Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet122/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ushbu Qur'on) qodir va hakim - Alloh (tomoni)dan nozil qilingan Kitobdir.


  1. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz Sizga bu Kitobni haqiqatan nozil qildik, bas, Siz Allohga - dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qiling!


  1. (Ey, insonlar,) ogoh bo'lingizkim, xolis din yolg'iz Allohnikidir. Undan o'zga "do'stlar"ni ("iloh") qilib olgan kimsalar: "Biz faqat ularga bizni Allohga yaqin qilishlari uchungina ibodat qilurmiz" (derlar). Shubha yo'qki, Alloh (qiyomat kunida) ular ixtilof qilayotgan narsalar xususida ularning o'rtasida hukm qilur. Albatta, Alloh yolg'onchi va noshukr kimsalarni hidoyat qilmas.


  1. Agar Alloh farzand tutishni istasa, so'zsiz, O'zi yaratgan narsalaridan xohlaganini tanlab olgan bo'lur edi. U (bunday aybdan) pokdir. U yagona va g'olib Allohdir!


  1. U osmonlar va Yerni haq (hikmat) bilan yaratgandir. U kechani kunduzning ustidan o'rar, kunduzni kechaning ustidan o'rar. U quyoshni ham, oyni ham (O'z amriga) bo'yin sundirib qo'ygandir. (Ularning) har biri ma'lum muddatgacha joriy bo'lur. Ogoh bo'lingizkim, U qudratli va o'ta kechirimli zotdir!


  1. (U) sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi, so'ngra undan juftini (Havvoni paydo) qildi va sizlar uchun chorva hayvonlaridan sakkiz juftni tushirdi (dunyoga keltirdi). U sizlarni onalaringizning qornida uch (qavat) zulmat ichida asta-sekin yaratur. Mana shu Alloh - Rabbingizdir. Hukmronlik faqat

Unikidir. Undan o'zga (hech) iloh yo'q. Bas, (Unga ibodat qilmay) qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!
Izoh: Sakkiz juft chorva mollaridan murod - tuya, mol, qo'y va echkilardan erkak va urg'ochisi qo'shib hisoblaganda, sakkizta bo'lishi nazarda tutilgan.

  1. Agar sizlar kofir bo'lsangizlar, bas, albatta, Alloh sizlardan behojatdir. U O'z bandalarining kofir bo'lishiga rozi bo'lmas. Agar shukr qilsangizlar (va imon keltirsangizlar) U sizlar uchun rozi bo'lur. Hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (ko'taruvchi)ning yukini (gunohini) ko'tarmas. So'ngra qaytishlaringiz Rabbingiz huzurigadir. Bas, U sizlarga qilib o'tgan amallaringiz xabarini berur. Albatta, U dillardagi sirlarni biluvchidir.


  1. Qachonki, insonga biror ziyon tegsa, u Parvardigoriga tavba-tazarru bilan duo qilur. So'ngra, qachonki, (Alloh) O'z tomonidan unga biror ne'mat ato etsa, ilgari (Allohga) qilgan duolarini unutib qo'yar va (o'zgalarni ham) Allohning yo'lidan ozdirish uchun Unga "teng"larni (o'ylab) topur. (Ey, Muhammad,) ayting: "Sen o'z kufring bilan (dunyoda) ozgina foydalanib qol! Albatta, sen do'zax ahlidandirsan".


  1. Yoki kechalari sajda qilgan va tik turgan holda ibodat qiluvchi, oxiratdan qo'rqadigan va

Parvadigorining rahmatidan umid qiladigan kishi (bilan boshqalar barobarmi?!) Ayting: "Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo'lurmi?!" Darhaqiqat, faqat aql egalarigina eslatma olurlar.

  1. (Ey, Muhammad), Mening imon keltirgan bandalarimga ayting: "Parvardigoringizdan qo'rqingiz!

Bu dunyoda ezgu ish qilgan zotlar uchun (oxiratda) chiroyli (oqibat - jannat) bordir. Allohning yeri kengdir. Albatta, sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob berilur".

  1. Ayting: "Men Allohga dinni Unga xolis qilgan holda ibodat qilishga buyurilganman.


  1. Yana, musulmonlarning avvali bo'lishga buyurilganman".


  1. Ayting: "Albatta, men agar Rabbimga osiy bo'lishga ulug' Kunning azobidan qo'rqurman".


  1. Ayting: "Men faqat Allohga, dinimni Unga xolis qilgan holda ibodat qilurman.


  1. Endi sizlar (ey, mushriklar,) Uni qo'yib, xohlagan narsalaringizga ibodat qilaveringlar". (Ey, Muhammad,) ayting: "Haqiqiy ziyon ko'ruvchilar qiyomat kunida o'zlariga ham, ahli (oila)lariga ham ziyon qiluvchi kimsalardir. Ogoh bo'lingizkim, ana shu aniq ziyondir".


  1. Ular uchun ustilaridan ham olovdan bo'lgan "soyabonlar", ostilaridan ham (olovdan bo'lgan) "soyabonlar" bo'lur. Bu (bo'lajak azob-uqubat) bilan Alloh O'z bandalarini qo'rqitishidir. Ey, bandalarim, Mendan qo'rqingiz!


  1. Shaytonga ibodat qilishdan chetda bo'lgan va Allohga qaytgan zotlar uchun xushxabar bordir. Bas,

(ey, Muhammad,) Mening shunday bandalarimga xushxabar beringki,

  1. ular gapni tinglab, so'ng uning eng go'zaliga (foydalisiga) ergashadilar. Aynan o'shalar Alloh hidoyat etgan zotlardir va aynan o'shalargina aql egalaridir.


  1. Axir, bir kimsaga azob So'zi (hukmi) muqarrar bo'lsa (Siz uni hidoyat qila olarmidingiz)?! Axir, Siz do'zaxdagi kimsani qutqara olarmidingiz?!


  1. Lekin Parvardigorlaridan qo'rqqan zotlar uchun (jannatda) ustma-ust qurilgan ko'shklar bo'lib, ularning ostidan anhorlar oqib turar. (Bu) Allohning va'dasidir. Alloh va'daga xilof qilmas.


  1. Alloh osmondan suv (yomg'ir, qor) yog'dirib, uni yerda buloqlar shaklida oqizib qo'yganini ko'rmadingizmi? So'ngra u (suv)ning vositasida har xil ekinlarni chiqarur, so'ngra u qurir, so'ng Siz uni sarg'aygan holda ko'rasiz, so'ngra (Alloh) uni xazonga aylantirur. Albatta, bunda aql egalari uchun eslatma bordir.


  1. Axir, ko'ksini Alloh Islom uchun (keng) ochib qo'ygan, o'zi esa, Parvardigori (tomoni)dan nur (hidoyat) uzra turgan kishi (boshqalar bilan barobar bo'lurmi)?! Bas, dillari Allohning eslashdan qotib qolgan kimsalar holiga voy! Ular aniq zalolatdadirlar.


  1. Alloh go'zal So'zni, (oyatlari balog'atda) bir-biriga o'xshagan, (hukmlari) takror-takror keluvchi bir Kitob qilib nozil qildiki, undan (o'g'ilganda) Parvardigoridan qo'rqadigan zotlarning terilari titrab ketar, so'ngra terilari va dillari Allohning zikriga yumshar (moyil bo'lur). Mana shu (Kitob) Allohning hidoyatidirki, unga O'zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Kimni Alloh yo'ldan ozdirsa, bas, uning uchun biror hidoyat qiluvchi bo'lmas.


  1. Axir, qiyomat Kuni yomon azobdan yuzi bilan "saqlanadigan" kimsa (azobdan tinch kishi bilan barobar bo'lurmi)?! (U kunda) zolim (kofir)larga: "O'zlaringiz kasb qilib olgan narsani (dinsizlik "meva"sini) totib ko'ringlar!" - deyiladi.


  1. Ulardan oldingilar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqarganlarida, ularga o'zlari sezmaydigan tomondan azob kelgan edi.


  1. Bas, Alloh ularga mana shu dunyo hayotida rasvolikni tottirdi. Oxirat azobi esa yanada kattaroqdir. Agar ular (jazoning qattiqligini) bilsalar edi (payg'ambarlarni inkor etmagan bo'lur edilar).


  1. Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli masallarni keltirdik. Shoyad eslatma olsalar.


  1. (Biz uni) qing'ir joyi bo'lmagan arabiy Qur'on holida (nozil qildik). Shoyad (Allohdan) qo'rqsalar.


  1. Alloh (shunday) bir masal keltirdi: bir kishi (qul) borki, uning ustida talashuvchi sheriklar bor. Yana bir kishi (qul) borki, butunic ha bir kishinikidir. Ikkisining misoli barobar bo'lurmi?! Hamd Alloh uchundir. Ha, ularning ko'plari bilmaslar.


  1. (Ey, Muhammad,) albatta, Siz ham o'luvchidirsiz, ular ham o'luvchidirlar.


  1. So'ngra, albatta, sizlar qiyomat Kuni Rabbingiz huzurida da'volashursizlar.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling