Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi Tarjimon va izohlar muallifi: Abdulaziz Mansur tarjima haqida


Download 0.71 Mb.
bet141/184
Sana31.03.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1313146
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184
Bog'liq
Документ

Izoh: She'ro - U samoda javzo yulduzidan keyin ko'rinadigan yulduz bo'lib, Xuzoa qabilasi unga sig'inar edilar.

  1. Haqiqatan, U avvalgi Od (qabilasi)ni halok etdi.


  1. Yana Samud (qabilasi)ni ham. Bas, (ulardan birortasini tirik) qoldirmadi.


  1. Yana U ilgari Nuh qavmini ham (halok qilgan edi). Chunki ularning o'zlari o'ta zolim va tug'yonga ketgan kimsalar edilar.


  1. Yana U zot ostin-ustin bo'lgan qishloqni (Lut qavmini) ham (halok etgan).


  1. Uni o'ragan narsa (yog'ilgan toshlar) bilan o'rab tashladi.


  1. Bas, (ey, inson,) Parvardigoringning qaysi ne'matlari haqida shubha qilursan?!


  1. Bu (Muhammad) ham avvalgi ogohlantiruvchilardan bir ogohlantiruvchidir.


  1. Yaqin bo'luvchi (Qiyomat) yaqin qoldi.


  1. Uning uchun Allohdan o'zga ochuvchi (biluvchi) yo'qdir.


  1. (Ey, mushriklar,) hali sizlar mana shu So'zdan (Qur'ondan) ajablanayapsizlarmi?!


  1. Yig'lamasdan, kulayapsizlarmi?!


  1. G'ofillik hollaringda-ya?!


  1. Bas, Allohga sajda va ibodat qilingizlar! (Sajda oyati)

QAMAR SURASI
Qamar - oy. Surada oyning ikkiga bo'linib, mo''jiza yuz bergani haqida oyatlar bo'lgani uchun nomi shunday ataladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1.Qiyomat yaqinlashdi. (Mana) oy ham bo'lindi.

  1. Agar ular (Quraysh kofirlari biror mo''jiza ko'rsalar,) yuz o'girurlar va "(Bu) davom etayotgan sehrku!" derlar.

Izoh: Makka mushriklari Payg'ambar (a. s.)ga "Agar osmondagi oyni ikkiga bo'lsang, senga ishonamiz", - dedilar. Rasululloh (s. a. v) Allohdan iltijo qilib so'raganlarida, shu mo''jiza yuz bergan. Lekin baribir ular buni ham sehrga yo'yganlar va kufru shirklarida davom etganlar.

  1. Ular (payg'ambarni) inkor etdilar va havoyi-nafslariga ergashdilar. Har bir ish qarorini topuvchidir.


  1. Ularga (tarixiy) xabarlar kelgan va ularda (yovuzlikdan) taqiq bor edi.


  1. (U) yetuk hikmat bo'lsa-da, ogohlantirishlar foyda bermadi.


  1. (Ey, Muhammad,) endi Siz ulardan yuz o'giring! Chaqiruvchi (Isrofil) notanish bir narsaga (hisobkitobga) chaqiradigan Kunda


  1. (ular) ko'zlari (qo'rquvdan) quyiga boqlg'an hollarida, go'yo to'zigan chigirtkalar kabi qabrlaridan chiqib kelurlar!


  1. Chaqiruvchi tomoniga shoshganlaricha borar ekanlar, kofirlar: "Bu og'ir Kundir", - derlar.


  1. Ulardan (Makka kofirlaridan) oldin Nuh qavmi ham (Uni) inkor etgan edi. Ular bandamiz (Nuh)ni yolg'onchiga chiqarishib: "(U) bir majnun", - dedilar va u (payg'ambarlik ijrosidan) to'sib qo'yildi.


  1. Shunda u Parvardigoriga: "Men mag'lubdirman, yordam qilgin!" - deb duo qildi.


  1. Biz osmon darvozalarini (tinimsiz) quyiluvchi suv bilan ochib yubordik.


  1. Yana yerdan buloqlar chiqarib yubordik. Bas, (osmon va Yer) suvi taqdir qilib qo'yilgan bir ish uzra uchrashdilar.


  1. Uni (Nuhni) esa taxtalaru mixlar yasamasida (kemada) ko'tardik.


  1. U (kema) Bizning "ko'zlarimiz" o'ngida (himoyamizda) suzar. (Bu) inkor qilingan kishi (Nuh) uchun mukofotdir.


  1. Biz uni (To'fon asoratini) bir alomat qilib qoldirdik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!


  1. Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday ekan?!


  1. Haqiqatan, Biz Qur'onni zikr (eslatma) uchun oson qilib qo'ydik. Bas, eslatma oluvchi bormi?!


  1. Od (qabilasi ham payg'ambarni) inkor etdi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishlarim qanday bo'ldi?!


  1. Biz ularning ustiga davomli nahs (shum) kunida bir dahshatli bo'ronni yubordik.


Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling