7
usullarini qanchalik tez va erta qo‘llanilsa, uning samarasi shunchalik tez
namoyon bo‘ladi. Menejment yordamida islohotni ham, asosiy ishlami ham
yuksak saviyada olib borib, salmoqli iqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkin.
Har qanday ishlab chiqarish negizi boshqariladigan obyekt va boshqaruvchi
subyekt tizimlaridan tashkil topadi.
Boshqariladigan va boshqaruvchi tizimlar o‘rtasidagi aloqa odamlaming bir-
biri bilan o‘zaro munosabatlaridan tashkil topadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishda asosiy qurol texnika hisoblanadi. «Inson-
mashina» tizimida inson boshqaruv subyekti sifatida, mashina esa uning obyekti
sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda inson mashinaning ishlashi to‘g‘risida bevosita
axborot oladi va zarur qarorlar qabul qilib, ulami amalga oshiradi. Shunday
qLlib, ishlab chiqarish doirasida inson va texnika bir-biriga ta’sir etadigan ish
joylari deb ataladigan maydon vujudga keladi.
Boshqa ishlab chiqarish tizimlari (korxona, firma, uchastka, brigada)lar ish
joylar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘ladi, bunda barcha ish joylarida mehnat
qurollari va boshqaruv xodimlari harakatini muvofiqlashtirish talab qilinadi. Bu
menejment vazifasini boshqaruv apparati deb ataladigan maxsus shaxslar guruhi
amalga oshiradi.
Shunday qilib, ishlab chiqarish ikki turdagi boshqarish orqali amalga oshiriladi:
1) buyumni, ya’ni mehnat vositasini boshqarish;
2) odamlami (ishlovchilami) boshqarish.
Buyumlami boshqarish jarayonida ishchilar moddiy boylik olish maqsadida
mehnat buyumlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu boshqariladigan obyektni ifodalaydi.
Shunday qilib, ishlab chiqarishni boshqarish ishchilami boshqarishdan iborat
Do'stlaringiz bilan baham: |