Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet135/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: Bu zarbul-masal musulmonlarning dastlab zaif, kamchilik va xor bo'lganlari, keyinroq esa ravnaq topib, kuchayib ketishini ifoda etadi.
HUJUROT SURASI
Hujurot - hujralar, ya'ni, Rasulullohning istiqomat qiladigan hujralari bo'lib, suraning 4-oyatida bu haqda ma'lumot beriladi.
Surada Alloh bilan Rasulining ko'rsatmalarisiz diniy tadbir o'tkazmaslik, Rasululloh bilan muomala qilish odoblari, mo'min kishi eshitgan gapiga aniqlamasdan ishonib ketmasligi, o'zaro nizolarni tinchlik yo'li bilan bostirish zarurligi, masxara, laqab aytish, g'iybat, badgumonlik kabi razil sifatlardan saqlanishga targ'ib, barcha insonlarning asli bir ota va bir onadan iborat ekanligi, insonning afzalligi millati bilan emas, balki ezgulikka qanchalik intilishi bilan, taqvo bilan belgilanishi kabi saboqlar bayon etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Ey, imon keltirganlar, Alloh va Uning Payg'ambari oldida (ikkisining iznisiz biror so'z yoki ishni) muqaddim etmangizlar! Allohdan qo'rqingizlar! Albatta, Alloh eshituvchi va biluvchidir.


  1. Ey, imon keltirganlar, amallaringiz o'zlaringiz sezmagan holingizda zoye bo'lib ketmasligi uchun sizlar ovozlaringizni Payg'ambarning ovozidan yuqori ko'tarmanglar va unga bir-birlaringizga baland ovoz (dag'al so'z) qilgandek baland ovoz qilmangizlar!


  1. Allohning Payg'ambari huzurida ovozla rini past qilgan zotlar - aynan o'shalar Alloh dillarini taqvo uchun imtihon qilgan zotlardir. Ular uchun mag'firat va ulkan mukofot bordir.


  1. (Ey, Muhammad,) albatta, (ayollaringiz yashaydigan) hujralar ortidan turib, Sizni chaqiradigan kimsalarning ko'plari aql ishlatmaydilar.


  1. Agar ular, to (Siz o'zingiz) ularning oldiga chiqquningizgacha, sabr qilganlarida, albatta, o'zlari uchun yaxshi bo'lur edi. Alloh mag'firatli va rahmlidir.


  1. Ey, mo'minlar, agar sizlarga bir fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo'yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo'lmasliklaringiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko'ringizlar!


  1. Bilinglarki, oralaringizda Allohning Payg'ambari bordir. Agar u ko'p ish(lar)da sizlarga bo'yin sunsa, albatta, sizlar mashaqqatlarga duchor bo'lur edingizlar. Lekin Alloh sizlarga imonni suyukli qildi va uni dillaringizga ziynat qildi hamda sizlarga kufrni fisqu-fujurni va itoatsizlikni yomon ko'rsatib qo'ydi. Ana o'shalargina to'g'ri yo'l topuvchilardir.


  1. (Bu) Alloh (tomoni)dan bo'lmish fazl (marhamat) va ne'matdir. Alloh bilimli va hikmatlidir.


  1. Agar mo'minlardan ikki toifa o'zaro urushib qolsalar, darhol ular o'rtasini isloh etinglar! Bas, agar ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to (tajovuzkor toifa) Allohning amriga qaytgunicha, sizlar tajovuz qilgan (toifa) bilan urushinglar! Endi agar u (toifa tajovuzkorlikdan) qaytsa, sizlar darhol ularning o'rtasini adolat bilan tuzatib qo'yinglar va adolat qilinglar! Zero, Alloh adolatlilarni sevar.


  1. Albatta, mo'minlar og'a-inidirlar. Bas, sizlar ikki og'a-iningiz o'rtasini tuzatib qo'yinglar va Allohdan qo'rqinglar, shoyad rahm qilinsangizlar.


  1. Ey, mo'minlar, (sizlardan) bir qavm (boshqa) bir (mo'min) qavmni masxara qilmasin! Ehtimolki,

(masxara qilingan qavm) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. Yana (Sizlardan) ayollar ham (boshqa) ayollarni
(masxara qilmasinlar)! Ehtimolki, (masxara qilingan ayollar) ulardan yaxshiroq bo'lsalar. O'zlaringizni (bir-birlaringizni) mazax qilmanglar va bir-birlaringizni laqablar bilan atamanglar! Imondan keyin fosiqlik nomi naqadar yomondir! Kimki tavba qilmasa, bas, aynan o'shalar zolimlardir.

  1. Ey, mo'minlar, ko'p gumon(lar)dan chetlaninglar! Chunki ba'zi gumon(lar) gunohdir! (O'zgalar aybini qidirib) josuslik qilmanglar va biringiz biringizni g'iybat qilmasin! Sizlardan biror kishi o'lgan birodarining go'shtini yeyishni xohlaydimi?! Uni yomon ko'rasiz-ku, axir! Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh tavbalarni qabul qiluvchi va rahmli zotdir.


  1. Ey, insonlar, darhaqiqat, Biz sizlarni bir erkak (Odam) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda birbirlaringiz bilan tanishishlaringiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida (eng azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir. Albatta, Alloh biluvchi va xabardor zotdir.


  1. A'robiylar: "Imon keltirdik", - dedilar. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Sizlar imon

keltirganlaringiz yo'q, lekin sizlar "Islomga kirdik" denglar! (Chunki hanuz) dillaringizga imon kirgan emasdir. Agar sizlar Allohga va Uning Payg'ambariga itoat etsangizlar, U sizlarga (qilgan yaxshi) amallaringizdan (savobidan) biror narsani kamaytirmas. Albatta, Alloh mag'firatli va rahmlidir".
Izoh: Shu oyati karimadan ma'lum bo'ladiki, imon bilan islom, mo'min bilan musulmon mazmun jihatdan farq qiladi. Imon - bu ilohiy ta'limotni tan olib tasdiq etish bo'lsa, islom ilohiy ko'rsatma va buyruqlarni amalda bajarishdir. Bu oyatda mo''minlik da'vo qilayotgan bir guruh a'robiylarga Alloh taolo raddiya berib, "Yo'q! Sizlarda imon yo'q, balki o'zlaringni mo'min-musulmon ko'rsatish uchun amal qilib turibsizlar", - degan mazmunda tanbeh beradi.

  1. Haqiqiy mo'minlar Alloh va Uning Payg'ambariga imon keltirib, so'ngra shubha qilmagan va mollari va jonlari bilan Alloh yo'lida jihod qilgan zotlardir. Aynan o'shalargina (imonlarida) sodiqdirlar.

Izoh: Tilidagina imon keltirib, dilida imon qaror topmagan a'robiylar (badaviy arablar) bilan komil mo'minlar o'rtasidagi farq bayon qilinmoqda. Jihod haqida Tavba surasi, 88-oyat izohiga qaralsin.

  1. (Ey, Muhammad, a'robiylarga) ayting: "Sizlar Allohga diningizni bildirmoqchimisizlar?! Vaholanki, Alloh osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsani bilur. Alloh barcha narsani biluvchidir".


  1. Ular Sizga islomga kirganlarini minnat qilurlar. Ayting: "Sizlar menga islomingizni minnat qilmangiz. Balki agar (imoningizda) sodiq bo'lsangiz, bilingizki, Alloh sizlarni imonga hidoyat qilganini minnat qilur.


  1. Albatta, Alloh osmonlar va Yerdagi g'ayb (sirlar)ni bilur. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir".

QOF SURASI
Qof - arab alifbosining 21-harfi. Bu kabi harflarning sura boshida kelganda qanday tushunish kerakligi haqida Baqara surasi avvalidagi izohda bayon qilindi. Qof bir yashil tog'ning nomi sifatida ham keladi. Surada imone'tiqod, kufru shirk, dunyo va oxirat kabi tushunchalar, xususan, o'lgandan keyin qiyomatda tirilib, Alloh huzurida hisobot berishlikning haqligi to'g'risida uqdiriladi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling