Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet155/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   184
Bog'liq
Документ

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

  1. (U) haqiqatan ro'y beruvchidir.


  1. (O'sha) haqiqatan ro'y beruvchi nimadir?


  1. (Ey, Muhammad,) haqiqatan ro'y beruvchining nima ekanini qayerdan (ham) bilar edingiz?! (U qiyomatdir. )


  1. Samud va Od (qabilalari) qattiq zarba beruvchi (Qiyomat kuni)ni inkor etdilar.


  1. Bas, Samud (qabilasi) haddan tashqari narsa (chaqmoq) bilan halok qilindilar.


  1. Od (qabilasi) esa, dahshatli, quturgan bo'ron bilan halok qilindilar.


  1. U (bo'ronni Alloh) ularning ustiga paydar-pay yetti kecha va sakkiz kunduz hukmron qilib qo'ydiki, endi u joydagi qavmni (chirib) ichi bo'shab qolgan xurmo daraxtining tanasidek qulab halok bo'lib yotganlarini ko'rasiz.


  1. Bas, ulardan (biror) asoratni ko'rayapsizmi?! (Aslo, ularning barchalari halok bo'lib bitdilar).


  1. Fir'avn ham, undan avvalgi o'tgan (dinsiz)lar ham, ostin-ustun bo'lgan qishloqlar (Lut qavmining qishloqlari) ham xato ish qildilar.


  1. Bas, ular Parvardigorlarining payg'ambariga itoatsizlik qildilar. Bas, U zot ularni o'ta qattiq ushlash bilan ushladi (qattiq azobladi).


  1. Darvoqe, Biz suv tug'yonga ketgan vaqtida sizlarni (Nuh payg'ambar yasagan) kemada ko'tardik.


  1. Biz buni sizlarga eslatma qilish uchun va anglovchi quloqlar anglab olishlari uchun (qildik).


  1. Bas, qachonki, sur bir bor chalinganida,


  1. Yer va tog'lar (o'z joylaridan) ko'tarilib, (bir-birlariga) bir bor urilganda,


  1. ana o'sha kunda Voqea sodir bo'lur (Qiyomat qoyim bo'lur)!


  1. Osmonlar ham yorilur. Chunki, (osmon) u Kunda zaif bo'lib qolur.


  1. Farishtalar esa (osmon) atrofida (Allohning amriga muntazir bo'lib) tururlar. Ularning ustida Rabbingiz Arshini u Kunda sakkiz (farishta) ko'tarib turur.


  1. O'sha Kunda sizlar (hisobot uchun Allohga) ko'ndalang qilinursizlar, sizlarning biror siringiz maxfiy qolmas.


  1. Bas, o'z kitobi (nomai a'moli) o'ng tomonidan berilgan kishi aytur: "Mana, mening kitobimni o'qinglar.


  1. Darhaqiqat, men hisobotimga ro'baro' bo'lishimni bilar edim", - der.


  1. Bas, u qoniqarli maishatda,


  1. oliy jannatda,


  1. mevalari yaqin (joyda) bo'lur.


  1. (Jannat ahliga): "O'tgan kunlarda (dunyoda) qilib o'tgan (ezgu) amallaringiz sababli (ushbu nozne'matlarni) yoqimli ishtaha bilan yeb-ichaveringlar" (deyilur).


  1. Endi, kitobi chap tomonidan berilgan kimsa esa der: "Eh, qaniydi, menga kitobim berilmasa,


  1. va hisob-kitobim qanday bo'lishini bilmasam!


  1. Eh, qaniydi, o'sha (birinchi o'limim hamma ishni) tugatuvchi bo'lsa!


  1. Menga mol-mulk ham asqotmadi.


  1. Saltanatim ham halok bo'lib ketdi".


  1. "(Ey, jahannam qo'riqchilari!) Uni ushlab kishanlanglar!


  1. So'ngra uni olovda toblanglar!


  1. So'ngra uzunligi yetmish gaz bo'lgan zanjirga solinglar!"


  1. Chunki, u (dunyodalik paytida) Ulug' Allohga imon keltirmas edi.


  1. Miskinga taom berishga (o'zini va o'zgalarni) targ'ib qilmas edi.


  1. Bas, bugun bu yerda unga biror do'st yo'qdir.


  1. Yiringdan boshqa biror taom ham yo'qdir.


  1. Uni esa faqat xatoga (kufrga) ketganlargina yegaylar.


  1. Qasamyod etaman, sizlar ko'radigan narsalarga


  1. va sizlar ko'rmaydigan narsalargaki,


  1. u (Qur'on), albatta, mukarram Payg'ambarning (Alloh nomidan aytgan) so'zidir!


  1. U biror shoirning so'zi emasdir. Sizlar (ushbu Qur'onga) kamdan-kam imon keltirursizlar.


  1. (U) biror kohin (folbin)ning so'zi ham emasdir. Sizlar kamdan-kam eslatma olursizlar.


  1. (U barcha) olamlar Parvardigori (tomoni)dan nozil qilingan (Kitob)dir.


  1. Agar (payg'ambar) Bizning nomimizdan (Biz aytmagan) ba'zi so'zlarni to'qib aytganda edi,


  1. albatta, Biz uning o'ng qo'lidan tutgan,


  1. so'ngra uning shohtomirini uzib tashlagan bo'lur edik.


  1. U holda sizlardan biror kishi undan (payg'ambardan halokatni) to'sa oluvchi bo'lmas edi.


  1. Haqiqatan, u (Qur'on) taqvodorlar uchun eslatmadir.


  1. Biz sizlarning orangizda (Qur'onni) inkor etuvchilar bor ekanini aniq bilurmiz.


  1. Albatta, u (Qur'on) kofirlarga (Qiyomat kunida) hasrat (nadomat) bo'lur.


  1. Albatta, u (Qur'on) aniq Haqiqatdir.


  1. Bas, ulug' Rabbingiz nomi bilan tasbeh ayting!

MAORIJ SURASI
Maorij - me'rojlar, ya'ni, pog'onalar.
Suradan oxirat haqida ogohlantirish, u paytda har kim o'zi uchun javob berishi, inson irodasining zaifligi, uni faqat imon va itoat bilan mustahkamlash mumkinligi va boshqa ilohiy eslatmalar joy olgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling