Qushlar sistematikasi tip. Xordalilar – (Chordata)


A. Qushlarning arterial qon tomirlari sistemasi sxemasi


Download 19.54 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi19.54 Kb.
#1523320
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QUSHLAR

A. Qushlarning arterial qon tomirlari sistemasi sxemasi: 1 - aortaning o`ng yoyi, 2 - o`ng nomsiz arteriya, 3 - o`ng umumiy uyqu arteriyasi, 4 - tashqi uyqu arteriyasi, 5 - ichki uyqu arteriyasi, 6 o`mrov osti arteriyasi, 7 - ko`krakning o`ng arteriyasi, 8 - ichak arteriyasi, 9 - orqa aorta, 10 - chap buyrak arteriyasi, 11 - o`ng son arteriyasi, 12 - o`ng quymich arteriyasi, 13 - o`ng yonbosh arteriyasi, 14 dum arteriyasi, 15 o`pka arteriyasi (arteriya qon tomiridagi vena qoni qora rangda bo`yalgan). B. Qushlarning venoz qon tomirlari sistemasi sxemasi: 1 - o`ng bo`yinturuq venasi, 2 - o`ng o`mrov osti venasi, 3 - o`ng ko`krak venasi, 4 - o`ng oldingi kovak venasi, 5 - o`pka venasi, 6 - dum venasi, 7 - o`ng buyrak qopqa venasi, 8 - o`ng buyrak venasi, 9 - o`ng son venasi, 10 - o`ng yonbosh venasi, 11 - keyingi kovak vena, 12 - ichak tutqich venasi, 13 - ichak usti venasi, 14 - jigar qopqa venasi, 15 - jigarning chap venasi, 16 - chap buyrak, 17 - jigar (arterial qonli vena qon tomirlari chiziqchalar bilan ko`rsatilgan).
Nerv sistemasi. Qushlarning markaziy nerv sistemasi amfibiyalar va reptiliyalarnikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan (160-rasm).
Avvalo, qushlarning bosh miyasi, ayniqsa, oldingi miya katta yarim-sharlarining rivojlanishi ular turq-atvorining juda murakkabligidan dalolat beradi. Ma`lumki, qushlarning miyachasi muvozanatni ta`minlaydi va harakatlar koprdinatsiyasini boshqaradi. Shuning uchun ham uchish qobiliyatiga ega bo`lgan va murakkab hamda turli-tuman harakatlarni bajaradigan qushlarda miyachaning ahamiyati juda katta. Yana shuni aytish kerakki, agar sudralib yuruvchilar bosh miyasining massasi (vazni) orqa miya vazniga teng bo`lsa, qushlarda bosh miyaning vazni orqa miyasinikiga nisbatan ogir bo`ladi. Masalan: tovuqsimonlarning bosh miyasi vazni orqa miyasiga nisbatan 150% ogir, kaptarlarda esa bu ko`rsatkich 250% ni tashkil etadi.
Kaptarning bosh miyasi: A-ustki tomondan, B-pastki tomondan, V-miya qorinchasi ochilgan va miyachasi olib tashlangan holdagi ko`rinishi: 1 - oldingi miyaning hidlov bo`laklari, 2-oldingi miya katta yarimsharlari, 3- epifiz, 4-oraliq miyaning ko`ruv bo`rtmalari, 5-xiazma, 6-gipofiz voronkasi bilan, 7-o`rta miyaning ko`ruv bo`laklari, 8-miyacha,
9-uzunchoq miya, 10-targ’il tana.

Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling