilan qiynaydigan kishilarni yuborib turajagini e'lon qildi. Albatta, Rabbingiz jazosi shitob va albatta, U kechirimli va rahmli (ham)dir.


  1. Ularni (yahudiylarni) Yer yuzi bo'ylab turli xalqlarga bo'lib tashladik. Ular ichida solih (yaxshi)lari ham, undan berilari ham bor. Ularni zora (to'g'ri yo'lga) qaytsalar, deb yaxshilik (ne'mat)lar va yomonlik (musibat)lar bilan sinab ko'rdik.


  1. Ular ortidan Kitob (Tavrot)ga merosxo'r bir avlod kelib, bu dunyo matohini oladigan va "Biz kechirilamiz" deydigan (bo'ldilar). Vaholanki, ularga uning barobarida (yana) matoh kelib qolsa, olaveradilar. Axir, ulardan Alloh sha'niga faqat haq (gaplar)ni aytishlari uchun Kitob (Tavrot) ahdi olinmaganmidi? Undagi (oyat)larni o'rgangan ham edilar-ku! Oxirat diyori taqvo qiluvchilar uchun (dunyo matohidan) yaxshidir. Bas, (buni) anglamaysizlarmi?!


  1. Kitob (Tavrot)ni mahkam tutib, namozni mukammal o'qiydiganlar esa, (bilib qo'ysinlarki,) Biz islohotchilar (ahli salohlar) mukofotini zoye qilmagaymiz.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling