[S] tovushi talaffuzini mustahkamlashga oid mashqlar
Ibrohim Danish
SARIMSOQ
Sarimsoqman,
sarimsoq,
Doim mening tanim sog‘.
Sal
hidi bor demasang,
Ko‘p emas, oz-oz yesang.
Go'yoki suv, havoman,
Ming bir dardga davoman.
She’rni ifodali o’qing va yod oling.
Tolib Yo‘ldosh
BIR BOLA BOR
Bir
bola bor ismi Salom,
Salom nima o’zi bilmas.
Ko’cha-ko’yda, maktab, uyda,
Keksa-yoshni ko’zga ilmas.
Axir bunday nom qo’yganlar,
Yaxshi bo’lsin, deb qo’yadi.
Salomvoy-chi,
erta kunda,
Salomini yeb qo'yadi.
23
Rasm asosida quyidagi so'zlarni
qatnashtirib,
bahor haqida
kichik hikoya tuzing.
Bahor, tog'lar, qor, suv, soy, gullar, toshlar, o'tlar, o'simliklar,
daraxtlar, oqdi, urilib.
N a m u n a : Bahor keldi.
Bahor keldi, tog'larda qor eridi. Soylarda suv ko'payadi.
Suvlar toshlarga urilib oqa boshladi.
Nuqtalar o'miga so'z toping va gap tuzing.
Sochni ... .
Soatni ... .
Sandiqni ... .
Sumkani ... .
24
S o'zlarni to 'g 'ri ta laffuz qiling va [S] to vu sh in in g o ‘rnini
aniqlang
Sim, sandiq, usta, patnis
Do'stlaringiz bilan baham: