Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida
Download 0.71 Mb.
|
Документ
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
(Bir) savol beruvchi tushadigan azob haqida so'radi kofirlarga (atalgan azob to'g'risida)ki, uni qaytaruvchi (kuch) yo'qdir, albatta, (u azob) me'rojlar egasi (Alloh)dandir. Izoh: Me'rojlar - bu yerda osmon qavatlaridir. Farishtalar va Ruh (Jabroil) miqdori (masofasi) ellik ming yillik (bo'lgan) bir Kunda (Qiyomat kunida) Uning huzuriga ko'tarilurlar. Izoh: Ba'zi tafsir sohiblari bu oyatdagi 50 ming yilga to'g'ri keladigan bir kunni hozirgi fandagi zamon va makon o'lchovlariga taqqoslab, Jabroil va boshqa farishtalarning yo'l bosishlariga taalluqli deb noto'g'ri talqin qilmoqdalar. Vaholanki gap bu yerda qiyomatning bir kuni to'g'risida ketmoqda. Jabroil (a. s.)ning bu masofalardagi harakatlari uchun esa Alloh xohlaganicha vaqt zarur bo'ladi, xolos. Bas, (Ey, Muhammad, kofirlarning aziyatlariga) chiroyli sabr bilan sabr qiling! Chunki, ular u (Kun)ni uzoq deb bilurlar, Biz esa uni yaqin bilurmiz. U Kunda osmon yog'ning quyqasidek bo'lib qolur. Tog'lar esa yung kabi (to'zon) bo'lib ketar. Do'st do'stidan (hol-ahvol) so'ramas. (Holbuki,) ular (bir-birlariga) ko'rsatilurlar. Jinoyatchi (kofir) u Kunning azobidan (qutulish uchun) o'g'illarini, xotini va birodarini, uni o'z panohiga oladigan qarindoshini va Yerdagi barcha kishilarni to'lov qilib berib, unga najot berishni istar. Yo'q! Axir, u do'zaxdir. Terilarini sidirib oluvchidir. U (Haq yo'lidan) yuz o'girib, ters qarab ketganni (o'ziga) chaqirur. (Boylikni) yig'ib saqlagan (yaxshi joylarga sarflamagan) kimsalarni ham. Darhaqiqat, inson betoqat qilib yaratilgandir. Qachonki, unga yomonlik (kambag'allik yoki musibat) yetsa, u o'ta besabrlik qiluvchidir. Qachonki, unga yaxshilik (boylik, salomatlik) yetsa, u o'ta man etuvchi (baxil)dir. Faqat namozxonlar bundan mustasnodirlar. Ular namozlarida muntazam (davomatli), (topgan) mol-mulklaridan (ajratilgan) ma'lum haq borki, u tilanchi va mahrum kishilar uchundir. Ular yana jazo (Qiyomat) kunini tasdiq etuvchi, Parvardigorlarining azobidan qo'rquvchi zotlardir. Zotan, Parvardigorlarining azobidan (hech kim) xotirjam emasdir. Ular yana avratlarini (zinodan) saqlovchidirlar, illo o'z jufti halollari va qo'l ostidagilari (cho'rilari mustasnodirlar). Ular malomat qilinmaslar. Bas, kimki buning aksini (zinokorlikni) istasa, bas, ana o'shalar haddan oshuvchi kimsalardir. Yana ular (namozxonlar) o'zlariga ishonilgan omonatlarga va (o'zgalarga) bergan ahd-paymonlariga rioya qiluvchidirlar. Ular o'z guvohliklarida to'g'ri turuvchilardir. Yana ular namozlarini (vaqtida ado etib) yuruvchilardir. Aynan o'shalar jannatlarda ikrom etiluvchilardir. Bas, (Ey, Muhammad,) bu kofir bo'lgan kimsalarga ne bo'ldiki, Siz tomonga qarab chopurlar o'ng va so'ldan, to'da-to'da bo'lib ?! Yo ulardan har bir kishi ne'mat jannatiga kiritilishni tama qilurmi?! Yo'q! Axir, Biz ularni o'zlari biladigan narsadan (bir tomchi maniy suvidan) yaratdikku! Bas, mashriqlar va mag'riblarning Parvardigoriga qasamki, albatta, Biz qodirdirmiz ulardan yaxshiroq (insonlarga) almashtirib qo'yishga. Bizdan (bu ishda) o'zib ketilmas. Bas, (ey, Muhammad,) ularga qo'yib bering! Ular, to o'zlariga va'da qilinayotgan kunlariga yo'liqqunlaricha, (xom xayollariga) sho'ng'ib, o'ynab yuraversinlar! U kunda ular go'yo (o'zlari sig'inadigan) butlarga qarab chopishayotgandek shoshilgan, ko'zlari qo'rquvda, xorlik ularni egallab olgan hollarida qabrlaridan chiqib kelurlar. Mana shu ularga va'da qilib yurilgan Kundir. NUH SURASI Surada Nuh (a.s.)ning o'z qavmlarini imonga da'vat qilgan kezlarida ulardan ko'rgan jabru jafolari va oxiri tavfiq topmagan kofir qavmlarining tug'yoni avj olib ketgandan keyin ularning haqlariga duoi bad qilganlari to'g'risida oyatlar bayon etilgan. Rivoyatlarga ko'ra, Nuh (a.s.) 950 yil payg'ambarlik qilganlar. Axiri Alloh tomonidan to'fon balosi yuborilib, kufr va zulm egalari tamomila halok etiladi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling