Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet36/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu oyatdagi vafot ettirishdan murod tirik holda osmonga ko'tarishdir.

  1. Agar ularni azoblasang, albatta, ular (O'z) bandalaring. Bordiyu ularni kechirsang, albatta, Sen O'zing qudrat va hikmat egasidirsan".


  1. Alloh dedi: "Bu kun sodiq (mo'min)larga sodiqligi foyda beradigan kundir". Ular uchun ostidan anhorlar oqib turadigan jannat bog'lari bordir. (Ular) u yerda abadiy bo'lurlar". Ulardan Alloh rozi va ular Allohdan rozi bo'lurlar. Bu buyuk yutuqdir.


  1. Osmonlar va Yerning hamda ulardagi borliqning hukmronligi Allohga xosdir. U har narsaga qodirdir.

AN’OM SURASI
An'om - chorva mollari.
Ular haqida bir necha oyatlar bo'lgani uchun sura shu nom bilan nomlangan. Surada Islom aqidasi asoslari, shariat ahkomlari, oilaviy masalalar, jihod ahkomlari, g'ayridinlarga doir ko'rsatmalar, qiyomat, oxirat, payg'ambarlar, dunyo va hayot mohiyatiga taalluqi ma'lumotlar o'z ifodasini topgan. Sura to'laligicha Makkada nozil qilingan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Hamd osmonlar va Yerni yaratgan, zulmatlar va nurni paydo etgan Allohga (xos)dir. So'ngra kufrga ketganlar Parvardigorlariga (soxta ma'budalarni) tenglashtirmoqdalar.


  1. (U) Sizlarni (Odam Atoni) loydan yaratib, so'ngra ajal (muddati)ni hal qilgan zotdir. Belgilangan ajal (qiyomat bo'lish vaqti va boshqa hisoblar) ham Uning huzuridadir. (Shundan) keyin (ham) sizlar shak qilmoqdasizlar.


  1. U osmonlarda ham, Yerda ham Allohdir. Sir tutganu oshkor qilgan narsalaringizni bilur. Qilayotgan ishlaringizni (ham) bilur.


  1. Ularga (Makka mushriklariga) Parvardigorlarining dalillaridan (qanday bir) dalil kelmasin, (baribir) undan yuz o'giruvchi bo'ldilar.


  1. Ularga haqiqat (Qur'on) kelishi bilan uni yolg'onga chiqardilar. Ularga o'zlari mazax qilib yurgan narsa (Qur'on)ning xabarlari tez orada kelib qolur.


  1. Ulardan oldin necha avlodni halok etganimizni ko'rmadilarmi?! Ularga Yerda sizlarga bermagan imkoniyatlarni berdik, ustilariga osmon (yomg'ir)ni yog'dirdik va ostilaridan anhorlarni oqizib qo'ydik. So'ngra gunohlari tufayli ularni halok qildik va ulardan keyin boshqa avlodni keltirdik.


  1. Bordiyu Sizga (ey, Muhammad,) qog'ozga (yozilgan) bitikni tushirsagu uni qo'llari bilan siypalab ko'rganlarida ham (baribir) kufrga ketganlar: "Bu aniq sehrdan boshqa (narsa) emas", - degan bo'lur edilar.


  1. Yana ular: "Unga biror farishta tushsa edi", - dedilar. Agar farishta tushirsak, ish hal bo'lur edi. So'ngra ularga muhlat berib o'tirilmas edi.


  1. Bordiyu uni (Payg'ambarni) farishta qilganimizda ham, uni erkak (kishi suratida) qilgan va ularga qorong'u (gumon) bo'lgan narsani (yana) qorong'uligicha qoldirgan bo'lar edik.

Izoh: Ya'ni tushirilgan farishtani erkak suratida qilganimizdan keyin ular yana: "bu farishta emas", - deb qaysarlik qilgan bo'lur edilar.

  1. Sizdan oldingi payg'ambarlar ham istehzo (mazax) qilingan. So'ngra ularni masxara qilganlarni o'sha mazax qilgan narsalari (ya'ni, haqiqat) qamrab oldi (halok etdi).


  1. Ayting: "Yerni sayr qilib (aylanib) chiqinglar. So'ngra (payg'ambarni) yolg'onchiga chiqarganlarning (oxir-)oqibati ne bo'lganini ko'ringlar!"


  1. Ayting: "Osmonlar va Yerdagi bor narsa kimniki?" Ayting: "Allohniki". (U) O'ziga rahmatni (bor mavjudotga rahm-shafqat qilishni) yozdi (va'da qildi). Sizlarni, albatta, Qiyomat kuniga jam qilajak.

Bunda shak yo'qdir. O'zlariga (nisbatan) ziyonkor bo'lganlar (bunga) imon keltirmaydilar.

  1. Kecha va kunduzda sokin turuvchi narsalar (ham) Unikidir. U eshituvchi va biluvchidir.


  1. Ayting: "Osmonlaru Yerni ixtiro etgan, (o'zgalarga) yedirib, O'zi yemaydigan - Allohdan o'zgani do'st tutayinmi?!" Ayting: "Darhaqiqat, men musulmonlarning birinchisi bo'lishga buyurildim. Aslo mushriklardan bo'lmangiz! (deb ham)"


  1. Ayting: "Albatta, men agar Rabbimga nofarmonlik qilsam, ulug' Kunning azobidan qo'rqaman".


  1. O'sha kuni kimdan u (azob) chetlatilsa, demak, (Alloh) unga rahm qilibdi. Bu aniq yutuqdir.


  1. Agar Alloh Sizga biror zarar (musibat) yetkazsa, Undan o'zga uni bartaraf etuvchi yo'qdir. Agar Sizga biror xayrlik yetkazsa, (bilingki,) U hamma narsaga qodirdir.


  1. Bandalari ustidan U g'olibdir. U hikmatli va xabardordir.


  1. Ayting: "Guvohlik bo'yicha qaysi narsa kattaroq?" (Yana o'zingiz) ayting: "Alloh. (U) men bilan sizlarning o'rtamizda guvohdir. Sizlarni va (da'vatim) yetib borganlarni ogohlantirish uchun menga ushbu Qur'on vahiy qilindi. Sizlar haqiqatan ham, Alloh bilan birga boshqa ilohlar (ham) bor, deb guvohlik berasizmi?" Ayting: "(Men) guvohlik bermayman". Ayting: "Darhaqiqat, U yagona ilohdir. Men esa, sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman".


  1. Biz Kitob bergan (yahudiy va nasroniy)lar uni (Muhammadni) o'z o'g'illarini tanigandek taniydilar. O'zlariga ziyon qilganlargina (unga) imon keltirmaydilar.


  1. Alloh (sha'ni)ga yolg'on to'qigan yoki Uning oyatlarini yolg'onga yo'yuvchi kimsadan kim ham zolimroq ekan? Albatta, zolimlar tole topmaslar.


  1. Ularning hammasini yig'ib, keyin shirk keltirganlarga Biz: "(Alloh deb) hisoblab yurgan sheriklaring qani?" - deydigan Kunni (eslang!)


  1. So'ngra ularning fitnasi ("uzri") faqat: "Rabbimiz - Allohga qasamki, (biz) mushrik bo'lmaganmiz!" - deyishlari bo'lur.


  1. O'zlari nomidan yolg'on gapirishlarini va to'qib yurgan (soxta ma'bud)larning ulardan yo'qolib ketganini ko'ring!


  1. Ular ichida (Qur'on o'qiganingizda) Sizga quloq soladiganlari ham bor. Uni fahmlamasliklari uchun qalblariga parda, quloqlariga og'irlik (paydo) qildik. Har (turli) mo''jizani ko'rsalar (ham) unga ishonmaydilar. Hattoki, Siz bilan bahslashgani huzuringizga kelganlarida, kufrga ketganlar: "Bu avvalgilardan qolgan afsonalardan boshqa narsa emas", - deydilar.


  1. Ular undan (Islomdan) qaytaradilar va undan (o'zlari ham) uzoqlashadilar. Sezmagan hollarida faqat o'zlarinigina halok qiladilar.


  1. Do'zax uzra to'xtatib qo'yilganda, "Oh, koshki edi (dunyoga) qaytarilsak, Rabbimiz oyatlarini yolg'onga chiqarmay, mo'minlardan bo'lsak", - deganlarini ko'rganingizda edi!


  1. Yo'q! Ularga oldindan yashirib yurgan (sir)lari fosh bo'lib qoldi. Bordiyu (dunyoga) qaytarilsalar ham, (yana o'sha) taqiqlangan narsalarga qaytgan bo'lur edilar. Ular, haqiqatan, yolg'onchilardir!

  2. Yana: "Shu dunyo hayotidan boshqa hech narsa yo'q. Biz (qayta) tiriltiriluvchi emasmiz", - degan bo'lur edilar.


  1. Parvardigorlari huzuriga turg'izib qo'yilganlarida (Alloh): "Shu (qayta tirilish) haq emas ekanmi?" - deganida, (ular): "Rabbimiz haqqi, yo'q! (haq ekan!)" - deganlarini, (Alloh): "Kufrda bo'lganingiz sababli shu azobni totingizlar!" - deyishini ko'rsangiz edi!


  1. Daf'atan qiyomat kelib qolganda, gunohlarini orqalariga ortgan hollarida: "YO hasrato, unda (yorug' dunyoda) qosirlik qilgan ekanmiz", - deb aytadigan paytlariga qadar Allohga yo'liqishni yolg'onga chiqarganlar ziyon ko'radilar. Qarang, qanday yomon narsani orqalaydilar!


  1. Bu dunyo hayoti faqat behuda o'yin-kulgidir. Taqvolilar uchun esa oxirat diyori yaxshidir. Aql yuritmaysizlarmi?!


  1. Aytgan gaplari Sizni ma'yus (xafa) qilayotganini yaxshi bilurmiz. Ular, aslida, Sizni yolg'onchiga chiqarmayaptilar, balki (bu) zolimlar Allohning oyatlarini inkor etayotirlar.


  1. Sizdan oldingi payg'ambarlar ham yolg'onchiga chiqarilganlar. To ularga Bizning yordamimiz kelgunga qadar yolg'onchiga chiqarilganlariga va berilgan aziyatlarga sabr qildilar. Allohning so'zlari (va'dalari)ni o'zgartiruvchi (kuch) yo'qdir. Sizga payg'ambarlar xabaridan (qisman) keldi.


  1. Agar ularning e'tirozlari Sizga og'ir botayotgan bo'lsa, Yerga teshik yoki osmonga narvon izlab (bo'lsa ham) ularga biror mo''jiza keltira olsangiz (edi). Agar Alloh istaganda edi, ularni hidoyat uzra jam qilgan bo'lur edi. Bas, (buning hikmatini bilmaydigan) johillardan bo'lmang!

Izoh: Ularning imondan yuz o'gi rishlari Payg'ambar (a. s.)ga og'ir botganda, nima qilishlarini bilmay qolar edilar. Oyatdagi ibora o'zbekchadagi "yer qattiq, osmon uzoq" iborasiga o'xshab ketadi. Ikkinchi ma'nosi - mo''jiza sifatida yerni teshish yoki osmonga ko'tarilish bilan ularni lol qoldirib, hidoyat yo'liga kiritmoqchi bo'lishlaridir.

  1. Albatta, eshitadiganlar (da'vatingizni) qabul qilurlar. O'liklarni esa, Alloh tiriltirur. So'ngra Uning huzuriga qaytarilurlar.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling