Qushlar sistematikasi tip. Xordalilar – (Chordata)


Download 19.54 Kb.
bet7/7
Sana17.06.2023
Hajmi19.54 Kb.
#1523320
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QUSHLAR

Sezgi organlaridan qushlarda eshitish va ko`rish organlari yaxshi rivojlangan. Eshitish organlari xuddi sudralib yuruvchilarnikiga o`xshab 2 qismdan, ya`ni ichki va o`rta quloqdan iborat. Odatda, qushlarda tashqi quloq bo`limi bo`lmaydi, lekin, ayrim tungi qushlar (boyqushlarda ) boshida qulog’i atrofida teri buramalari bo`lib, tashqi quloq bo`limiga o`xshab qolgan. Umuman, qushlar juda yaxshi eshitadi, ular juda sekin tovushni ham eshitadi. Ko`pchilik yapaloqqushlar o`z o`ljasini qorong’ida quloq solib tutadi. Yosh qushlar katta qushlarni sayrashini eshitib, ularga taqlid qilib sayraydi. Ko`pgina qushlar xavf-xatarni, birinchi navbatda eshitish organlari orqali sezadi.
Ayirish organlari. Qushlarning ayirish organlari sudralib yuruvchilarning ayirish organlariga o`xshash. Qushlarning embrionlarida bir juft tana buyrak bo`lib, voyaga yetgan qushlarda bir juft chanoq buyragi, ya`ni metanefros buyrak bo`ladi
Kaptarning siydik-tanosil sistemasi: A-erkaginiki, B-urg’ochisiniki: 1-buyragi,
2-siydik yo`li, 3-kloaka bo`shligi, 4-buyrak usti bezi, 5-urugdon, 6-urugdon ortigi, 7-urug yo`li, 8-urug pufagi, 9-tuxumdon, 10chap tuxum yo`li, 11-tuxum yo`li voronkasi, 12-reduktsiyalangan o`ng tuxum yo`lining qoldigi, 13-to`gri ichagi, 14-siydik teshigi, 15-jinsiy teshigi.
Ko`payish organlari. Qushlar ayrim jinsli. Erkaklarida loviyasimon bir juft urugdon va urgochilarining ko`pgina turlarida faqat bitta chap tuxumdon bo`ladi. Ikkinchi-o`ng tuxumdoni ayrim paytlarda faqat kunduzgi yirtqich qushlarda, yapaloqqushlarda, gagalarda, to`tiqushlarda va tovuqsimonlarda bo`ladi. Urugdonlardan urug yo`li ketib kloakaga ochiladi. Ayrim qush turlarida urug yo`llari kloakaga tushish oldidan kengayib, urug xaltasini hosil qiladi (urug xaltasida ortiqcha uruglar saqlanadi). Qushlarning ayrim turlaridagina kopulyativ organi bo`ladi. Masalan: tuyaqushlarda, tinamularda va gozsimonlarda kloakasi devorining bir qismi bo`rtib chiqib, toq kopulyativ organini hosil qiladi. Qarqara (qo`ton), laylak, flamingo va tuvaloqlarning kopulyativ organlari rudiment holida bo`ladi. Ko`pgina qushlarda qo`shilish organlari yo`q bo`lib, bunda erkak va urgochi qushlar kloakalarini bir-birlariga yaqinlashtirib, erkagi kloakasi orqali urgochisi kloakasiga spermasini yuboradi va otalanish ichki bo`ladi.

Thank you for you attention!


Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling