Qushlar sistematikasi tip. Xordalilar – (Chordata)


Download 19.54 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi19.54 Kb.
#1523320
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QUSHLAR

Muskullari. Uchadigan barcha qushlar tanasidagi eng yirik muskullar - juft katta ko`krak muskullari hisoblanadi. Ularning ogirligi barcha qolgan muskullar ogirligining 20-25% ni tashkil qiladi. Ko`krak muskullarining asosiy vazifasi qush qanotlarini tushirishdan iborat. Qanotlarini ko`k-rakning katta suyaklari ostida joylashgan, uncha katta bo`lmagan o`mrovosti muskullari ko`taradi. Qovurgalarga qovurgalar orasida joylashgan muskullar birikadi, bu muskullar qushlar nafas olganda ular ko`krak kafasi hajmini o`zgartirishini ta`minlaydi. Qushlarning bo`yin muskullari ularning boshini harakatlantirishda, ya`ni bo`ynini yon tomonga burish, yuqoriga ko`tarish va pastga tu-shirishda qatnashadi.
Ovqat hazm qilish organlari. Qushlarning ovqat hazm qilish sistemasi sudralib yuruvchilarnikiga o`xshash bo`ladi. Hozir yashab turgan qushlarning jaglarida tishlari bo`lmaydi, uning vazifasini, ya`ni ovqatni tutish va ushlashni shox modda (muguz) bilan qoplangan ostki va ustki tumshuqlar bajaradi. Qush tumshugi oziqlanishiga qarab har xil shaklda bo`ladi. Masalan: ko`pchilik yirtqich qushlarning tumshugi muguzli qalin qobiq bilan qoplangan bo`lib, uchi ilmoqsimon qayrilgan.
Kaptarning ovqat hazm qilish sistemasi sxemasi: A - umumiy ko`rinishi: 1-qizilo`ngach, 2 - jigildon, 3 - bezli oshqozon, 4 muskulli oshqozon, 5 - o`n ikki barmoqli ichak, 6 - oshqozon osti bezi, 7 - jigar, 8 - o`t yo`li, 9 - taloq, 10 - ingichka ichak, 11 - to`gri ichak, 12 - kloaka, 13 - ko`richaklari
Oshqozon va jigarga yaqin joyda to`q qizil rangli kichkina taloq joylashgan. Ko`pchilik qushlar, deyarli kun bo`yi oziqlanib, haddan tashqari ko`p ozuqa yeydi. Ularning hayoti doimiy harakatda, tinimsiz faoliyatda o`tadi, uni tiklashga ko`p energiya sarflanadi. Shuning uchun qushlar organizmi kuchli oziqlanishga ehtiyoj sezadi. Ozuqani tez hazm bo`lishi va ichak ozuqadan tez-tez bo`shalib turishi qushlarni ortiqcha yukdan xalos qiladi.
Qushlarning nafas olish organlari:
1-traxeya, 2-bronx, 3-opka, 4- havo xaltalari, 5-ustki hiqildoq, 6- pastki hiqildoq.

Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling