Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet42/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu oyatdan ma'lum bo'ladiki, satri avrat, ya'ni, avratni ochmasdan yopib yurish Odam Atodan boshlab inson tabiatida mavjud ekan.

  1. Yana ikkisiga qasam bilan: "Men sizlarga (xolis) nasihatgo'ylardandirman", - dedi.


  1. Shunday qilib (shayton) ularni (noqulay holatga) tushirdi. Daraxt (mevasi)dan totib ko'rishlari bilanoq, ikkisining avratlari ochilib qoldi va o'zlarini jannat yaproqlari bilan to'sa boshladilar. Shunda ularga Parvardigorlari: "Sizlarni o'sha daraxtdan man etmaganmidim va shayton sizlarning yaqqol dushmaningiz, demaganmidim?!" - deb nido qildi.

Izoh: Ya'ni taqiqlangan mevadan yeb qo'yganlaridan keyin qorinlari og'rib, bo'shalish zarurati tug'ildi.
Bo'shalish asnosida esa avratlari ochilib qoldi. So'ngra avratlarini anjir yoki banan yaproqlari bilan yopishga o'tdilar.

  1. Ikkisi aytdilar: "Ey, Rabbimiz! Biz o'zimizga (o'zimiz) zulm qildik. Agar bizni kechirmasang va bizga rahm qilmasang, biz, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lib qolurmiz".


  1. (Alloh) dedi: "Bir-biringizga nisbatan dushman bo'lgan holingizda (jannatdan) tushingiz! Sizlar uchun (ma'lum) vaqt (ajalingiz yetgun)gacha Yerda qaror olish va foydalanish (bordir)".


  1. (Yana) dedi: "Unda yashaysizlar, unda o'lursizlar va undan (oxiratda) chiqarilursizlar.

Izoh: Ya'ni Yerda yashab, Yerga ko'milib, so'ngra qiyomatda Yerdan tiriltirilgan holatda chiqarilursizlar.

  1. Ey, Odam avlodi! Sizlarga avratlaringizni berkitadigan libos va patlar (ziynat kiyimlari)ni tushirdik. (Ammo) taqvo libosi bu yaxshiroqdir. Bu(lar) Allohning mo''jizalaridandir. Shoyad (buni) eslab ko'rsalar!

Izoh: Oyatdan ma'lum bo'ladiki, avratlarni yopadigan kiyim asosiy kiyim, boshqa qo'shimcha kiyim-kechaklar esa zebu ziynat hisoblanar ekan. "Lekin, - deydi Parvardigor, - bu liboslaringiz uyatdan, issiq-sovuqdan saqlasa, taqvo libosi oxirat azobidan saqlaydi. " Demak, qimmatbaho kiyimlardan ko'ra ham taqvoni libos qilib kiyib olish yaxshiroq ekan.

  1. Ey, Odam avlodi! Shayton ota-onalaringiz (Odam va Havvo)ning avratlarini ularga fosh qilish (uyaltirish) uchun jannatdan chiqargani kabi sizlarni ham aldab qo'ymasin! Zero, u va uning to'dasi sizlar ularni ko'ra olmaydigan tarafdan sizlarni ko'radilar. Biz shaytonlarni imon keltirmaydiganlarga do'st qilib qo'ydik".


  1. (Mushriklar) biror fahsh ish qilsalar: "Ota-bobolarimizni shu (odat) uzra topganmiz. Uni bizga Alloh (O'zi) buyurgan", - deydilar*. (Siz ularga): "Alloh aslo fahsh ishlarga buyurmaydi. Alloh sha'niga o'zlaring bilmagan (gap)larni aytaverasizlarmi?!" - deb ayting!

Izoh: Mushriklar Allohdan boshqa soxta ma'budalarga sig'inishni va yalang'och holda Ka'bani tavof qilishni ota-bobolarimizdan bizlarga qolgan meros deb da'vo qilar edilar.

  1. (Yana) ayting: "Rabbim adolatli bo'lishga buyurgan. Har bir masjid (namoz) oldidan yuzlaringiz (dillaringiz)ni to'g'ri qiling! Unga (Allohga) dinni xolis qilgan hollaringizda duo qilingizlar. Sizlarni (avval boshda yarata) boshlaganidek, (qiyomatda mangu hayotga) qaytursizlar".


  1. Bir guruhni hidoyatga yo'lladi, (boshqa) bir guruhga esa zalolat (bitilgani) haq bo'lib chiqdi. Zero, ular Allohni qo'yib shaytonlarni do'st qilib olib, ularni to'g'ri yo'ldagilar deb o'ylaydilar.


  1. Ey, Odam avlodi! Har bir masjid (namoz) oldidan ziynatlaringiz (kiyimlaringiz)ni (kiyib) olingiz! Shuningdek, yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmaydi.


  1. Ayting: "Bandalari uchun chiqargan Allohning ziynatini va pok rizqlarni kim haromga chiqardi?" Ayting: "U (ziynat va pok rizqlar) bu dunyoda imon keltirganlar (va boshqalar) uchun, qiyomat kunida esa, xolis (mo'minlarning o'zlari uchun bo'lur)". Shunday qilib, oyatlarni biladigan qavmlarga mufassal bayon qilurmiz.


  1. Ayting: "Rabbim faqat fahsh ishlarning oshkorayu pinhonasini, gunoh (ishlar)ni, nohaq gunoh va tajovuzkorlikni va Alloh hech qanday hujjat tushirmagan narsa(lar)ni Unga sherik qilishingizni hamda Allohning sha'niga o'zingiz bilmagan narsalarni gapirishingizni harom qildi".


  1. Har bir ummatga (jazo uchun) muhlat (belgilangan). Qachonki, ularning muhlati kelar ekan, (uni) biror soat kechga ham, ilgariga ham sura olmaydilar.


  1. Ey, Odam avlodi! Agar sizlarga o'z (jins)laringizdan bo'lgan payg'ambarlar Mening oyatlarimni sizlarga o'qigan holda kelsalar, (bilib qo'yingizki,) kimki taqvoli bo'lib, (o'zini) tuzatsa, u (kabi)larga xavf yo'q va ular tashvish ham chekmaydilar.


  1. Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan va ulardan (o'zlarini yuqori tutib) kibr qilganlar - ana o'shalar do'zax ahlidirlar. Ular u yerda mangu (qoluvchi)dirlar.


  1. Alloh sha'niga yolg'on to'qigan yoki Uning oyatlarini yolg'onga chiqargan (odam)dan kim ham zolimroq ekan?! Ana o'shalarga Kitobdagi (yashash) nasibalari bitgach, vafot ettiruvchi farishtalarimiz ularga kelganlarida: "Allohni qo'yib iltijo qilgan narsa (but)laring qani?!" - deganlarida, ular: "Bizdan yo'qoldilar", - deyishadi. O'zlarining zararlariga kofir bo'lganlari to'g'risida guvohlik berurlar.


  1. (Ularga Alloh) aytadi: "Sizlardan oldin o'tgan jin va insdan iborat (kofir) ummatlar ichida (sizlar ham) do'zaxga kiringizlar!" Har bir ummat (do'zaxga) kirganda, sherigini la'natlaydi. U yerda birbirlari bilan jam bo'lib topishishgach, oxirgi (ummat) o'zidan oldingisi haqida: "Ey, Rabbimiz! Ana o'shalar bizni adashtirganlar. Ularga do'zax azobini ikki barobar (qilib) bergin!" - deydilar. (Shunda

Alloh): "Har birlaringiz uchun ikki barobardir, lekin (sizlar buning hikmatini) bilmaysizlar", - degay.

  1. Avvalgilari keyingilariga aytadilar: "Sizlarning bizlardan ortiqligingiz yo'q. Qilmishlaringizga yarasha (ushbu) azobni totaveringizlar!"


  1. Albatta, oyatlarimizni yolg'onga chiqargan va ulardan kibrlanib bosh tortganlar uchun osmon eshiklari sira ochilmagay va nina ko'zidan tuya o'tmagunga qadar jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni ana shunday jazolagaymiz.

Izoh: Nina teshigidan tuya o'tmaguncha deb shart qo'yish o'sha ishning hech qachon amalga oshmasligidan dalolatdir. Ya'ni, oyatlarimizni inkor etuvchi mutakabbir kishilar hech qachon jannatga kirmaslar.

  1. Ularga jahannam (o'ti)dan (ostilariga) gilam va ustilariga yopinchiq (bo'lur). Zolimlarni ana shunday jazolagaymiz.


  1. Imon keltirgan va solih (savobli) ishlarni qilganlar esa - hech bir jonni toqatidan ortiqqa majbur etmaymiz - aynan o'shalar jannat ahlidirlar. Ular u yerda mangu (qoluvchi)dirlar.


  1. Dillaridagi (o'zaro) adovat (to'yg'ulari)ni sug'urib tashlaymiz. Ostilaridan anhorlar oqajak. (Shunda) ayturlarki: "Ushbu (ne'matlar)ga bizni boshlab kelgan Allohga hamd (aytamiz). Agar bizni (O'zi) boshlamaganida, (o'zimizcha) yo'lni topa olmagan bo'lur edik. Rabbimizning elchi (payg'ambar)lari haqiqatni keltirgan ekanlar". Ularga nido qilinurki: "Mana shu - jannat. Qilgan (savobli) amallaringiz sababli u sizlarga meros qilib berildi".


  1. Jannat ahli do'zax ahliga (qiyomat kuni): "Rabbimiz bizga va'da qilgan narsa (jannat)ni biz haq ekanini topdik. Sizlar ham Rabbingiz va'da qilgan (ogohlantirgan do'zax)ning haq ekanini topdingizmi?" - deb nido qilurlar. Ular: "Ha", - deydilar. So'ngra o'rtalaridan bir jarchi (farishta chiqib) jar soladi: "Zolimlar uzra Allohning la'nati (yog'ilsin)!


  1. Zero, ular Allohning yo'lidan to'sadigan, uni qing'ir qilishni istaydigan, oxiratga esa ishonmaydigan edilar".


  1. (Jannat va do'zax ahllari) o'rtalarida parda (bordir). A'rof (arasot) uzra (jannat va do'zaxdagilarning) har birini siymolari (alomatlari)dan tanib oladigan kishilar (bo'lur). Jannat ahliga: "Sizlarga salom!" - deydilaru (kirishdan) tamagir bo'lib, kira olmaydilar.


  1. Ko'zlari do'zax ahli tarafiga burilib qolsa, aytadilar: "Ey, Rabbimiz! Bizni bu zolimlar qavmi bilan birga qilib qo'ymagin!"


  1. Arasot ahli siymolaridan tanish kishilariga aytadilar: "To'plagan (boylik)laringiz va qilgan kibrlaringiz sizlarga (kuningizga) yaramabdi-ku!


  1. Allohning rahmati yetmaydi, deb siz qasam ichib yurgan (faqir musulmon)lar ana ularmi?"

(Shundan so'ng Alloh arasot ahliga deydi): "Jannatga kiringiz! Sizlarga xavf yo'q va sizlar tashvish ham chekmaysizlar!"

  1. Do'zax ahli jannat ahliga: "Bizning ustimizga suvdan yoki Alloh sizlarni rizqlantirgan narsadan to'kingiz", - deb nido qilurlar. Ular (javobiga): "Alloh (siz so'ragan) har ikki (narsa)ni kofirlarga -


  1. dinlarini hazil va o'yin qilib olgan va foniy dunyo aldab qo'yganlarga harom (man) etgan", - deydilar. Bugun ushbu Kun muloqotini unutganlari va oyatlarimizni inkor etganlari kabi (Biz ham) ularni "unutamiz".


  1. Ular (Makka ahli)ga ishonadigan qavm uchun hidoyat va rahmat (manbai) sifatida ilm bilan O'zimiz mufassal bayon qilgan Kitob (Qur'on)ni keltirdik.

  2. Ular (esa) uning (aniq ma'nolari qolib,) ta'vili (boshqacha mazmun berilishi)ni kutadilar. Ta'vili kelgan kuni (qiyomat)da uni (Qur'onni) ilgari unutgan (mensimagan)lar aytadilar: "Rabbimizning elchi (payg'ambar)lari haqiqatni keltirgan ekanlar. Bas, qani (endi) oqlovchi (but-sanam)lar (bo'lsayu,) bizni oqlasalar yoki (dunyoga yana) qaytarilsag-u qilgan ishlarimizdan o'zgacha ish qilsak?" (Ular) o'zlariga ziyon qildilar va to'qib yurgan (buhton)lari ulardan g'oyib bo'ldi.


  1. Darhaqiqat, Rabbingiz osmonlaru Yerni olti kunda yaratgan, so'ngra Arsh uzra mustaviy bo'lgan, kunduzga tunni qoplatadigan - uni (ya'ni, tun kunni) shitob quviydi - quyosh, oy, yulduzlarni O'z amriga musaxxar (mute) qilib qo'ygan Allohdir. Ogoh bo'lingizki, yaratish va buyurish Unga xosdir. Olamlarning Rabbi - Alloh barakotlidir.


  1. Rabbingizga zorlanib va xufyona (ovozsiz) duo qilingiz! Zero, U haddan oshuvchilarni yoqtirmaydi.


  1. Yerni (Alloh xayrli ishlarga) yaroqli qilib qo'ygandan keyin (unda) buzg'unchilik qilmangizlar! Unga (Allohga) ham qo'rqinch va ham umid bilan duo qilingizlar! Allohning rahmati ezgu ish qiluvchilarga yaqindir.


  1. U o'z rahmatining darakchisi sifatida shamollarni yuboruvchi zot bo'lib, (shamollar) og'ir bulutlarni ko'tarib olgach, uni o'lik (chanqoq) shahar (usti)ga haydaymiz. Bas, unga suv (yomg'ir) yog'dirib, u sababli mevalarning har turidan chiqarurmiz. O'liklarni ham (qabrlaridan) shu tarzda chiqarurmiz, shoyad eslatma olsangizlar.


  1. Yaxshi shahar (yeri)ning giyohi Rabbining izni bilan (unib) chiqaveradi. Yomon (shahar yeri esa) faqat unimsiz bo'lur. Shukr qiluvchi qavm uchun oyatlarni shu tarzda tasarruf eturmiz.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling