Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet151/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (Ey, Muhammad,) munofiqlar huzuringizga kelib: "Guvohlik beramizki, Siz, albatta, Allohning pay'g'ambaridirsiz", - derlar. Siz Uning payg'ambari ekanligingizni Alloh albatta bilur va Alloh munofiqlarning haqiqatan yolg'onchi ekanliklariga ham guvohlik berur.


  1. Ular o'zlarining (yolg'on) qasamlarini qalqon qilib olib, (odamlarni) Alloh yo'lidan to'sdilar. Ularning qilib yurgan amallari naqadar yomondir!


  1. Bunga sabab ularning (tillarida) imon keltirib, so'ngra (dillarida) kofir bo'lganlaridir. Bas, ularning dillari muhrlab qo'yildi. Endi ular (haqiqatni) anglay olmaslar.


  1. Ularga qarasangiz, ularning gavdalari Sizni ajablantirur, so'zlaganlarida esa so'zlariga beixtiyor quloq solursiz. Ular go'yo (devorga) suyab qo'yilgan (chirik) ёg'ochlarga o'xshaydilar. Ular har bir qichqiriq (ovoz)ni ustilariga (tushayotgan balo va ofat deb) gumon qiladilar. Ular dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot bo'ling! Ularni Alloh ursin! Qayoqqa og'ib ketmoqdalar o'zi?!


  1. Qachonki, ularga: "Kelinglar, Allohning payg'ambari sizlar uchun mag'firat so'rasin!" - deyilsa, albatta, ular boshlarini burib keturlar va ularni kibrlangan hollarida yuz o'girishlarini ko'rarsiz.

Izoh: Bu oyatlar mashhur munofiq Abdulloh ibn Salul haqida nozil qilingan. U muhojirlarni haqorat qilib, so'ngra qilmishidan tongan. Rasululloh huzuriga borib uzr so'rashdan bosh tortgan. Kibru havosi va g'ururi bunga yo'l qo'ymagan.

  1. (Ey,Muhammad,) Siz ular uchun mag'firat so'radingizmi yoki mag'firat so'ramadingizmi - ularga barobardir - Alloh ularni sira mag'firat qilmas. Albatta, Alloh fosiqlar qavmini hidoyat etmas.


  1. Ular (o'zlarining tobelariga): "Allohning payg'ambari huzuridagi kishilarga ehson qilmanglar, toki ular tarqalib ketsinlar", -deydigan kimsalardir. Holbuki, osmonlar va Yer xazinalari faqat Allohnikidir. Lekin, munofiqlar (buni) anglamaslar.


  1. Ular: "Qasamki, agar Madinaga qaytsak, albatta, kuchlilar kuchsizlarni undan (haydab) chiqarur", - derlar. Holbuki, kuch-qudrat faqat Allohniki, Uning payg'ambariniki va mo'minlarnikidir. Lekin, munofiqlar (buni) bilmaslar.


  1. Ey, mo'minlar, na mol-dunyolaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Allohning zikridan (Unga ibodat qilishdan) chalg'itib qo'ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchi kimsalardir.


  1. Sizlarning (har) biringizga o'lim kelganda: "Ey, Rabbim, meni ozgina (hayotda) qoldirsang, men sadaqa qilib, solih (banda)lardan bo'lsam", - deb qolishidan ilgari Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilingiz!


  1. Alloh biror jonni ajali kelganida kechga qoldirmas. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.

TAG'OBUN SURASI
Tag'obun - bir-birini muomalada aldashdir. Surada qiyomat kuni va qayta tirilishning haqligi, bu dunyoning bevafo va muvaqqatligi, Payg'ambarga itoat qilishga da'vat va boshqa ilohiy ko'rsatmalar o'z ifodasini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. Osmonlardagi va Yerdagi (bor) narsa Allohga tasbeh aytur. Hukmronlik faqat Unikidir va hamd yolg'iz Unga xosdir. U har narsaga qodirdir.


  1. U sizlarni yaratgan zotdir. Bas, sizlardan (ba'zilaringiz) kofir va sizlardan (ba'zilaringiz) mo'mindir. Alloh qilayotgan amallaringizni ko'rib turuvchidir.


  1. U osmonlar va Yerni Haq (hikmat) bilan yaratdi va sizlarga surat (shakl) berdi - suratlaringizni go'zal qildi. Qaytish faqat Uning huzurigadir.


  1. U osmonlar va Yerdagi (bor) narsani bilur. Alloh dillardagi sirlarni biluvchidir.


  1. (Ey, Makka kofirlari,) sizlarga oldin kofir bo'lib, so'ng (shu dunyodayoq) o'z ishlarining ziyonini totgan kimsalarning xabari kelmadimi?! Yana ularga (oxiratda) alamli azob ham bordir.


  1. Bunga sabab, ularga payg'ambarlari hujjatlarni keltirganlarida, ular: "Bizlarni (o'zimizga o'xshagan) bashar (avlodlari) hidoyat qiladilarmi?!" - deyishib, kofir bo'lganlari va (imondan) yuz o'girib ketganlaridir. (Shunda) Alloh behojat ekanini ko'rsatdi. Alloh behojat va hamdga loyiq zotdir.


  1. Kofir bo'lgan kimsalar o'zlarini hech qachon qayta tirilmaymiz, deb gumon qildilar. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Yo'q! Rabbimga qasamki, albatta, qayta tiriltirilursizlar, so'ngra, albatta, sizlarga qilgan amallaringizning xabari berilur. Bu Allohga osondir".


  1. Bas, sizlar Allohga, Uning payg'ambariga va Biz nozil qilgan Nur (Qur'on)ga imon keltiringlar! Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir.


  1. (Alloh) sizlarni to'playdigan "to'planish Kuni"ni (eslangiz)! Bu (odamlar) o'zaro aldanib qoladigan Kundir. Kimki Allohga imon keltirgan va yaxshi amal qilgan bo'lsa, (Alloh) uning yomonlik

(gunoh)larini o'chirur va uni ostidan anhorlar oqib turadigan, abadiy qolinadigan jannatlarga kiritur. Bu esa ulkan mukofotdir.

  1. Kofir bo'lgan va oyatlarimizni inkor etgan kimsalar - ana o'shalar do'zax ahli bo'lib, o'sha joyda mangu qoluvchidirlar. Naqadar yomon oqibat bu!


  1. (Insonga) biror musibat yetgan bo'lsa, albatta, Allohning izni (irodasi) bilangina (yetur). Kimki imon keltirsa, U uning qalbini to'g'ri yo'lga hidoyat qilur. Alloh har narsani biluvchidir.


  1. Allohga itoat etingiz va Payg'ambarga bo'ysuningiz! Bas, agar (itoatdan) bosh tortsangiz, u holda (bilingizki), Bizning payg'ambar zimmasida faqat (vahiylarimizni sizlarga) aniq yetkazish bor, xolos.


  1. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. Bas, mo'minlar faqat Allohgagina tavakkul qilsinlar!


  1. Ey, mo'minlar, albatta, xotinlaringiz va farzandlaringizdan sizlar uchun dushman (chiqadiganlari) ham bordir. Bas, ulardan ehtiyot bo'linglar! Agar sizlar (ularni) afv etsangizlar, koyimasangizlar va kechirsangizlar, u holda, albatta, Alloh (ham) mag'firatli va rahmlidir.


  1. Sizlarning mol-mulklaringiz va farzandlaringiz faqat bir sinovdir. Ulug' mukofot esa Allohning huzuridadir.


  1. Bas, toqatlaringiz yetganicha Allohga taqvoda bo'lingizlar, (nasihatga) quloq tutingizlar va itoat etingizlar hamda ehson qilingizlar, (mana shu) o'zlaringiz uchun yaxshiroqdir. Kimki o'z nafsining baxilligidan saqlana olsa, bas, aynan o'shalar iqbollidirlar.


  1. Agar sizlar Allohga "qarzi hasana" bersangizlar (muhtojlarga ehson qilsangizlar), U sizlarga bir necha barobar qilib qaytarur va (gunohlaringizni) mag'firat qilur. Alloh minnatdor va halimdir.


  1. (U) yashirin va oshkora ishlarni biluvchi, qudrat va hikmat sohibidir.

TALOQ SURASI
Eridan ajralgan, ya'ni, taloq qilingan ayol qancha idda o'tirishi, uni to iddasi chiqqunga qadar joy va nafaqa bilan ta'minlab turish erning burchi ekanligi, Payg'ambarimizning o'z ummatlariga nisbatan jaholat zulmatidan imon nuri sari yetaklab chiquvchi xaloskor ekanliklari va boshqa ilohiy nasihatlar bu suradan joy olgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling