Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet140/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Botib ketayotgan yulduzga qasamki,


  1. sizlarning sohibingiz (ya'ni Muhammad) zalolatga ketgani ham yo'q, yo'ldan ozgani ham yo'q!


  1. (Qur'onni) o'z havosi (xohishi) bilan so'zlamas.


  1. U (Qur'on) faqat (Alloh tomonidan) vahiy qilinayotgan (tushirilayotgan) bir vahiydir.


  1. Unga (tilovatni) shiddatli quvvatga ega bo'lmish zot (Jabroil) ta'lim bermishdir.


  1. (U) iqtidorli (farishta)dir. Bas, u turdi.


  1. O'zi oliy ufqda edi.


  1. So'ngra yaqinlashib, pastladi.


  1. Bas, (Muhammadga) ikki kamon oralig'idek yoki (undan ham) yaqinroq bo'ldi.


  1. Bandasi (Muhammad)ga Alloh tushirgan vahiyni keltirdi.


  1. Ko'ngil ko'rgan narsasida yolg'onchi bo'lmadi.


  1. Endi sizlar, (ey, mushriklar, Payg'ambar) ko'rib turgan narsasi ustida u bilan tortishurmisizlar?!


  1. Qasamki, (Muhammad Jabroilni) ikkinchi bor ko'rdi.


  1. (Jannat) chekkasidagi Nilufar oldida.


  1. Ma'vo jannati ham o'sha (Nilufar)ning oldidadir.


  1. O'shanda Nilufarni o'ragan narsa (Allohning fayzi) o'rab olgan edi.


  1. (Payg'ambarning) ko'zi (chetga) og'gani ham yo'q, o'z haddidan oshgani ham yo'q.


  1. Darhaqiqat, u (o'sha soatda) Parvardigorining buyuk alomatlarini ko'rdi.


  1. (Ey, mushriklar,) ko'rdingizmi (sanamlaringiz) - "Lot, "Uzzo"ni


  1. va yana uchinchilari bo'lmish "Manot"ni?


  1. Erkak (jinsi) sizlarniki-yu, ayol (jinsi) U zotnikimi?!

Izoh: Ya'ni Alloh taolo mushriklarning so'zlaridan olib o'zlariga raddiya qilmoqda. Darhaqiqat, ularning buzuq e'tiqodi bo'yicha mabodo Alloh farzand tutmoqchi bo'lganda edi, qizlarni emas o'g'il farzand tutgan bo'lmasmidi?! Buni xayolga ham keltirib bo'lmaydi. Zero, Allohning xoh farzand, xoh boshqa narsaga ehtiyoji bor deb hisoblash shirkdir.

  1. U holda bu adolatsiz taqsim-ku?!


  1. U (nom)lar faqat sizlar o'zlaringiz va ota-bobolaringiz qo'yib olgan nomlardir. Alloh ular

(ma'budaligi) haqida biror hujjat tushirgan emas. U (mushrik)larga Parvardigorlari tomonidan hidoyat (Qur'on) kelib turgan holda ular faqat gumonga va havoyi nafslarigagina ergashmoqdalar.

  1. Yoki insonga orzu qilgan narsasi bo'laverdimi?!


  1. Bas, oxirat ham, dunyo ham yolg'iz Allohnikidir.


  1. Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar bo'lib, o'shalarning shafoatlari ham - Alloh O'zi xohlagan va rozi bo'lgan kishilarga (shafoatga) izn bermagunicha - foyda bermas.

27.Darvoqe, oxiratga imon keltirmaydigan kimsalar farishtalarni ayol nomi bilan ataydilar.

  1. Holbuki, ular uchun bu haqda biror bilim (hujjat) yo'qdir. Ular faqat gumon (taxmin)ga ergashurlar, xolos. Gumon esa, aslo haqiqat o'rniga o'tmas.


  1. Bas, (ey, Muhammad,) Bizning eslatmamizdan yuz o'girib ketgan va faqat dunyo hayotinigina istagan kimsalardan voz keching!


  1. Ularning "ilm"dan yetgan joylari mana shudir. Albatta, Rabbingizning O'zi Uning yo'lidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat topganni ham yaxshi biluvchidir.


  1. Osmonlardagi va Yerdagi bor narsalar faqat Allohnikidir! U yomonlik (gunoh) qilib o'tgan kimsalarni qilgan amallari bilan jazolagay va ezgu amal qilgan zotlarni go'zal (savob, jannat) bilan mukofotlagay.


  1. Ular (jannat ahli) kichik xatolardan boshqa katta gunohlardan va buzuqliklardan yiroq yuradigan zotlardir. Albatta, Rabbingiz mag'firati keng zotdir. U (Odamni) Yerdan (tuproqdan) paydo qilgan paytidanoq va sizlar onalaringiz qornida homila bo'lgan paytingizdanoq sizlarni yaxshi biluvchidir. Bas, sizlar o'zlaringizni oqlamay qo'yaqolinglar! U taqvodor kishilarni yaxshi biluvchidir.


  1. (Ey, Muhammad,) ko'rdingizmi, kim yuz o'girib ketdi,


  1. va ozgina mol berib, (keyin shart qilingan molni berishni) to'xtatdi?!

Izoh: Bu yerda tanqid qilinayotgan shaxs Makka mushriklaridan Valid ibn Mug'ira bo'lib, boshqa bir mushrik agar Islomga kirmasang oxiratdagi gunohlaringni o'z bo'ynimga olaman, lekin falon miqdorda menga haq to'laysan, deb shartlashgan. Valid rozi bo'lib, pulni bir qismini berib, qolgan qismini bermagan. Oyatda ana o'shalarning ahmoqona urinishlari tasvirlangan.

  1. Uning huzurida g'ayb ilmi bormidiki, u (undan kelajakni) ko'ra olsa?!


  1. Yoki (u) Muso sahifalaridagi narsalardan bexabarmi?!


  1. Yoki vafodor zot - Ibrohimning (sahifalaridan) hammi?!


  1. (Ularda yozilgan ediki:) hech bir ko'taruvchi (gunohkor) o'zga (jonning) yukini (gunohini) ko'tarmas.


  1. Insonga faqat o'zi qilgan harakatigina (mansub) bo'lur.


  1. Uning qilgan sa'yi (harakati) yaqinda (Qiyomatda) ko'rinur.


  1. So'ngra u to'la jazo (yoki mukofot) olur.


  1. Albatta, oxirgi manzil yolg'iz Rabbingiz oldiga (bormoqlik)dir.


  1. Albatta, kuldirgan ham, yig'latgan ham Uning O'zidir.


  1. Albatta, o'ldirgan ham, tiriltirgan ham Uning O'zidir.


  1. U erkak va ayol - juftlarni yaratgandir


  1. shitob chiqadigan nutfa (maniy)dan.


  1. Albatta, (o'lganidan so'ng) ikkinchi bor paydo qilish ham faqat Uning zimmasidadir.


  1. Albatta, boy qilgan ham, badavlat qilgan ham Uning O'zidir.


  1. Albatta, She'ro (yulduzi)ning Parvardigori ham Uning O'zidir.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling