Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet117/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Yo, Sin.


  1. (Ey, Muhammad, ushbu) hikmatli Qur'onga qasamki,


  1. haqiqatan, Siz payg'ambarlardandirsiz!


  1. (Siz) To'g'ri yo'ldadirsiz.


  1. (Bu Qur'on) qudratli va rahmli (Alloh)ning nozil qilgan (Kitob)idir,


  1. toki ota-bobolari ogohlantirilmay, g'ofil bo'lib qolgan qavmni ogohlantirgaysiz.


  1. Ularning ko'plariga So'z (azob haqidagi hukm) muqarrar bo'lgandir. Bas, ular imon keltirmaslar.


  1. Darhaqiqat, Biz ularning bo'yinlariga, to iyaklarigacha kishanlarni solib qo'ydik, bas, ular kekkayuvchilardir.


  1. Yana ularning oldilaridan bir to'siq (parda), ortlaridan bir to'siq (parda) qilib, ularni o'rab qo'ydik. Bas ular "ko'ra" olmaslar.

Izoh: Bu oyat Abu Jahl Maxzumiy haqida nozil bo'lgan. U Rasulullohni namoz o'qiyotgan paytlarida boshlariga tosh bilan urib majruh qilishga qasam ichgan bo'lib, maqsadini amalga oshirmoqchi bo'lganida toshni ko'targanicha qo'llari toshga yopishib qoladi. Sharmanda bo'lib o'z qavmiga qaytib kelgach, boshqa biri "Bu ishni men bajaraman" - deb ravona bo'lganida, Alloh taolo amri bilan uning ko'zi ko'r bo'lib qoladi.

  1. (Ey, Muhammad,) Siz ularni ogohlantirdingizmi yoki ogohlantirmadingizmi – ularga barobardir - imon keltirmaslar.


  1. Siz faqat Zikr (Јur'on)ga ergashgan va Rahmondan g'oyibona qo'rqqan kishilarnigina ogohlantira olursiz. Bas, o'shalarga mag'firat va ulug' mukofot (jannat) xushxabarini bering!


  1. Albatta, Biz o'liklarni tiriltirurmiz va ularning qilgan amallarini hamda (qoldirgan) izlarini yozib qo'yurmiz. Barcha narsani Biz aniqlab beruvchi Imom (Lavhul-Mahfuz)da hisobga olganmiz.


  1. (Ey, Muhammad,) Siz ularga qishloq (ahli)ni - u joyga elchilar kelgan paytini misol keltiring!

Izoh: Qishloqning nomi Antokiya bo'lib, u Rum (hozirgi Italiya) ning qadimiy qishloqlaridan biridir.

  1. O'shanda Biz ularga ikkita (elchi)ni yuborganimizda (ular) ikkisini yolg'onchiga chiqarishgach, uchinchi (elchi) bilan quvvatlantirdik. Bas, (uchchala elchi Antokiya ahliga): "Haqiqatan, biz sizlarga (yuborilgan) elchilarmiz", degan edilar.


  1. Ular: "Sizlar ham xuddi bizga o'xshagan odamlarsiz. Rahmon (Alloh) biror narsa (vahiy) nozil qilgani yo'q. Sizlar faqat yolg'on so'zlamoqdasizlar", - dedilar.


  1. (Elchilar) aytdilar: "Rabbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga (yuborilgan) elchilardirmiz!


  1. Bizlarning zimmamizda faqat (Allohning vahiysini sizlarga) aniq yetkazishgina bordir".


  1. (Ular) dedilar: "Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz. Јasamki, agar (da'vatlaringizni) to'xtatmasangizlar, sizlarni, albatta, toshbo'ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar".


  1. (Elchilar) aytdilar: "Shumlanishingiz o'zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa

(shumlanasizlarmi)?! Yo'q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!"

  1. (Shu payt) bir kishi shaharning ichkarisidan shoshgancha kelib, dedi: "Ey, qavmim, (bu) elchilarga ergashinglar!


  1. O'zlari hidoyatda bo'lgan va sizlardan haq so'ramaydigan zotlarga ergashinglar!"

Izoh: Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi Habib ismli bir xudojuy duradgor bo'lib, u shahar chetida yashar edi.

  1. (U yana aytdi): "Nega men o'zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? (Sizlar ham) Ungagina qaytarilursizlar.


  1. Men Undan O'zgalarni iloh qilib olaymi?! (Holbuki), agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni istasa, u ("iloh")larning shafoatlari menga biror foyda bera olmas va ular meni (azobdan) qutqara olmaslar.


  1. U holda men, albatta, aniq zalolatda bo'lurman-ku!


  1. Haqiqatan, men Rabbingizga imon keltirganman, meni eshitib qo'yingiz!"


  1. (So'zlariga boqmay uni qatl qilishgach, unga) "Jannatga kir",- deyildi. (U joydagi noz-ne'mat va izzat-ikromni ko'rgach), u aytdi: "Qani edi qavmim bilsalar


  1. Rabbimning meni mag'firat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling