[S] TOVUSHI TALAFFUZIDA NUTQ
A’ZOLARINING HOLATI
[S] tovushini talaffuz etish jarayonida
lablar tabassum holatida bo'lib, tishlar ko'
rinib turadi. Tishlar orasida 1 mm oraliq
bor
yoki ular biroz jipslashgan, til uchi past
ki tishlarga tiraladi. Tilning oldingi qismida
ariqcha hosil bo'ladi. Yon qismlari esa jag'
tishlariga mustahkam yopishib, havo oqi
mini chetdan siqib kelishiga yo'l qo'ya ol-
maydi. Havo oqimi ariqchadan o'tadi.
Kafti-
mizning tashqi tomoni bilan biz sovuq havo
oqimini sezishimiz mumkin.
Tovush aniq eshitilmasa, gugurt cho'pi
yordamida tilning uchini
pastki tish orasiga bosib turib [S] tovushini bir necha bor talaffuz
qildirib ko'riladi. Shunda, [S] tovushi aniq hosil bo'ladi. Ke-
yinchaliik [S] tovushiga unli tovushlarni qo'shib talaffuz ettiriladi.
Agarda, siz [S] tovushini to'g'ri talaffuz ettirishga erisha olsangiz,
keyinchalik uni nutqda mustahkamlab borish mumkin. [S] to
vushini ko'p marta bo'g'inlarda, so'zlarda
takrorlang, o'rga-
nayotgan tovushning o'rnini so'zlarda aniqlang, o'zingiz berilgan
tovushlar ishtirokida so'zlar tanlang, ular ishtirokida gap tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: