Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
YIGIRMA TO’QQIZINCHI JUZ’ *************************
Download 0.71 Mb.
|
Документ
YIGIRMA TO’QQIZINCHI JUZ’ *************************MULK SURASI Mulk - podshohlik, hukmronlik. O'zbek tilida mulk so'zi bu ma'noda kam ishlatiladi. Ko'proq u boylik, ashyo, xususiy yoki davlat mulki kabi mazmunlarda ishlatiladi. Surada Yeru osmon va boshqa mavjudotlarni yaratishdagi Allohning hikmat va qudratlari, bu dunyodan imonsiz o'tganlarning oxiratdagi nadomatlari, rizq-ro'ziy talab qilish, tabiiy ofatlar xavfi, hidoyat va zalolat kabi mavzular aks ettirilgan. Hadisi sharifda: "Qur'oni karimda 30 oyatli bir sura borki, u uni o'qiganni shafoat qiluvchidir, hatto qiyomat kuni do'zaxdan xalos etib jannatga kirishga sabab bo'lur. U "Taborak" surasidir" deb bashorat berilgan (I. Termiziy rivoyati). Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Mutlaq) hukmronlik "qo'li"da bo'lgan zot - Alloh barakotli (buyuk)dir va U har narsaga qodirdir. (U) sizlarning qaysilaringiz chiroyliroq (savobliroq) amal qiluvchi ekaningizni sinash uchun o'lim va hayotni yaratgan zotdir. U qudratli va mag’firatlidir (U) yetti osmonni qatma-qat qilib yaratgan zotdirki, siz Rahmonning yaratishida biror tafovut (nuqson)ni ko'rmaysiz. Bas, ko'zingizni yana (samoga) qaytaringchi, (unda) biror yoriqni ko'rarmikansiz? So'ngra ko'zingizni qayta-qayta (samoga) qarating, ko'zingiz sizga xor va toliqqan holda qaytur. Haqiqatan, Biz quyi osmonni chiroqlar (yulduzlar) bilan bezadik va ularni shaytonlarga otiladigan toshlar qilib qo'ydik. Yana ular (shaytonlar) uchun (oxiratda) do'zax azobini ham tayyorlab qo'ygandirmiz. Parvardigorlariga kofir bo'lgan kimsalar uchun jahannam azobi bordir. Naqadar yomon oqibat bu! Qachonki, ular (jahannamga) tashlanganlarida, qaynab turgan (jahannamning) o'kirik (faryodi)ni eshiturlar. U g’azabdan parchalanib ketgudek bo'lur. Har gal unga bir to'da (kofir) tashlanganida, uning qo'riqchilari ulardan: "Sizlarga (dunyoda biror) ogohlantiruvchi (payg’ambar) kelmaganmidi?" - deb so'raydilar. (Ular) derlar: "Ha, haqiqatan, bizlarga ogohlantiruvchi kelgan edi, (lekin bizlar uni) yolg'onchiga chiqarganmiz va: "Alloh (hech kimga) hech narsa nozil qilgan emas, sizlar faqat katta zalolat (gumrohlik)dadirsizlar", - deganmiz. Ular (kofirlar) yana: "Agar bizlar (payg’ambar so'zlarini) tinglab, aql yurgizuvchi bo'lganimizda, do'zax ahlidan bo'lmas edik",- derlar. Bas, ular o'z gunohlarini (shu tarzda) e'tirof etadilar. Endi, do'zax ahliga halokat bo'lgay! Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqadigan zotlar uchun maqfirat va katta mukofot bordir. 13.(Ey, insonlar,) sizlar so'zlaringizni yashiringlar yoki oshkora qilinglar, (baribir,) U dillardagi sirlarni ham biluvchidir. (Axir) yaratgan zot (O'zi yaratgan narsalarini) bilmaydimi?! U lutfli va xabardor zotdir. U (Alloh) sizlarga yerni xoksor (bo'ysunuvchi) qilib qo'ygan zotdir. Bas, u (Yer)ning har tomonida (sayohat, tijorat yoki dehqonchilik qilib) yuraveringlar va (Allohning bergan) rizqidan yenglar. Tirilib chiqish Uning huzurigadir. (Ey, Makka kofirlari,) yo sizlar osmondagi zot sizlarni yerga yuttirib yuborishidan, bas, birdaniga (yer) larzaga kelishidan (sizlarni halok qilishidan) xotirjammisizlar (qo'rqmaysizlarmi)?! Yoki sizlar "osmondagi" zot ustingizga tosh yog'dirishidan xotirjammisizlar?! Hali (azob kelganda), Mening ogohlantirishim qanday ekanligini bilib olajaksizlar! Darvoqe, ulardan avvalgi kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) yolg'onchiga chiqargandilar. Bas, Mening inkorim (azobim) qanday bo'ldi?! Ular ustilarida (qanotlarini) yoyuvchi va yiqqan holda (uchib yurgan) qushlarni ko'rmadilarmi?! U (qush)larni yolg'iz Rahmongina (samoda) tutib turar. Albatta, U barcha narsani ko'rib turuvchidir. (Ey, mushriklar,) Rahmondan o'zga sizlarga yordam beradigan qo'shiningiz kim ekan o'zi?! Kofirlar faqat mag'rurlikdadirlar. Yoki (Rahmon) O'z rizqini to'xtatib qo'ysa, sizlarga rizq beradigan o'sha zot kim o'zi?! Yo'q, ular (kofirlar) qaysarlikda va (haqdan) yiroqlashishda davom etdilar. Axir, yuz tuban (yerga qarab) yuradigan kimsa Haq yo'lni topuvchiroqmi yoki tik holda to'g'ri yo'lda yuradigan kishimi?! (Ey, Muhammad, u (kofirlarga) ayting: "U (Alloh) sizlarni paydo qilgan va sizlar uchun quloq, ko'zlar va dillarni (ato) qilgan zotdir. (Sizlar esa) kamdan-kam shukr qilursizlar". Ayting: "U sizlarni Yer (yuzi)da yaratib qo'ygan zotdir. Sizlar (Qiyomatda) Uning huzuriga to'planursizlar". Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar, (aytinglarchi) ushbu va'da (Qiyomat kuni) qachon bo'ladi?" - derlar. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "(Qiyomat haqidagi) bilim, albatta, Allohning huzuridadir. Men faqat aniq ogohlantiruvchidirman. Bas, qachonki, ular (Qiyomatda azobni) yaqin holda ko'rishgach, u kofirlarning yuzlari shuvit bo'lur va (ularga): "Mana shu sizlar so'ragan narsadir", - deyilur. (Kofirlarga) ayting: "Xabar beringiz-chi, agar Alloh meni va men bilan birga bo'lgan kishilarni halok qilsa yoki (halok qilmay) bizlarga shafqat qilsa (O'zining ixtiyoridadir). Ammo, kofirlarni (sizlarni) alamli azobdan kim himoya qilur?! Ayting: "U Rahmon (mehribon)dir. Bizlar Unga imon keltirdik va Ungagina tavakkul qildik. Hali sizlar kim aniq zalolatda ekanini bilib olajaksizlar". Ayting: "Xabar beringiz-chi, agar suvingiz (yer qariga) singib ketsa, bas, kim sizlarga oqin suvni keltira olur?!" QALAM SURASI Surada qalam va yozuv qurollarining sha'ni ulug'lanadi va ular bilan qasamyod etib, Alloh taolo O'z payg'ambarlarining haq ekanini, mushriklar inkori va bo'htonlari botil ekanini isbotlaydi. Surada baxillik qoralanadi va uning yomon oqibatlari ifoda etiladi. Undagi oyatlarda insoniyat uchun muhim ilohiy o'gitlar mavjud. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling