Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet137/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184
Bog'liq
Документ

40-oyatdagi "Kechaning bir qismida" jumlasi shom bilan xuftan namozlarining vaqtlarini bildiradi. (Madorik tafsiri).

  1. Jarchi (Isrofil farishta) yaqin bir makondan turib jar soladigan Kunda (unga) quloq tuting!


  1. U Kunda ular (barcha xaloyiq) u (dahshatli) qichqiriqni chinakamiga eshiturlar. Bu (qabrlardan) chiqish Kunidir.


  1. Albatta, Biz (barcha jonzotni) tiriltirurmiz va o'ldirurmiz. Qaytish esa Biz saridir.


  1. U kunda ularning ustidagi yer yorilib, (ular) shoshgan hollarida (chiqib kelurlar). Bu faqat Bizgagina oson bo'lgan to'plashdir.


  1. Biz ular (kofirlar) aytayotgan gaplarni yaxshi bilurmiz. (Ey, Muhammad,) Siz ularning ustida (imonga) zo'rlovchi emassiz. Bas, ushbu Qur'on bilan Mening tahdidimdan qo'rqadigan kishilarga nasihat qiling!

VAZ-ZORIYOT SURASI
Zoriyot - haydovchilar demakdir. Ya'ni, bulutlarni haydab yuruvchi shamollar. Alloh shu so'z bilan qasamyod etgani sababli suraning o'zidan olib unga nom etib qo'yilgan. Surada oxiratda ro'y beradigan voqealardan Alloh taolo O'z bandalarini ogoh etib, bu dunyoda ezgu amallarni qilib borishlik bilan unga hozirlik ko'rish lozimligi ta'kidlanadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Qasamyod etaman (bulutlarni) haydab yuruvchi (shamol)larga,


  1. yuk (yomg'ir) tashuvchi (bulut)larga,


  1. (suv yuzida) yengil suzuvchi (kema)larga


  1. va (Alloh buyurgan) ish(lar)ni taqsimlovchi (farishta)largaki,


  1. sizlarga va'da qilinayotgan narsa (qayta tirilish), shubhasiz, rostdir


  1. va albatta, (Qiyomat kunida hisob-kitob qilingandan keyin) jazo (va mukofot) ham voqe bo'luvchidir!


  1. (Yulduzlar harakat qiladigan) yo'llar egasi bo'lmish osmonga qasamki,


  1. albatta, sizlar (ushbu Payg'ambar xususida) qarama-qarshi so'z uzradirsizlar!


  1. Undan (Qur'ondan va Payg'ambardan) burilgan (baxtsiz) kimsa og'ib ketur.


  1. (O'sha) yolg'onchilarga o'lim!


  1. Ular (jaholat) girdobida adashib yuruvchi kimsalardir.


  1. (Ular) jazo (qiyomat) kuni qachon bo'lishini so'rarlar.


  1. (U Kun) ular do'zaxda sinaladigan Kundir.


  1. (O'shanda ularga aytilur): "Sinovingizni totinglar! Sizlar (dunyodalik paytingizda) shoshtirgan narsa mana shudir!"


  1. Albatta, taqvodorlar jannatlar va buloqlar uzra bo'lurlar.


  1. Parvardigorlari ularga ato etgan narsalarni (mukofotlarni) olgan hollarida (bo'lurlar). Zero, ular bundan ilgari (dunyoda) ezgu ishlarni qiluvchi edilar.


  1. (Ular) tunning ozgina (qismidagina) uxlar edilar.


  1. Saharlarda ular (Allohdan) mag'firat so'rar edilar.


  1. Ularning mol-mulklarida soil va mahrum (muhtoj) kishilar uchun (ajratilgan) haq (ulush) bo'lar edi.


  1. (Ey, insonlar,) yerda ishonuvchilar uchun alomatlar bordir.


  1. O'zlaringizda ham. Axir, ko'rmaysizlarmi?!


  1. Osmonda esa sizlarning rizqlaringiz (yomg'ir) va sizlarga va'da qilinayotgan narsa (jannat) bordir.


  1. Bas, osmon va Yerning Parvardigoriga qasamki, albatta, u (va'da) xuddi sizlarning so'zlashingiz kabi (haq va rost)dir!


  1. (Ey, Muhammad,) Sizga Ibrohimning aziz mehmonlari haqidagi xabar keldimi?


  1. O'shanda ular (Ibrohim) huzuriga kirib: "Salom", - deyishganda, u ham: "Salom. (Bular) notanish qavm-ku", - dedi. .


  1. So'ngra u asta oilasi oldiga chiqib, bir semiz buzoqni (so'yib, pishirib) keltirdi.


  1. Uni ularga yaqin qilib, "(Taomdan) yemaysizlarmi?" - dedi.


  1. (Lekin ovqatga qo'l cho'zishmagach,) ulardan xavfsiray boshladi. (Shunda) ular: "Qo'rqmagin. (Biz farishtalar taom yemaymiz)", - dedilar va (Ibrohimga) bir dono o'g'il (tug'ilishi) xushxabarini berdilar.


  1. Shunda (Ibrohimning) xotini qichqirgancha keldida, (ajablanganidan) o'zining yuziga urib: "(Axir, men) tug'mas kampir(man)ku!" - dedi.


  1. Ular aytdilar: "Parvardigoring mana shunday, dedi. Albatta, Uning O'zi hikmat va bilim sohibidir".


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling