Qushlar sistematikasi tip. Xordalilar – (Chordata)


Parli patlar, parlar, qilchalar


Download 19.54 Kb.
bet3/7
Sana17.06.2023
Hajmi19.54 Kb.
#1523320
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QUSHLAR

Parli patlar, parlar, qilchalar. Kontur patlarning tagida parli patlar va haqiqiy parlar joylashgan. Ular o`qlarning ingichka bo`lishi hamda ikkinchi (darajali) tartibdagi tolachalari yo`qligi bilan kontur patlardan farq qiladi. Par va par-patlar tanada issiqlikni saqlash funktsiyasini bajaradi. Par o`qi kalta tortgan parli patdir, shuning uchun ham butun tolachalari uning uchidan bir tutam bo`lib chiqadi. Ko`pgina qushlarning ogiz burchaklari atrofida ipsimon qilchalar bo`lib, ular barcha tolachalarni yo`qotib, faqat pat o`qini saqlab qolgan parli patdan iboratdir. Qushlarning ko`pchilik turlarida, ayniqsa, suvda suzuvchilarda momiq patlar ko`p bo`ladi.
Pat va par tiplari: 1 - kontur pat, 2 – par-pat, 3 - haqiqiy par,
4 - ipsimon pat, 5 - qilcha, 6 - par-pat.
Pat tanasining ichki qismi govak o`zak bilan to`lgan bo`lsa, qalam uchining bo`shligida bir-biriga kirib turgan nozik shox qalpoqchalar bor. Pat yelpigichining har biri talaygina uzunchoq uch qirrali plastinkalar - birinchi tartibdagi tolachalardan hosil bo`lgan. Bu tolachalarga undan ham mayda ikkinchi tartibdagi tolachalar o`rnashgan. Har qaysi ikkinchi tartibdagi tolacha uchida mikroskopik ilmoqchalar bo`ladi. Bu ilmoqchalar ikkinchi tartibdagi boshqa tolachalar ilmogiga ilashib oladi. Yelpigichlari bo`lgan katta yirik patlarni kontur patlar deyilib, voyaga yetgan qush gavda shaklini shu kontur patlar belgilaydi.
Kaptar skeleti tuzilishi sxemasi: 1 - bo`yin umurtqalari, 2 - ko`krak umurtqalari, 3 - dum umurtqalari, 4 - dum suyagi, 5 - ilmoqsimon o`simtali qovurganing orqa bo`limi, 6 - qovurganing qorin bo`limi, 7 - to`sh suyagi, 8 - ko`krak toj suyagi, 9 - kurak suyagi, 10 - korakoid, 11 - o`mrov suyagi, 12 - yelka suyagi, 13 - bilak suyagi, 14 - tirsak suyagi, 15 - kaft suyagi, 16 1 barmoq, 17 -II barmoq, 18 III barmoq, 19 - yonbosh suyagi, 20 quymich suyagi, 21 - qov suyagi, 22 - son suyagi, 23 - boldir suyagi, 24 - ilik suyagi, 25 1 barmoq, 26 IV barmoq.
Skeleti. Qush skeletlarining mahkam va yengil bo`lishiga sabab uning pnevmatikligi, ya`ni ularda ichi havo bilan to`lgan bo`shliqlarning bo`lishidir. Bosh skeletining yengil bo`lishi tishlarning yo`qolib ketishi va suyaklarining yupqalanishi bilan bogliq bo`lib, voyaga yetgan qushlar miya qutisidagi barcha suyak choklari bilinmaydigan darajada bir-biriga qo`shilib ketgan. Suyaklararo choklarni faqat yosh qushlarning bosh skeletidagina ko`rish mumkin
Qushlarning skeleti bosh skeleti, o`q skeleti, ko`krak qafasi (to`sh, qovurga) skeleti, oyoq skeleti va ularning kamarlariga bo`linadi.
Bosh skeleti. Qushlarning tropibazal (bosh miya ko`z kosalari oraligida joylashmagan) bosh skeleti hozirgi zamon sudralib yuruvchilarining bosh skeletidan, asosan o`ziga xos shakli bilan farq qiladi. Qushlar miya qutisining oldingi uchi tumshuqqa aylangan bo`lib, ikki yon tomonida katta-katta ko`z kosasi bor. Miya qutisining suyaklari bilinmaydigan darajada bir-biriga qo`shilib ketishi jihatidan qushlar pterodaktillar bilan ko`rshapalaklarga o`xshaydi.
Qushlarning bosh skeleti ham boshqa umurtqali hayvonlarniki kabi miya qutisi va tarkibiga ko`z kosasi atrofidagi suyaklar kiradigan neurokraniumga hamda jaglar, tanglay suyaklari va til osti apparati kiradigan yuz skeleti - splyanxnokraniumga bo`linadi
O`q skeleti. O`q skeleti yoki umurtqa pogonasi qushlarda ham xuddi sudralib yuruvchilarnikiga o`xshab besh bo`limga: bo`yin, ko`krak, bel, dumgaza va dumga bo`linib, voyaga yetgan qushlarda bel umurtqalari dumgaza tarkibiga kirib ketadi.
Kamar va oyoqlar skeleti. Qushlarning yelka kamari uch juft: kurak, korakoid va o`mrov suyaklaridan tashkil topgan. Kurak qushlar uchun xarakterli «qilich» shaklida bo`lib, u ko`krak qafasining ustida turadi va korakoid bilan qo`shiladi. Korakoid katta va baquvvat suyakdan iborat. Uning bir uchi yelka kamariga, ikkinchi uchi esa to`sh suyagiga harakatchan tarzda qo`shilgan. Ikkita o`mrov suyagining pastki qismi bir-biriga qo`shilib, qushlar uchun xarakterli bo`lgan toq yoy suyagi yoki ayri suyakni hosil qiladi. Erkin harakatchan qanot skeletlariga katta va baquvvat yelka suyagi, tirsak va bilak suyaklari kiradi

Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling