Qushlar sistematikasi tip. Xordalilar – (Chordata)
Download 19.54 Kb.
|
QUSHLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qon aylanish sistemasi
Nafas olish organlari. Qushlarning nafas olish organlari o`ziga xos va sudralib yuruvchilarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan. Havo o`pkaga burun teshiklari, ogiz bo`shligi bilan tutashgan burun bo`shligi, hiqildoq, traxeya va 2 ta bronx orqali o`tadi. Kaptarning ogzini ochib qaralsa, tilining orqasida yoriq borligini ko`rish mumkin. U ustki hiqildoqqa tutashadi. Ustki hiqildoq 3 ta uzuksimon va bir juft cho`michsimon togaylardan tashkil topgan. Hiqildoq halqa togaylar bilan o`ralgan traxeyaga ulanadi. Traxeya qushning butun bo`yni bo`ylab, qizilo`ngachdan oldinda joylashgan.
Traxeyaning pastki qismida pastki hiqildoq bo`lib, u ovoz apparati vazifasini bajaradi. Shu apparat tufayli qushlar har xil ovoz chiqarishi va sayrashi mumkin. Traxeya o`ng va chap o`pkalarga kiradigan 2 ta bronxga bo`linadi. Pastki hiqildoq traxeyadan bronxlar chiqadigan joyda o`rnashgan va tuzilishi ustki hiqildoqnikiga o`xshash bo`ladi Qushlarning harakatlanishiga qarab ularning nafas olish tezligi ham turlicha bo`ladi. Masalan: kaptar uchmasdan daraxtga qo`nib tinch turganida bir minutda 26 marta, yurganida 77 marta, uchganda esa 400 marta nafas oladi. Umuman, mayda qushlarning nafas olish tezligi yirik qushlarga nisbatan yuqori bo`ladi. Tinch turganda gozlar o`rtacha bir minutda 12-24 marta, o`rdaklar 30-43 marta, mayda chumchuqsimonlar esa 90-100 marta nafas oladi. O`rdaklar uchayotganida 90-120 marta nafas oladi v Qon aylanish sistemasi. Qushlar qon aylanish sistemasining asosiy xarakterli xususiyatiga, avvalo, ular yuragining nisbatan katta va to`rt kamerali bo`lishi, ya`ni 2 ta yurak bo`lmasi va 2 ta yurak qorinchasining borligi, yurakning chap yarmida arteriya qoni va o`ng yarmida vena qoni bo`lishidir. Qushlar qon aylanish sistemasining sudralib yuruvchilar qon aylanish sistemasidan asosiy farqi, ularning arteriya qoni hech qachon vena qoni bilan aralashmaydi. Chap yurak qorinchasidan faqat bitta o`ng aorta yoyi chiqadi. Qushlarda ham ikkita, ya`ni katta va kichik qon aylanish doiralari bor. Chap yurak qorinchasidan bosh-lanadigan katta qon aylanish doirasidan arterial qon arteriyalar orqali butun gavdaga tarqaladi va u yerda venoz qonga aylanib, venalar orqali o`ng yurak bo`lmasiga tushadi Download 19.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling