Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet39/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: "Ummulquro" - shaharlar onasi.

  1. Alloh sha'niga yolg'on to'qigan, hech narsa vahiy qilinmagan bo'lsa-da, "Menga vahiy qilindi", - degan, shuningdek, "Alloh nozil etgan kabi (men ham oyatlarni) nozil qilaman", - degan kimsalardan kim ham zolimroqdir? Bu zolimlarni o'lim iskanjasida (qolganlarida) farishtalar qo'llarini (ularga) cho'zib: "Jonlaringni chiqaringlar! Bugun Alloh sha'niga nohaq (noloyiq sifatlar)ni gapirganingiz va Uning oyatlariga (amal qilishdan) kibrlanganingiz sababli xorlik azobi bilan jazolanasizlar", - deb turgan holatlarini (bir) ko'rsangiz edi!


  1. Alloh qiyomat kuni aytur: "Huzurimizga sizlarni birinchi marta qanday yaratgan bo'lsak, shunday yolg'iz-yolg'iz keldingiz. Sizlarga (mulk qilib) bergan (boylik)larni ortingizda qoldirdingiz.

Oralaringizda (Allohga) sherik deb gumon qilib yurgan shafoatchi (oqlovchi)laringizni sizlar bilan birga ko'rmayapmiz. Orangiz uzilib qolibdi. (Oqlaydi deb) o'ylab yurgan (but)laringiz (esa) sizlardan g'oyib bo'libdi".

  1. Alloh don va urug'larni yoruvchi (va undiruvchi)dir. O'likdan tirikni chiqaradi va (U) tirikdan o'likni chiqaruvchidir. Ana o'sha Allohdir. Bas, qayoqqa og'ib ketayapsizlar?


  1. (U) tong ottiruvchidir. Tunni oromgoh, quyosh va oyni esa hisob belgilari qilib qo'ydi. Bu qudratli va dono zotning o'lchovidir.


  1. U sizlar uchun quruqlik va dengiz qorong'uliklarida yo'l topishingiz uchun yulduzlarni yaratgan zotdir. Biladigan kishilar uchun oyatlarni keng bayon qildik.


  1. U sizlarni bir jon (Odam Ato)dan paydo qilgan zotdir. Demak, (inson uchun ona qorni) qarorgoh va (ota pushti) omonatgoh (ekan). Fahmlaydigan qavm uchun oyatlar tafsilotini berdik.


  1. U osmondan suv (yomg'ir) tushirgan zotdir. U bilan har narsani (yerdan) undirib chiqardik. Undan yashil giyoh (poliz ekinlari)ni chiqardik. Undan (boshoq kabi) zich tarkibli donlarni chiqaramiz.

Xurmodan esa, uning shoxidagi (meva) boshlari (yerga) yaqini (va yaqin bo'lmaganlari) bor.
Shuningdek, uzumzor bog'lar, bir-biriga o'xshagan va o'xshamagan zaytun va anorlarni (chiqardik). Ularning mevalagandagi (g'o'r) mevasiga va pishganiga (ibrat ko'zi bilan) boqing! Shu (bilgan)laringizda, albatta, imonli qavmlar uchun alomatlar bordir.

  1. Allohga jinlarni sherik qildilar. Vaholanki, ularni (O'zi) yaratgan. Bilmagan holda Unga o'g'il va qizlarni to'qib chiqardilar. U (Alloh) bular tavsif etayotgan (sifat)lardan pok va a'lodir.


  1. (U) osmonlar va Yerning ixtirochisidir. Uning yori (jufti) bo'lmagan bo'lsa, qayoqdan unga farzand bo'lsin?! Hamma narsani yaratdi. U hamma narsaning bilimdonidir.


  1. Ana o'sha Alloh Rabbingizdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. U hamma narsaning yaratuvchisidir. Bas, Unga ibodat qilingizlar! U har narsa uzra vakil (kuzatuvchi)dir.


  1. Ko'zlar Uni idrok etmas. Ko'zlarni U idrok etar. U daqiq narsalarni biluvchi va (hamma ishdan) xabardordir.


  1. Rabbingizdan sizlarga dilkash dalillar keldi. Kimki (qalb ko'zi bilan) ko'ra olsa, o'ziga (yaxshi). Kimki ko'rlik qilsa, o'ziga (yomon)dir. Men ustilaringizda qo'riqchi emasman.


  1. Sizga (oldingi ilohiy kitoblardan) dars olib o'rgangandirsan, deyishlari uchun va biluvchi qavmga bayon qilib berishimiz uchun (bu) oyatlarni mana shunday tasarruf qilmoqdamiz.


  1. Rabbingizdan Sizga vahiy etilgan narsa (oyat)larga ergashing. Undan o'zga iloh yo'q. Mushriklardan (esa) chetlaning!


  1. Agar Alloh istasa, (ular) shirk keltirmagan bo'lur edilar. Sizni esa ular ustidan qo'riqchi qilib qo'yganimiz yo'q. Siz ularga muakkal (biriktirilgan) ham emassiz.


  1. Allohdan o'zgaga sig'inadiganlar (butlari)ni so'kmangiz! Aks holda, ular haddan oshib, bilmasdan Allohni so'kib yuboradilar. Shunga o'xshab har bir ummat ishini o'ziga chiroyli ko'rsatib qo'ydik. So'ngra qaytar joylari Parvardigorlari huzurigadir. Ana o'shanda ularga qilgan ishlarining xabarini berur.


  1. Agar ularga oyat kelsa, albatta, imon keltirishlari haqida jiddu jahd bilan Allohga qasam ichadilar. "Oyatlar Allohning huzuridadir", - deb ayting! Qaydan ham bilursizlar, (oyatlar) kelganda ham, balki imon keltirmaslar.


  1. Birinchi marta unga imon keltirmaganlaridek, dillari va ko'zlarini teskari qilib qo'yamiz va o'z tug'yonlarida gangib yurgan hollarida ularni tark eturmiz.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling