Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet51/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Oyatni yanada kengroq anglash uchun "Ra'd" surasining 11-oyati tajimasi va izohiga qaralsin.

  1. (Bu) Fir'avn zodagonlari va ulardan oldingilarning qilmishlari kabidirki, (ular) Parvardigorlarining oyatlarini yolg'onga chiqarishgach, gunohlari sababli ularni halok etdik va Fir'avn zodagonlarini (suvga) g'arq qildik. Hammasi zolim edilar.


  1. Allohning nazdida jonzotlarning eng yomoni - bu kofir bo'lgan kimsalardir. Bas, (shuning uchun ham ular aslo) imon keltirmaydilar.


  1. Ularning ichida Siz bilan ahdlashgandan so'ng, taqvosizlik qilib, har gal ahdlarini buzaveradiganlari bordir.


  1. Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni (halok qilish) bilan ortlaridagi (himoyachi)larni tumtaraqay qiling! Shoyad (shunda) ular eslatma olsalar.


  1. Agar (biror) qavm tarafidan (ahdga) xiyonat (bo'lishi)dan qo'rqsangiz, ularga (ahd bekor qilingani to'g'risidagi xabarni) barobar tarzda tashlang! Albatta, Alloh xoinlarni yaxshi ko'rmagay.


  1. Kofir bo'lganlar "o'zib ketdik" deb o'ylamasinlar. Ular (Allohni) sira ojiz qoldira olmaydilar.


  1. Ular uchun imkoningiz boricha (harbiy) kuch va otliq bo'linmalarni tayyorlab qo'yingizlar! Bu bilan

Allohning va o'zlaringizning dushmaningizni va ulardan o'zga sizlar bilmaydigan, lekin Alloh biladigan (dushman)larni ham qo'rquvga solgan bo'lursizlar. Allohning yo'lida nimani sarf qilsangiz, sizlarga (uning savobi) zulm qilinmagan holingizda to'la-to'kis berilur.

  1. Agar ular sulhga moyil bo'lsalar, Siz ham unga moyil bo'ling va Allohga tavakkul qiling! Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.


  1. Agar (ular) Sizni aldamoqchi bo'lsalar, bas, albatta, Sizga Alloh (O'zi) kifoyadir. U Sizni (O'z) yordami va mo'minlar bilan quvvatlantirgan


  1. va ularning dillarini (o'zaro) yaqinlashtirgan zotdir. Agar (Siz) yerdagi (hamma) narsani sarflaganingizda ham (ularning) dillarini (bir-biriga) bog'lay olmagan bo'lur edingiz. Lekin, Alloh ularning o'rtasini bog'ladi. Albatta, U qudratli va hikmatlidir.


  1. Ey, Payg'ambar! Sizga va Sizga ergashgan mo'minlarga Alloh kifoyadir.


  1. Ey, Payg'ambar! Mo'minlarni jangga undang! Agar sizlardan yigirma nafar sabrli (kishi) bo'lsa, ikki yuz nafar (dushman)ni yengar. Agar sizlardan yuz nafar bo'lsa, mingta kofir bo'lganlarni yengar. Sabab - ularning anglamaydigan qavm ekanligidir.


  1. Endi, Alloh sizlardan (yukingizni olib) yengillashtirdi. Sizlarda ojizlik bor ekanini bildi. Bas, sizlardan yuz nafar sabrli (jangchi) bo'lsa, ikki yuzta (yov)ni yengar. Agar sizlardan ming nafar bo'lsa, Allohning izni bilan ikki ming (yov)ni yengar. Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.


  1. Biror Payg'ambar uchun, to yerda (dushmanlarga) zarba bermagunicha, asirlarga ega bo'lish mumkin emas. (Siz - mo'minlar) dunyo matohini istaysizlar. Alloh esa, (sizlar uchun) oxiratni istaydi. Alloh qudratli va hikmatli (zot)dir.


  1. Agar Allohning (taqdirda xatoni kechi- rishi to'g'risidagi) bitigi bo'lmaganda, albatta, sizlarga olgan (tovon)laringiz uchun ulkan azob yetgan bo'lur edi.


  1. Olgan o'ljalaringizdan halol-pok holida tanovul etingiz va Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.


  1. Ey, Payg'ambar! Qo'llaringizdagi asirlarga ayting: "Agar Alloh dillaringizda yaxshilik (imon borligi)ni bilsa, sizlardan olingan (tovon)dan yaxshiroq narsa berur va sizlarni kechirur. Alloh kechirimli va rahmlidir".


  1. Agar (ular) Sizga xiyonat qilmoqchi bo'lsalar, ular ilgari ham Allohga xiyonat qilgan edilar. Shunda ulardan (jazoga) imkoniyat hosil bo'lgan edi. Alloh ilmli va hikmatli (zot)dir.


  1. Albatta, imon keltirganlar, hijrat qilganlar, mollari va jonlari bilan Alloh yo'lida (dushmanga qarshi) kurashgan va (muhojirlarga) joy berib yordam ko'rsatgan (madinalik ansor)lar, aynan o'shalar birbirlariga do'stdirlar. Imon keltirganu, lekin hijrat qilmaganlar, to hijrat qilmagunlariga qadar, ular bilan do'stlik qilish sizlar uchun joiz emasdir. Agar (ular) sizlardan din xususida yordam so'rasalar, ularga yordam berish sizning zimmangizdadir. Illo, o'rtalaringizda (urushmaslik haqida) ahdlashuv bo'lgan qavm ziddiga (yordamlashish joiz) emas. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.

Izoh: Makkalik musulmonlar zimmasidagi Madinaga hijrat qilish (ko'chib ketish) farzligi sakkizinchi hijriy yili, ya'ni Makka fath etilganidaN keyin mansuh (bekor) qilinda.

  1. Kofir bo'lganlar (ham) bir-birlariga do'stdirlar. Agar shuni qilmasangiz, yerda fitna va katta fasod bo'lur.


  1. Imon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo'lida (yovga qarshi) kurashganlar hamda (muhojirlarga) joy berib yordam qilganlar, aynan o'shalar haqiqiy mo'mindirlar. Ular uchun mag'firat va farovon rizq bordir.


  1. Keyinroq imon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan birga (yov bilan) kurashganlar, aynan o'shalar (ham) sizlardandirlar. Qarindoshlar esa, Allohning Kitobida bir-birlariga yaqinroqdirlar. Albatta, Alloh har narsani biluvchidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling