Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet143/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Mehribon (Alloh)


  1. Qur'onni ta'lim berdi.


  1. (U) insonni yaratdi.


  1. Unga bayonni (nutqni) ta'lim berdi.


  1. Quyosh ham, oy ham (aniq) hisob bilan (joriydirlar).


  1. Poliz ekinlariyu daraxtlar ham (Allohga) sajda qilur (bo'yin sunur).


  1. Osmonni baland qilib qo'ydi va tarozini joriy qildi.


  1. Toki, tarozida haddan oshmagaysizlar.


  1. (Ey, insonlar, muomalada) vaznda adolat o'rnatinglar va tarozidan urib qolmanglar!


  1. (U) Yerni odamlar uchun (tekis qilib) qo'ydi.


  1. Unda meva va g'unchali xurmo daraxtlari bor.


  1. Yana somonli donlar va rayhon (gullari bor).


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U insonni (Odamni) sopol yangliq quruq loydan yaratdi.


  1. Jin (va shaytonlarni) esa olovdan yaratdi.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. (Alloh) ikki mashriqning (ya'ni, kun va oy chiqadigan tomonlarning) ham, ikki mag'ribning (kun va oy botadigan tomonlarning) ham Parvardigoridir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U ikki dengiz (daryo)ni bir-birlari bilan uchrashadigan qilib (yonma-yon) oqizib qo'ydi.


  1. (Ammo) u ikkisining o'rtasida bir to'siq bo'lib, ular (o'sha to'siqdan) oshib o'tmaslar.

Izoh: Adan ko'rfazi bilan Qizil dengiz tutashgan Bob al-Mandab bo'g'ozida va Atlas ummoni (Atlantik okeani) bilan Oq (O'rta Yer) dengiz tutashgan Jabali Toriq (Gibraltar) bo'g'ozida ikki dengiz suvi bir-biriga aralashmagan holda oqar ekan. Bu haqda 14 asr avval zikr qilinganligini bilgach, mashhur sayyoh kapitan Kusto ham Qur'oni Karimning ilohiy mo''jiza ekanligini tan oldi.

  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U ikkisidan (dengizdan) marvarid va marjon chiqur.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Uning dengizda (yelkanlari) tog'lar kabi baland ko'tarilgan kemalari ham bordir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. (Yer) yuzidagi barcha mavjudot foniydir.


  1. Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning "yuzi" bog'liy qolur.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Osmonlar va Yerdagi (barcha) jonzot (hojatlarini) Undan so'rar. U har kuni faoliyatdadir.

Izoh: Alloh taolo kecha va kunduzning har bir daqiqa va soniyasida biror ishni qilib turgan bo'ladi. Masalan, birovni kechiradi, birovning hojatini chiqaradi, kimningdir darajasini ko'taradi, kimnidir pastlatadi, nimanidir yaratadi, kimlarnidir dunyoga keltiradi, kimlarnidir vafot ettiradi. Bu oyati karima Alloh shanba kuni yoki yakshanba kuni dam oladi deydigan qavmlarning aqidasi qanchalik puch ekanligiga dalildir. Zero, Alloh taolo mabodo bir lahza dunyoni tasarruf etishdan to'xtasa, yeru osmon vayron bo'lib ketgan bo'lur edi.

  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Yaqinda (Qiyomatda) sizlar(ni hisob-kitob qilish) uchun foriq bo'lajakmiz, ey, insu jinlar!


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Ey, jin va ins jamoasi! Agar sizlar (Allohning jazosidan qochib) osmonlar va Yer hududlaridan o'tib ketishga qodir bo'lsangizlar, o'tib ketaveringizlar! Sizlar kuch-qudratsiz sira o'tib keta olmassizlar!


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. (U Kunda) ustingizga olovdan iborat bir alanga va tutun yuborilurki, sizlar (unga qarshi) yordam topa olmassizlar.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Bas, qachonki, (Qiyomat qoyim bo'lgach,) osmon yorilib, (jahannam haroratidan) yog'kabi qizarib qolganida,


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Ana o'sha Kunda na ins va na jindan (qilib o'tgan) gunohi to'g'risida so'rab o'tirilmas.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. (Balki) jinoyatchi (osiy) kimsalar o'z belgilaridan tanilib, peshona sochi va oyoqlaridan tutilurlar (va jahannamga tashlanular).


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Jinoyatchi (osiy)lar yolg'on deydigan jahannam mana shudir.


  1. Ular o'sha (jahannam) bilan o'ta qaynoq suv o'rtasida aylanib tururlar.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Parvardigori (huzurida) turishdan (so'ralishdan) qo'rqqan kishi uchun ikki jannat (bog'li) bordir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. (U ikki jannat bog'li qalin) shox-novdalarga egadir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U ikkisida ikki oqin chashma bordir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U ikkisida barcha mevadan ikki navi bordir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. (Ahli jannat) astarlari shoyidan bo'lgan ko'rpachalar uzra yastangan hollarida (o'tirurlar). U ikki jannat mevasi yaqindir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U (jannat)larda shunday ko'zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (qiz)lar borki, ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Ular (ning badanlari) go'yoki yoqut va marjondirlar.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U ikkisidan quyiroqda yana ikki bog'l bordir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Ikkisi (sersuv va sersoyalikdan) to'q yashildirlar.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. (Jannat ahli) yashil yostiqlar va go'zal gilamlar uzra yastangan hollarida (o'ltirurlar).


  1. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!


  1. Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning ismi barakotlidir.

VOQEA SURASI
Voqea - qiyomat nomlaridan biri.
Surada qiyomat qoyim bo'lganda ro'y beradigan mudhish hodisalar bayonidan boshlanib, oxiratda bandalarning oladigan mukofotlari, jannat ne'matlari, do'zax ahlining azob-uqubatlari tafsiloti bilan davom etadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling