Quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga tizimli yondashuv
Download 32.71 Kb.
|
Annotatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning metodlari
- Olingan natijalar va ularning yangiligi
- Tadqiqotning amaliy ahamiyati
OLIY O‘QUV YURTIDA TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISHGA TIZIMLI YONDASHUV ANNOTATSIYA Tayanch so’zlar: estetik tarbiya, dunyoqarash, texnologiya, ta’lim, pedagogika, psixologiya, oliy ta’lim, qadriyat. Tadqiqotning ob’ekti: bo‘lajak o‘qituvchilarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayoni. Tadqiqotning maqsadi: oliy o‘quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonini rivojlantirishdan iborat. Tadqiqotning metodlari: Tadqiqotda mavzuga oid falsafiy, sotsiologik, psixologik-pedagogik adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish va tahlil qilish, ijtimoiy-pedagogik (kuzatish, suhbat, tashxislash, so‘rovnoma, test), tajriba-sinov, monitoring natijalarini matematik va statistik qayta ishlash metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar va ularning yangiligi: shaxsning ta‘limiy-tarbiyaviy imkoniyatlarini rivojlantirishga imkon beruvchi o’quv-tarbiyaviy ishlarni tizimli tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari optimallashtirildi; oliy o‘quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish ko‘rsatkichlari (milliylik, axloqiy-estetik, tarixiylik, ta’limiy-tarbiyaviy) mazmuniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan; tarbiyaviy jarayonning innovatsion (shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik, istiqbolli-ilg‘or, rivojlantiruvchi) ta’lim texnologiyalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan. Tadqiqotning amaliy ahamiyati oliy o‘quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga ta’sir etuvchi makro va mikro muhitning obyektiv va subyektiv omillaridan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar hamda dasturiy-metodik ta’minot ishlab chiqilgan; tadqiqotning nazariy g‘oyalari va amaliy ishlanmalaridan oliy o‘quv yurtida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish jarayonining rivojlanishi, mazmunini takomillashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar berilgan. Download 32.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling