Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet119/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Alloh yo'lida) saf tortib turuvchi,


  1. (gunoh ishlardan) mudom to'suvchi,


  1. (Allohning kalomini) doimo zikr qiluvchi (farishtalar va insonlardan iborat barcha) zotlarga qasamki,


  1. haqiqatan, ilohingiz yagonadir!


  1. (U) osmonlar, Yer va ularning o'rtasidagi narsalarning Parvardigoridir. (U yana) kunchiqar (va kunbotar) tomonlarning Parvardigoridir.


  1. Darhaqiqat, Biz dunyo osmonini yulduzlar bilan ziynatladik.


  1. (Uni) har qanday itoatsiz shaytondan (jindan) saqladik.


  1. U (jin)lar eng oliy mavjudotlar (farishtalar so'zlari)ni eshita olmaslar, ularga har tomondan (yulduzlar) otilur


  1. haydash uchun. Ularga (oxiratda) doimiy azob bordir.


  1. Illo, biror marta (biror so'zni) ilib olgani bo'lsa, unga ham uchar yulduz quvib yetar (va halok etar).


  1. Bas, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, ular(ni) yaratish qiyinroqmi yoki Biz yaratgan narsalarnimi?! Zotan, Biz ularni (Odamni) yopishqoq loydan yaratgandirmiz.


  1. Balki Siz (ulardan) taajjubdadirsiz, (ammo) ular esa masxara qilurlar.


  1. Ularga (Qur'on bilan) nasihat qilinsa, nasihatni olmaslar.


  1. Biror mo''jizani ko'rsalar, (imon keltirish o'rniga) yanada ziyodaroq masxara qilurlar


  1. va derlar: "Bu faqat aniq sehrdir.


  1. Bizlar o'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketganimizda (rostdan ham), yana qayta tiriluvchi ekanmizmi?!


  1. Avvalgi (o'tib ketgan) ota-bobolarimiz ham-a?!


  1. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "O'a! Sizlar (o'sha kuni) xor bo'luvchidirsizlar!"


  1. U (ya'ni, qayta tirilish) faqatgina (Isrofilning suri bilan chalinuvchi) bir qichqiriqdir, xolos, bas, ular (qayta tirilib, hukmga) qarab tururlar.


  1. "Holimizga voy! Bu jazo kuni-ku!" - deb qolurlar.

  2. Mana shu sizlar yolg'on deb o'tgan Ajrim kunidir.


  1. (Ey, farishtalar,) zolim (kofir) bo'lgan kimsalar va ularning yoronlarini hamda ibodat qilib o'tgan narsalarini to'plangiz,


  1. Allohdan o'zga. Bas, ularni do'zax yo'liga boshlangiz.


  1. (Ammo farmonim bo'lguncha) ularni to'xtatib (do'zaxga tashlamay) turinglar! Chunki, ular (qilmishlari to'g'risida) so'raluvchidirlar.


  1. (Ularga deydilar): "Nega bir-birlaringizga yordam bermayapsizlar?!"


  1. Yo'q, ular bu Kunda taslim bo'luvchidirlar!


  1. Ularning ba'zisi ba'zisiga qarab savoljavob qilurlar:


  1. (Aldanganlar o'z peshvolariga): "Haqiqatan, sizlar bizlarga o'ng tomondan (ya'ni, ishonchli tomondan) kelar edinglar", - deydilar.


  1. (Peshvolar) ayturlar: "Yo'q, sizlar o'zlaringiz mo'min bo'lmagan edinglar.


  1. (Axir) bizlar uchun sizlarning ustingizdan hukmronlik yo'q edi-ku! Yo'q, sizlar o'zlaringiz haddan oshuvchi qavm edingizlar.


  1. Bas, endi bizlarga Parvardigorimizning So'zi (azobi) muqarrar bo'ldi. Bizlar (uni) totuvchidirmiz.


  1. Chunki, bizlar yo'ldan ozuvchi bo'lganimiz sababli sizlarni ham yo'ldan ozdirdik".


  1. Bas, albatta, ular (ozganlar va ularning peshvolari) o'sha Kunda azobda sherik bo'luvchidirlar.


  1. Darhaqiqat, Biz jinoyatchilarga mana shunday (ish) qilurmiz.


  1. Chunki, ularga: "Allohdan o'zga iloh yo'q",deyilganda, kibrlangan edilar.


  1. Ular: "Hali bizlar bir majnun shoirni deb ilohlarimizni tark etar ekanmizmi?" - der edilar.


  1. Yo'q, (Muhammad) haq (din)ni olib keldi va (o'tgan) barcha payg'ambarlarni tasdiq etdi.


  1. (Ey, jinoyatchilar,) sizlar, albatta, alamli azobni totuvchidirsizlar!


  1. Sizlar faqat qilib o'tgan jinoyatlaringiz sababli jazolanursizlar.


  1. Illo, Allohning shunday ixlosli bandalari bordirki,


  1. aynan o'shalar uchun ma'lum rizq,


  1. (turli) mevalar bo'lur. Ular izzat-ikromdadirlar,


  1. ne'mat bog'larida,


  1. so'rilar ustida bir-birlariga ro'baro' bo'lib o'tirurlar.

  2. Ularga oqin chashmadan qadahlar aylantirilur.


  1. Ichuvchilar uchun lazzatli, oppoq (qadahlar)dir (ular).


  1. U (sharob)da aqldan ozdiruvchi narsa bo'lmas va ular undan mast bo'lmaslar.


  1. Yana ularning oldilarida nigohlari (begonaga qarashdan) chegaralangan, keng-katta ko'zli (hur qiz)lar bo'lur.


  1. Ular go'yo (pardaga) o'ralgan (oppoq) tuxumdekdirlar.


  1. Bas, ular bir-birlariga qarab savol-javob qilurlar.


  1. Ulardan biri deydi: "Mening bir do'stim bor edi.


  1. U (menga): "Rostdan ham sen (qayta tirilishimizni) tasdiq etuvchilardanmisan?


  1. O'lib, tuproq va suyaklarga aylanib ketgan vaqtimizda haqiqatan ham (tiriltirilib) jazolanuvchimizmi?" - der edi.


  1. (Jannatdagi birodarlariga): "Sizlar (ham o'sha do'stimning do'zaxdagi holiga) qarayapsizlarmi?" - deydi.


  1. So'ng o'zi qarab uni do'zaxning o'rtasida ko'rgach,


  1. deydi: "Allohga qasamki, darhaqiqat, sen meni ham halok qilayozgan eding.


  1. Agar Rabbimning ne'mati (hidoyati) bo'lmasa edi, albatta, men ham (sen bilan birga do'zaxga) hozir qilinuvchilardan bo'lur edim.


  1. (Qani endi menga aytchi), bizlar o'luvchi emas ekanmizmi?!


  1. O'sha birinchi o'limimizdan boshqa-ya?! (So'ng) azoblanuvchi ham emas ekanmizmi?!


  1. Albatta, mana shu (jannat ne'matlari) ulkan yutuqning o'zidir!


  1. Bas, aynan mana shunday yutuq uchun amal qiluvchilar amal qilsinlar!"


  1. Mana shu yaxshi ziyofatmi yoki zaqqum daraxtimi?


  1. Haqiqatan, Biz uni (zaqqum daraxtini) zolimlar uchun fitna (sinov va azob) qilib qo'ydik.

izoh: Zaqqum do'zaxda o'suvchi bir g'ayri tabiiy daraxt bo'lib, u to'g'ridagi xabarni eshitgan kofirlar olovda daraxt o'sishini aqllariga sig'dira olmaganlar. Bu bilan Alloh o'z bandalari O'zining cheksiz qudratiga qay darajada imon keltirishlarini sinovdan o'tkazmoqchi. Mo'min kishi Alloh va Uning rasulidan kelgan har qanday xabar va ma'lumotlarga, garchi aqliga sig'masa ham hech ikkilanmay ishonadi va imon keltiradi. Allohning O'ziga ishonmaydigan kofir esa Uning qudratiga ham ishona olmaydi.

  1. Darhaqiqat, u do'zax qa'rida chiqadigan (o'sadigan) bir daraxtdir.


  1. Uning butoqlari(dagi mevalari xunuklikda) xuddi shaytonlarning boshlariga o'xshar.

  2. Bas, ular (do'zax ahli), albatta, undan yeyuvchi va qorinlarni u bilan to'ldiruvchidirlar.


  1. So'ngra, albatta, ular uchun uning (zaqqum mevalari) uzra qaynoq suvdan aralashtirish bordir.


  1. So'ngra ularning qaytishlari, albatta, do'zax sari bo'lur.


  1. Albatta, ular (Makka mushriklari) o'zlarining ota-bobolarini adashgan holda topdilar.


  1. Bas, o'zlari ham ularning izlaridan chopmoqdalar.


  1. Ulardan avval o'tganlarning ko'plari ham yo'ldan ozgan edilar.


  1. Holbuki, Biz ularning orasiga ogohlantiruvchi (payg'ambar)larni yuborgan edik.


  1. Bas, ogohlantirilganlarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'ring!


  1. Illo, Allohning ixlosli bandalarigina (halokatga duchor bo'lmadilar).


  1. Qasamki, Nuh (qavmidan shikoyat etib,) Bizga nido (iltijo) qildi. Bas, (Biz) naqadar yaxshi ijobat qiluvchidirmiz!


  1. Biz unga va uning ahli (oilasi)ga ulkan tashvishdan (g'arq bo'lishdan) najot berdik.


  1. Uning zurriyotini boqiy qoluvchi kishilar qilib qo'ydik.


  1. Keyingi (avlod)lar orasida u haqda (maqtovlar) qoldirdik.

89. Olamlarda Nuhga salom!

  1. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!


  1. Darhaqiqat, u Bizning mo'min bandalarimizdandir!


  1. So'ngra boshqalar (Nuhni inkor etganlar)ni g'arq qilib yubordik.


  1. Haqiqatan, Ibrohim ham u (Nuh)ning guruhidandir.


  1. Qaysiki, Parvardigoriga sog'lom qalb bilan keldi.


  1. O'shanda u otasi va qavmiga: "Nimaga ibodat qilmoqdasizlar?!


  1. Allohni qo'yib, soxta ilohlarni istaysizlarmi?!


  1. U holda (barcha) olamlarning Parvardigori (jazosi) haqida ne gumoningiz bor?!" - degan edi.


  1. Bas, u yulduzlarga tikilib qaradi.


  1. So'ngra: "Haqiqatan, men betobman", - dedi.


  1. Darhol undan yuz o'girib qaytdilar.


  1. Bas, (Ibrohim) ularning "ilohlari" oldiga asta kelib dedi: "(Oldilaringizdagi taomni) yemaysizlarmi?


  1. Ne bo'ldi sizlarga, so'zlamaysizlar?!"


  1. So'ng ularga yaqin kelib, o'ng qo'li(dagi bolta) bilan urdi.


  1. Bas, (qavmi) uning oldiga shosha-pisha kelishdi.


  1. U dedi: "O'zlaringiz yo'nib (yasab) olgan narsalarga ibodat qilasizlarmi?!


  1. Holbuki, sizlarni ham, sig'inayotgan butlaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!"


  1. Ular (bir-birlariga) dedilar: "(Ibrohim) uchun (ichida olov yonadigan) binolar qurib, uni o'sha olovga tashlanglar".


  1. Bas, ular (Ibrohimga) makr qilmoqchi bo'ldilar. Bas, Biz ularni tuban (mag'lub) qildik.


  1. (U o't ichidan salomat chiqdi) va dedi: "Albatta, men Rabbim (buyurgan taraf)ga ketuvchidirman. Uning O'zi meni (To'g'ri yo'lga) hidoyat qilur.


  1. Ey, Rabbim, O'zing menga solih (farzand)lardan ato etgin!"


  1. Bas, Biz unga bir halim o'g'il xushxabarini berdik.


  1. Bas, qachonki u (otasi) bilan birga yuradigan bo'lgach, (Ibrohim): "Ey, o'g'ilcham, men tushimda seni (qurbonlik uchun) so'yayotganimni ko'rmoqdaman. Endi sen o'zing nima ra'y (fikr) qilishingni bir (o'ylab) ko'rgin", - degan edi, u aytdi: "Ey, otajon, senga (tushingda Alloh tomonidan) buyurilgan ishni qilgin. Inshoalloh, meni sabr qiluvchilardan topursan".


  1. Bas, qachonki, ikkisi ham (Allohning amriga) bo'yin sunib, (Ismoilni qurbonlikka) peshonasi bilan (yerga) yotqizgan ediki,


  1. biz unga nido qildik: "Ey, Ibrohim!


  1. Darhaqiqat, sen tushni tasdiq etding. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz".


  1. Albatta, bu (qurbonlikka buyurishim) ayni sinovdir.


  1. Biz (Ismoilning) o'rniga katta bir (qo'chqor) so'yishni evaz qilib berdik.


  1. Keyingi (avlod)lar orasida u (Ibrohim) haqida yaxshi gaplarni qoldirdik.


  1. Ibrohimga salom!


  1. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!


  1. Darhaqiqat, u Bizning mo'min banda larimizdandir.


  1. Yana, Biz unga solihlardan (bo'lg'usi) payg'ambar Ishoqning xush-xabarini berdik.


  1. Unga (Ibrohimga) ham, Ishoqqa ham barakot berdik. Ularning zurriyotidan ezgu amal qiluvchi ham, o'ziga aniq zulm qiluvchi ham bo'lur.


  1. Qasamki, Biz Muso va Horunga (payg'ambarlik) in'om etdik.


  1. Biz ikkisiga va ularning qavmiga ulug' g'amdan najot berdik.


  1. Ularga madad berdik, bas, ular (Fir'avn ustidan) g'olib bo'ldilar.


  1. Biz ularga aniq Kitob (Tavrot) ato etdik.


  1. Hamda ularni To'g'ri yo'lga hidoyat qildik.


  1. Keyingi (avlod)lar orasida u ikkisi haqida (yaxshi gaplarni) qoldirdik.


  1. Muso va Horunga salom!


  1. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!


  1. Darhaqiqat, ikkisi ham Bizning mo'min bandalarimizdandir.


  1. Ilyos ham, albatta, payg'ambarlardandir!


  1. Qaysiki, u o'z qavmiga degan edi: "(Allohdan) qo'rqmaysizlarmi?!


  1. Sizlar yaratuvchilarning yaxshisini qo'yib, Ba'l (nomli but)ga sig'inyapsizlarmi?


  1. Sizlarning Rabbingiz va avvalgi otabobolaringizning ham Rabbini qo'yib-a?!"


  1. Bas, (Ilyosni) yolg'onchiga chiqardilar. Bas, albatta, ular (do'zaxga) hozir qilinuvchidirlar,


  1. illo, Allohning ixlosli bandalarigina (hozir bo'lmaslar).


  1. Biz keyingi (avlod)lar orasida u (Ilyos) haqida (go'zal maqtovlar) qoldirdik.


  1. Ilyosga salom!


  1. Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz!


  1. Darhaqiqat, u Bizning mo'min bandalarimizdandir.


  1. Lut ham, albatta, payg'ambarlardandir!


  1. Qaysiki, Biz unga va uning barcha ahliga najot bergan edik.


  1. Faqat (azobda) qoluvchilardan bo'lmish bir kampirga (Lutning xotiniga najot bermadik).


  1. So'ngra boshqalarni halok qildik.


  1. (Ey, Makka ahli,) aniqki sizlar ularning ustidan tongda o'tib turursizlar,


  1. tunda ham. Axir, aql yurgizmaysizlarmi?!


  1. Yunus ham, albatta, payg'ambarlardandir!


  1. Qaysiki (o'z qavmidan g'azablanib) to'la yukli kemaga qarab qochgan edi.


  1. Bas, (kemadagilar bilan) qur'a tashlashdi va mag'lub bo'ldi.

Izoh: Qissa haqida shunday rivoyat bor. Yunus (a. s.) o'z qavmining qilmishlaridan ozorlanib, ularga va'da qilingan jazo kelavermagach, o'zlari bosh olib chiqib ketib, bir dengiz bo'yiga yetib boradilar. Jo'nab ketayotgan bir kemaga minganlarida, dengiz o'rtasiga borib, kema to'xtab qoladi. Kemachilar:
"Yo'lovchilarimiz ichida o'z xojasidan qochgan qul bo'lsa kerak. Uni topmasak kemamiz turaveradi" - deb qur'a tashlaydilar. Qur'ada Yunus (a. s.) nomi chiqqach, ul zotni dengizga tashlab yuboradilar. Qissa 142oyatda davom etadi.

  1. Bas, malomatga qolgan holida uni bir nahang baliq yutib yubordi.


  1. Bas, agar u (Allohga doimo) tasbeh aytuvchilardan bo'lmaganda,


  1. albatta, u (baliq) qornida, to qayta tiriladigan kunlarigacha (qiyomatgacha), qolib ketgan bo'lur edi.


  1. Bas, Biz uni xasta holida quruqlikka uloqtirdik.


  1. Uning ustida (soya tashlab turishi uchun) qovoq daraxtini undirib qo'ydik.


  1. Biz uni yuz ming, balki undan ham ko'proq (odam)ga payg'ambar qildik.


  1. Bas, ular (Yunusga) imon keltirdilar. So'ng Biz ularni (ma'lum) bir muddatgacha (ajallari yetguncha hayotdan) bahramand etdik.


  1. Endi, (ey, Muhammad, Makka kofirlaridan) so'rang-chi, qizlar (farishtalar) Parvardigoringiznikiyu, o'g'illar ularnikimi?!


  1. Yoki Biz farishtalarni ularning guvohliklarida qiz qilib yaratibmizmi?!


  1. Ogoh bo'lingizkim, ular yolg'onchiliklari tufayli aytadilar:


  1. "Alloh farzandli". Ular, albatta, yolg'onchidirlar!


  1. (Alloh) o'g'illarni qo'yib, qizlarni tanlagan emishmi?!


  1. (Ey, Makka ahli,) sizlarga nima bo'ldi?! Qanday (nohaq hukm chiqarmoqdasizlar-a?!


  1. Axir eslatma olmaysizlarmi?!


  1. Yoki sizlar uchun (Allohning farzandi haqida) biror aniq hujjat bormi?!


  1. Bas, agar rostgo'y bo'lsangizlar, kitobingizni keltiringlar-chi?!


  1. (Mushriklar) U bilan jinlar (farishtalar) o'rtasida nasab (ota-bolalik bor, deb gumon) qildilar. Holbuki, jinlar (farishtalar) ularning Alloh azobiga hozir qilinuvchi ekanlarini bilganlar.


  1. Alloh ularning ("farzandi bor", deb) sifatlashlaridan pokdir.


  1. Illo, Allohning ixlosli bandalarigina (Allohni to'g'ri sifatlaydilar).


  1. (Ey, Makka ahli,) shak-shubha yo'qki, sizlar ham, sig'inayotgan butlaringiz ham


  1. (Alloh)ga qarshi fitnaga soluvchi (alday oluvchi) emasdirsizlar,


  1. illo, Allohning taqdirida do'zaxga kiruvchi bo'lgan kimsalarnigina (alday olursizlar).


  1. (Farishtalar dedilar): "Bizlarning har birimiz uchun (osmonlarda) aniqki, ma'lum bir maqom bordir.


  1. Darhaqiqat, bizlar (Alloh xizmatida) saf tortib turuvchilardirmiz.


  1. Yana, bizlar (Allohga) tasbeh aytuvchilardirmiz".


  1. Darvoqe, (Makka ahli) aytar edilar:


  1. "Agar bizning oldimizda ham avvalgilar(ning kitoblari)dan biror eslatma (Kitob) bo'lsa edi,


  1. albatta, bizlar ham Allohning ixlosli bandalari bo'lur edik".


  1. Bas, (Qur'on nozil bo'lgach,) unga kofir bo'ldilar. Bas, yaqinda (buning oqibatini) bilurlar.


  1. Bizning payg'ambar bo'lgan bandalarimiz haqidagi (ushbu) So'zimiz kechgandir:


  1. "Shubhasiz, ular qo'llab-quvvatlanuvchilardir.


  1. Va albatta, Bizning qo'shinimiz (ya'ni, payg'ambarlar va mo'minlar) g'olibdirlar".


  1. Bas, (ey, Muhammad,) Siz ulardan (mushriklardan) vaqtincha yuz o'giring!


  1. Ularni (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar.


  1. Hali ular Bizning azobimizni qistamoqdamilar?!


  1. Bas, qachonki, (azobimiz) ularning hovlilariga (ustilariga) tushganida (o'sha) ogohlantirilgan kimsalarning tonglari xayrli bo'lmas.


  1. Siz ulardan (ma'lum) bir vaqtgacha yuz o'giring!


  1. Ularning (mag'lub bo'lganlarida) ko'ring! Bas, yaqinda ular (kufrlarining oqibatini) ko'rajaklar.


  1. Qudrat egasi bo'lmish Rabbingiz ularning tavsiflaridan (aybu nuqsondan) pokdir.


  1. Payg'ambarlarga salom!


  1. Hamd esa, (barcha) olamlar Rabbiga (xosdir).

SOD SURASI
"Sod" - arab alifbosining 14-harfi. Bu yerda u nimaning ramzi ekanligi faqat Allohgagina ma'lum. Surada mushriklarning Rasulullohga nisbatan o'tkazgan tazyiqlariga sabr qilishlari, oxiratda berilajak mukofot va jazolar, kibr-havodan hazar qilish, insoniy fazilatlarga targ'ibot kabi ilohiy ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling